70
tomonidan «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi. Buning asosida turizm
sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda xalqaro bozorda
raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning
markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini mustaqil
ravishda boshqara boshladi, xizmatlar bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar
yopilib, ular o‘rniga samarali ishlovchi yangi korxonalar tashkil etildi.
2000-yildan boshlab, Respublikamiz turizm sohasi yuqori sur’atlar
bilan
rivojlana boshladi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar yiliga 20 va undan
ortiq foizlarda o‘sa boshladi. 2001-yilning oxirida Afg‘onistondagi tolibonlarga
qarshi harakatlarning boshlanishi o‘lkamizga kelayotgan
turistlar oqimini ikki yil
davomida ancha kamaytirib yuborganidan so‘ng, 2003-yilning ikkinchi yarmiga
kelib, o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi. Sharqiy Osiyoda o‘tgan yillarda
tarqalgan odatdan tashqari Pnevmaniya (Sars) va Parranda
grippi kabi kasalliklar
O‘zbekiston turizmiga 2001-yil 11-sentabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata
olmadi.
Turizm
sohasidagi
islohotlarning
Dostları ilə paylaş: