O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


-rasm. O‘zbekiston Respublikasiga 2014- yil mobaynida xorijiy



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

6.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasiga 2014- yil mobaynida xorijiy 
fuqarolarning kelishi (rasmiy deklaratsiyadan o‘tgan, kishilar hisobidan)
34
 
Xorijiy fuqarolarning 2014-yilda maqsadlari bo‘yicha tarkibini o‘rganish 
natijalari jami kiruvchi xorijiy fuqarolarning sonida turistik maqsadida kelganlar 8 
foizni, tadbirkorlik va tijorat maqsadlarda kelganlar 5,6 foizni, qarindoshlarga 
tashrif bilan dam olish 76,1 foizni, boshqa maqsadlarda kiruvchilar soni esa 10,3 
foizni tashkil etgan. Jami kiruvchi xorijiy fuqarolarning sonida turistik maqsadlar 
34
O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 
0
50
100
MDH
Yevropa
Osiyo va
Tinch
Okeani
mintaqasi
O‘rta 
Osiyo 
Amerika
Afrika
89,5
3,2
4,1
2,3
0,8
0,1
Turistik
Tadbirkorlik
(xizmat
doirasida) va
tijorat
Qarindoshlarga
tashrif bilan
dam olish
Boshqa
maqsadlarda
O‘zbekistonda
8,00%
5,60%
76,10%
10,30%
0,00%
10,00%
20,00%
30,00%
40,00%
50,00%
60,00%
70,00%
80,00%


74 
bilan kelganlar sonini oshirish borasida hukumatimiz, «O‘zbekturizm» M.K., 
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan qator dasturlar ishlab chiqilgan. 
6.4. Milliy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda turizmni rivojlantirish 
rejalarini ishlab chiqish bosqichlari
Milliy, mintaqaviy va mahalliy bosqichlarda turizmni rejalashtirish jarayoni 
quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi (6.5-chizma)
35
. Ko`rsatilgan bosqichlarning 
har birini tavsiflaymiz: 
1. Rejalashtirishning maqsadlari, yo`nalishlari va vazifalarini belgilab olish. 
Turli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga mos ravishda va turizmga etishi mumkin 
bo`lgan minimal salbiy ta`sirlarni hisobga olgan holda turizmni rivojlantirish 
zaruriyati, imkoniyati va yo`llari baholanadi. 
2. Tadqiqotni tayyorlash. Turizmni rivojlantirish sohasidagi istiqbollar ochib 
beriladi va mo`ljallar belgilab olinadi, iqtisodiy. ekologik va ijtimoiy muammolar
shuningdek, eng muhim institutsional elementlar (tashkil qilish va boshqarish, 
qonunchilik va me`yoriy hujjatlar, investitsiyalarni jalb etish va h.k.) ko`rib 
chiqiladi. Rejani bajaruvchilarni tanlab olish, mahalliy hokimiyat organlari va 
jamoatchilikni jalb qilish, tadqiqotni o`tkazishni tashkil qilish amalga oshiriladi. 
3. Rejalashtirishning barcha elementlarini tadqiq etish. Bunda turizmning 
barcha jihatlari (geografiya, raqobatlashuvchi turistik firmalar, turistlarning 
kelishidagi tendentsiyalar, mavjud va potentsial diqqatga sazovor joylar, 
joylashtirish, transport ovqatlanish vositalari va sh.k.) bo`yicha miqdoriy va sifat 
omillari va ko`rsatkichlari aniqlanadi, bevosita joyning o`zida ob`ektlar tadqiq 
etiladi, hujjatlar o`rganiladi, mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik vakillari 
bilan munozarali kengashlar o`tkaziladi. 
4. Analiz va sintez. Turizmning rejalatrilayotgan turining barcha tashkil 
etuvchilarini tadqiq qilish natijasida olingan axborotni sifat va son jihatidan qayta 
ishlash amalga oshiriladi, shuningdek ishlarning holatini yanada to`liqroq tushunish 
uchun tahlilning turli komponentlari birlashtiriladi va integratsiya qilinadi. Turizm 
bozorining kon`yunkturasi va uni iqtisodiy ta`sirlar, turizmning institutsion 
elementlari va sh.k.lar tahlil qilinadi. 
35
Планирование туризма. Учебное пособие. Юреев А.П. Донецк 2003 г 
Rejalashtirishning 
maqsadlari, 
yinalishlari va 
vazifalarini 
belgilab olish

Tadqiqotni 
tayyorlash 
Rejalashtirishning 
barcha 
elementlarini 
tadbiq etish 
Analiz va 
sintez 


75 
Turizmni rivojlantirishning asosiy imkoniyatlari, undan muammolar va 
to`sqinlik qiluvchi omillar aniqlanadi, turistik biznes sifatini pasaytiruvchi 
to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqiladi. O`xshash turistik 
mahsulotlar va bozorlarga ega mavjud va ehtimol tutilgan potentsial 
raqobatchilarning faoliyati hisobga olinadi. 
5. Siyosat va rejani ishlab chiqish. Turizmni rivojlantirish siyosati va tegishli 
strukturaviy reja ishlab chiqiladi. Birinchi navbatda rivojlantirishning sarf-xarajatlar 
va foyda muvozanatda bo`ladigan muqobil variantlari ko`rib chiqiladi. Bunda 
quyidagi mezonlar qo`llaniladi: rivojlantirish masalalarini hal qilishning ehtimol 
tutilgan murakkabligi, iqtisodiy foydalarni optimallashtirish, ijobiy ekologik va 
ijtimoiy-madaniy omillarni kuchaytirish, salbiylarining ta`sirini eng kam darajaga 
etkazish, boshqa turistik korxonalar bilan samarali raqobat qilish. Ko`p variantli 
baholash asosida siyosatning so`nggi yo`nalishlari va reja tuzilishi aniqlab olinadi. 
Rejalashtirishning 
ushbu 
bosqichida 
turizmni 
rivojlantirish 
va 
takomillashtrishning eng maqsadga muvofiq modellarini qabul qilish uchun 
mahalliy hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan mustahkam 
aloqa bog’lash zarur
6. Boshqa tavsiyalar. Ko`p variantli modellar tuziladi va ulardan eng 
maqsadga muvofiqlari tanlab olinadi. 
7. Rejani bajarish va nazorat qilish. Rejaning so`nggi variant haqqoniy va 
bajarish mumkin bo`lishi uchun zarur bo`lgan rejani amalga oshirish modellari 
ishlab chiqiladi. 
Rejani amalga oshirish bo`yicha ishlar davomida uni bajarish muddatlari va 
bo`limlari bo`yicha nazorat qilinadi. Bu yo`l qo`yilgan chekinishlarni aniqlash va 
ularni bartaraf qilish bo`yicha tezkor choralar qabul qilishga imkon beradi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin