O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

Malakaviy ish turizmi. Turizmning mazkur turiga ish maqsadlari bilan 
amalga oshirilgan safarlar kiradi. Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
sharoitida xususiy tadbirkorlarning faoliyati xorijiy hamkorlar bilan ishlashni taqozo 
qilmoqda, shu tufayli mahalliy tadbirkorlarning xalqaro munosabatlari rivojlanib 
bormoqda. Ishchanlik turizmining afzalligi shundan iboratki, uni turizm sohasi 
uchun nomavsumiy paytda ham tashkil etish imkoniyatini beradi.
Turizmni mazkur turining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki,
ishchanlik vaziyatida o‘tadigan uchrashuv ishtirokchilari mamlakat bo‘ylab
qilingan sayohat paytida oddiy turistga nisbatan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. 
Shuning uchun ko‘pgina davlatlar xalqaro forumlarni va shunga o‘xshash tadbirlarni 
o‘z mamlakatida o‘tkazishga harakat qiladilar (masalan, turli forum, festival, qishki 
va yozgi sport musobaqalari va h.k.).
Ilmiy turizm. O‘qish, ta’lim olish maqsadida, malaka oshirish maqsadida 
safar qilish xalqaro turizmning nisbatan yangi turlari safiga kiradi. Xorijda ta’lim
olish uchun safar qilish O‘zbekistonda ham turbiznesning yangi segmentlaridan 
biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu safarlarning ommabop bo‘lib borayotgan turi bu 
xorijiy til o‘rganish maqsadida Buyuk Britaniyaga va boshqa ingliz tilida 
so‘zlashadigan davlatlarga safarlarni amalga oshirish. 
Hozirgi vaqtda katta qiziqish uyg‘otayotgan sport turizmining asosiy 
maqsadi turistlarga o‘zlari tanlagan sport turi bilan shug‘ullanishga imkoniyat 
yaratib berishdan iborat. Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini talab etadi: turli 
inventarlarni, maxsus trassalarni, arqon yo‘llar, sport maydonchalarini, asbob-
uskunalarni talab etadi. Sport turizmi bo‘yicha sayohatlarga qo‘yiladigan asosiy 
talablardan biri bu- dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. Sport 
turizmining sayohatlari safarlarning maqsadiga bog‘liq ravishda 2 turga bo‘linadi: 
aktiv va passiv ravishda bo‘lishi mumkin.
Shop-turlar Rossiya va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlari 
uchun xos bo‘lgan xorijga tashrifning asosiy maqsadi bo‘lib, ushbu mamlakatda 
tanqis bo‘lgan xalq iste’mol tovarlarini harid qilish va uni o‘z mamlakatida sotish 
hisoblanadi (poyafzal, trikotaj, yozgi va qishki kiyimlar va boshqa mahsulotlar – 
Xitoy, Turkiya, Italiya, Portugaliyadan; mebel va jihozlar – Dubay, Xitoy va 
Italiyadan; tele-radio mahsulotlar – Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Xitoydan;
avtomashinalar –Germaniya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklaridan). 
Diniy turizm (religious or piligrim tour) ziyorat qilish maqsadidagi sayohat
sifatida hozirgi kunda juda yuqori talabga ega bo‘lib, ommaviy tus olmoqda. 
Mustaqilligimiz sharofati bilan har yili ko‘plab vatandoshlarimiz Makkayu 
Madinaga haj va Umra safarlarini amalga oshirmoqdalar. Dunyodagi ko‘pgina 


66 
odamlar Makkai Mukarrama, muqaddas yer bo‘lgan, Vatikan ibodatxonalari va 
boshqa joylarni ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi. O‘zbekistonda bunday 
muqaddas ziyorat qiladigan joylarga Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa 
viloyatlarimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo‘la oladi. Ayniqsa, 
musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan, Imom al-Buxoriy, Bahouddin 
Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim 
at-Termiziy, Hazrati Imom ziyoratgohlari diniy turizmni rivojlantirishda muhim 
o‘ringa ega bo‘lmoqda. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin