Qo‘msash, sog‘inish turizmi– bu asosan qarindosh yoki do‘stlarini ko‘rishga
mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z mamlkatlaridan ayrim sabablarga ko‘ra ko‘chib ketgan
kishilar bilan bog‘liqdir. Ko‘chib ketganlar shartli ravishda ikki turga bo‘linadi:
majburiy ko‘chganlar, o‘zlarining tarixiy yerlarini diniy, harbiy yoki
siyosiy sabablariga ko‘ra tashlab ketganlar.
o‘z xohishlari bo‘yicha ko‘chganlar – yaxshi hayot izlab o‘z yurtlarini
tashlab ketganlar.
Majburiy ko‘chganlar – sayyoramizda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aholi
migratsiyasi iqtisodiy, siyosiy va diniy omillar ta’sirida bo‘ladi. Bunga misol
tariqasida, Sobiq Ittifoq davrining 1940- yillarida amalga oshirilgan majburiy qator
millatlar bo‘lgan qrim-tatarlar, Kavkaz orti mamlakatlari fuqarolari, nemislar,
yahudiylar, turklarning ko‘chib kelishlari va o‘z yurtlariga qayta ko‘chib ketishlarini
keltirish mumkin.
Qo‘msash turizmga yaqqol misol bo‘lib, O‘zbekistonda Sobiq ittifoq davrida
yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh urug‘lari respublikamizning
turli shaharlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan qrim-tatar, kavkaz xalqlari, nemislar
va boshqa millatga mansub bo‘lgan aholini ko‘rsatishimiz mumkin.
Ekoturizm deganda, nafaqat ma’rifiy-ma’naviy maqsadlarni ko‘zlagan holda
betakror tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simlik dunyosiga sayohat, balki
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni amalga oshirilishi yordamida ekologik muammolarini
hal qilish bilan bir-biriga bog‘liq majmualar yig‘indisini tushunamiz.
(O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi. // Ekologiya
xabarnomasi. № 6, 2007 y.).
Ovchilik turizmi – Respublikamizda ov qilishning huquqiy-qonuniy
me’yyorlari yaratilgan bo‘lib, ovchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha katta
salohiyatga ega bo‘lgan tabiiy-hududiy mintaqalari bo‘lgan daryolarning suv
havzalari, tog‘ oldi zonalari, cho‘l va adir hududlarining mavjudligi. Bunga misol
qilib, Nurota, Forij, Birchmulla, Baxmal, Zomin tog‘ zonalari, Arnasoy,
Haydarko‘l, To‘dako‘l, Shurko‘l suv havzalari; Ustyurt platasi, Qizilqum,
Konimehcho‘l zonalarini keltirsak bo‘ladi.