O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

 
 
 
 
 
Tayanch iborolar va tushunchalar: 
Turistik resurslar, turistik salohiyat, baholash usullari, kartografik usul, 
ekologik baholash, tibbiy-biologik baholash, iqtisodiy baholash, kompleks usullar 


58 
Nazorat uchun savollar: 
1. Turistik – rekreatsiya resurslari va ularni belgilar nimalardan iborat? 
2. Turistik resurslarni baholashni turizmdagi ahamiyati nimada? 
3. Turistik resurslarni miqdor jihatdan baholashni tushuntiring. 
4. Turistik resurslarni sifat jihatdan baholashni tushuntiring. 
5. Tabiiy resurslarni baholashni turlarini tushuntirib bering. 
6-BOB. MINTAQAVIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH RESURSLARI 


59 
6.1. Mintaqaviy turizm bozori haqida tushuncha. Mintaqaviy turizmni o`ziga 
xos xususiyatlari
Mintaqa yuqori natijalarga erishishi uchun, hududiy mehnat taqsimotida faol 
ishtirok etishi va uning asosida tashqi va ichki hamkorlari bilan samarali savdo-
iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishi maqsadga muvofiq. Buning uchun xo`jalik 
sub`ektlari bilan iqtisodiy munosabatlarni mintaqaviy bozorlar ishtirokida amalga 
oshirish lozim. 
Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda mintaqaviy bozor atamasi turlicha bayon 
etilib, olimlar o`rtasida yagona fikr yo`qligini aytib o`tish kerak. Bizning 
fikrimizcha mintaqaviy bozor hududlarda ayirboshlash tizimini ishlab chiqaruvchi 
va iste`molchi manfaatlarini muvofiqlashtirish asosida tashkil etishdan iborat. 
Mintaqaviy bozor ochiq ko`rinishga ega bo`lib, mamlakatning boshqa hududlari va 
xorij davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan. Mintaqada turli 
shakldagi bozor tizimi shakllanishini kuzatish mumkin. Bozor mintaqa iqtisodiyoti 
sub`ektlari o`rtasidagi iqtisodiy manfaatlarning oqilona uyg’unligini, moddiy, 
moliyaviy, mehnat va informatson resurslarni hududlar ichida va hududlararo 
ayirboshlash orqali hal qiladi. 
Umuman, mintaqaviy bozorlar tizimi bu o`zaro bir-biri bilan bog’liq turli 
shakldagi bozorlar yig’indisidan iborat. Ularning asosiy maqsadi mintaqa 
iqtisodiyotini samarali rivojlanishini ta`minlashdan iborat.
Mintaqaviy bozorlar tizimini tadqiq qilishda turli qarashlar va ularni 
guruhlarga ajratish usullari mavjud. Masalan, D. Bleyr mintaqaviy bozorlar tizimini 
to`rtta guruhga ajratgan: zahiralar bozori, oraliq mahsulotlar bozori, oxirgi 
mahsulotlar bozori, moliyaviy bozor
26

M. Templ mintaqaviy bozorlarni uch xil ko`rinishda taklif etgan. Birinchi 
ishlab chiqarish omillari (mehnat. Kapital, er), ikkinchi - iste`mol tovarlari va 
xizmatlari bozori, uchinchi - uy-joy bozori
27
. K. Betn va P. Xouell quyidagi 
guruhlarni taklif etishgan: mehnat bozori, moliya bozori, tovar (xizmat)lar bozori
28

Shuningdek mintaqaviy bozorlar tizimi, moddiy ta`minot, hududiy joylashuv, 
savdo-sotiq ob`ektlari, xo`jalik sub`ektlari, iqtisodiy-huquqiy, qayta ishlab chiqarish 
kabi omillar asosida turli guruhlarga bo`linib tadqiqotlar o`tkazilgan
29
. Ushbu 
guruhlash usullarining har birining o`ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Eng 
asosiy masala guruhlash usuli, mintaqaviy bozor oldiga qo`yilgan aniq maqsad va 
vazifalarni bajarishga qaratilishi lozim.
26
Blair D. Local Economic Development. London, 1990 
27
Temple M. Regional Economics.London, 2004 
28
Batn K., Howells P. Understanding Markets. London, 2009. 
29
Новоселов А.С. Региональные рынки. М. ИНФРА-М, 1999. – 479 с. 


60 
Biz xorij davlatlari iqtisodiy adabiyotlaridagi mintaqaviy bozorlar tizimini 
guruhlashning tajribasi va O`zbekistonda shakllanayotgan bozor munosabatlarini 
quyidagi shaklda mintaqaviy bozorlarni ajratib olgan holda tahlil qilishni taklif 
qilamiz (6.1-chizma). 
Birinchi bosqichda mintaqaviy bozorlar tizimini beshta guruhga ajratilgan. 
Ular mehnat bozori, moliya bozori, istemol bozori, ko`chmas mulk va uy-joy bozori, 
informatsion texnologiyalar bozori. Keyingi navbatda mintaqa uchun eng ustuvor 
vazifalardan bo`lmish iste`mol bozorini shakllanishi va rivojlanishi ayrim 
guruhlarga bo`lingan. Ular oziq-ovqat bozori, nooziq-ovqat bozori va xizmatlar 
bozori. Xuddi shu tartibda boshqa mintaqaviy bozorlarni turli omillar nuqtai 
nazaridan alohida kichik guruhlarga ajratish mumkin. 
Eng asosiysi mintaqa bozorini qanday usul va shaklda guruhlarga bo`lishdan 
qat`iy nazar, ular uzviy aloqalar va iqtisodiy munosabatlar bilan boshlangan. 
Mintaqaviy iste`mol bozorlari tarkibida xizmatlar bozori o`ziga xos 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ularning ko`pchiligi mintaqa chegaralari doirasida 
o`z xizmatlarini amalga oshiradilar. Xizmatlar bozorida minaqaviy turizmni alohida 
ko`rib chiqish maqsadga muvofiq
30

Milliy va mintaqaviy turizm bozori birinchidan, jamiyatda iqtisodiy 
munosabatlar tizimini xarakterlaydigan iqtisodiy kategoriya; ikkinchidan o`zaro 
ayirboshlash, ya`ni turizm mahsulotini pulga va pulni turistik mahsulotga aylanishi; 
30
Xidirova G.R. Минтақавий туризм бозорини ривожлантириш йўллари Монография: Тошкент. Наврўз, 2018-
140б. 
Mintaqaviy bozorlar 
tizimi 
Mehnat bozori
Moliya bozori 
Iste’mol bozori 
Ko’chmas 
mulk va uy-joy 
bozori 
Infarmatsion 
texnologiyalar 
bozori 
Oziq-ovqat 
bozori 
Nooziq-ovqat 
tovarlari bozori 
Xizmatlar 
bozori 
Turizm bozori 


61 
uchinchidan, sotuvchi va iste`molchi o`rtasidagi munosabatlarning iqtisodiy 
mexanizmi sifatida namoyon bo`ladi. 
Umuman mintaqaviy turizm bozori ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ma`lum 
bir qismi bo`lib, turizm xizmatlariga bo`lgan talab va taklif mexanizmidir. 
Mintaqaviy turizmni shakllanishining o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan 
iborat: 
- ma`lum mintaqa doirasida joylashganligi va uning kompleks xarakterga 
egaligi; 
- asosiy jarayon xizmatlarni sotib olishdan iborat bo`lib, sotuvchi va 
oluvchidan tashqari turizm bozoridagi iqtisodiy munosabatlarda talab va taklif 
o`rtasidagi aloqalarni amalga oshiruvchi ko`pgina vositachi firmalar va 
tashkilotlarning mavjudligi; 
- turizm xizmatlariga bo`lgan talabda ishtirok etuvchilarning turlicha va ko`p 
ekanligi (to`lov qobiliyati, maqsad va istaklari, o`rta sinf, jinsi, yoshi va boshqa 
omillar); 
- turistik taklifni ma`lum hududda bo`lishi, ma`lum masofa va vaqtni 
sarflashga olib kelishi; 
- taklifni shakllanishida turistik salohiyatning mavjudligi (tabiiy va mavjud 
salohiyat) va tarmog’ning yuqori asosiy fondlar sig’imiga egaligi (ishlab chiqarish 
infratuzilmasi ob`ektlari); 
- mintaqalardagi raqobatbardoshlik afzalliklaridan, jumladan, tabiiy-iqlim 
resurslari. Etnografik resurslar (madaniyat, qadriyatlar, milliy an`analar va 
boshqalar), antropogen resurslar (madaniy-tarixiy obidalar, arxitektura va shahar 
qurilishi ob`ektlari, muzeylar, teatrlar va boshqalar). 
Har bir mintaqa o`zining turistik resurslari (salohiyati)ga ega bo`lib, ular 
turistlar tomonidan turlicha baholanadi. Bu o`rinda xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan, 
ichki va tashqi talab kuchli bo`lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Toshkent 
kabi turistik markazlarni alohida ta`kidlab o`tish lozim. 
Umuman olganda, mintaqaviy iqtisodiyot mintaqa va tarmoq o`rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlar tizimi, mintaqaviy bozorlar tizimini, jumladan, mintaqaviy 
turizm bozorini shakllanishi va rivojlanishi ilmiy-nazariy asoslari mintaqa 
iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitidagi o`rni va ahamiyati yanada oshishi 
zarurligini ko`rsatmoqda. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin