O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

Diniy turizmning yo’nalishlari
Diniy turizm – tarixiy-madaniy va tabbiy meros bilan bog’liq bo’lgan 
ob’yektlarni sayyoylar tomonidan tashrif buyurishini tahkil etish borasidagi faoliyat.
Turli dinlar va aholi qatlamlari vakillarining tashrif buyuradigan maskanlarning 
nafaqat diniy, balki tarixiy, madaniy va badiiy qadriyatlari bilan tanishish ularga 
yangi bilimlar olish, atrofdagi voqelikni yangicha baholash imkonini beradi.
7.1.-rasm. Diniy turizmning yo’nalishlari
Bugungi kunda ziyorat qilish jamiyat hayotida kata ahamiyatga ega. (7.1-jadval.)
7.1-jadval. 
Zamonaviy jamiyat hayotida diniy turizmning roli 
Diniy turizmning roli 
Mohiyati 
Ma’naviy-ma’rifiy 
Tashrif 
buyurilayotgan 
joyning 
tarixi 
va 
jo’g’rofiyasi bilan tanishish, ziyorat amallarini 
bajarishning o’ziga xos xususiyatlari bilan 
tanishish 
Umumta’limiy 
Ziyoratgohlar nafaqat ma’naviy, balki madaniy va 
tarixiy markazlar hisoblangan va hisoblanadi. 
Ularning ba’zilarida muzeylar, ekspozitsiyalar 
joylashgan bo’lib, ta’sviriy va arxitektur a 
36


79 
shakllari bilan, o’sha zamonda yashaganlarning 
turmush tarzi bilan tanishtiradi
Missionerlik 
Muqaddas joylarni ziyorat qilish iymonning 
kuchayishiga, hayotning ma’nosini anglashga 
yordam beradi 
Xayriya 
Ziyoratgohlarda xayriya quttilari mavjud 
Turizmning faoliyat sifatidagi ta’rifi “ziyorat” tushunchasining ma’nosi va 
mohiyatiga yaqin. Ziyorat va diniy turlarning ilmiy ta’rifiga asoslanib, shuni aytish 
mumkinki, ziyorat insonning ma’naviy faoliyatidan ko’ra ko’proq turizmga taalluqli 
bo’lib, uni sayohat sifatida hisoblash mumkin
37

Ilmiy adabiyotlarda diniy turizmning ta’rifi va mazmuniga (содержанию) 
bo’lgan turli xil yondashuvlar mavjud. Rus olimlari А. Babkin
38
va Xristov
39
larning 
fikriga ko'ra diniy turizmni 2 yo’nalishga ajratish mumkin: ziyorat va ekskursion-
ma’lumot beruvchi. Bunday ajratish iqtisodiy ko’rsatkichlarga asoslanadi, sababi 
diniy turizm va ziyoratda sayyohlar transport, joylashish va ovqatlanish kabi 
xarajatlarni amalga oshiradilar.
Ammo diniy turizm ziyoratning tarkibiy qismi degan boshqa yana bir fikr 
mavjud. Ushbu fikrni qo’llab quvvatlovchi olimlar, ziyorat qilish hozirgi 
ko’rinishdagi turizmdan ancha oldin paydo bo’lganligiga asoslanadilar. Ammo, 
muhim diniy muqaddas qadamjolar joylashgan va kata ziyorat qiluvchilar oqimi 
keladigan mamlakatlarda ziyoratchilar va sayyohlar aniq farqlanadi.
Jahon halol turizm bozorida yirik ekspertlardan sanalgan CrescentRating 
agentligining hisobotida
40
Musulmon sayohhlik bozorining o'sishiga ta'sir etuvchi 
omillar quyidagilar deb belgilangan: 

Musulmon aholining ko'payishi, 

O'sayotgan o'rta sinf va mavjud daromadlarning ko'payishi, 

Aloqa texnologiyalari tufayli sayohat to'g'risidagi ma'lumotlardan keng 
foydalanish, 

Musulmonlar uchun do'stona sayohat xizmatlari va imkoniyatlarining 
ko'payishi. 

Halol turizm haqida xabardorlik darajasi oshgani sababli, musulmon va 
musulmon bo'lmagan mamlakatlarda halol turistik mahsulotlar takliflari 
tarqalishi. 
37
Религиозный туризм как возможная ступенька к паломничеству. Конференция «Развитие религиозного 
туризма в России» состоялась в Москве / Агентство религиозной информации Благовест - Инфо. Москва, 
23.09.2010. – http://www.blagovest-info.ru/index.php?ss=2&s=4&id=36791 (дата обращения 16.09.2014). 
38
Бабкин А.В. Специальные виды туризма Ростов-на-Дону: Феникс, 2008. - 252 с. 
39
Христов Т.Т. Религиозный туризм. Учебное пособие, Издательство: Academia, 2009. – 288 с. 
40
Global Muslim Travel Index 2018
 
https://www.crescentrating.com/
 


80 

Kelajakda Ramazon safarlari halol sayyohlik bozorining muhim elementi 
bo'lishi bashorati. 

Musulmon mamlakatlarining rivojlanayotgan iqtisodiyoti kelajakda ish safari 
hajmini ko'paytiradi degan qat'iy bashoratlar.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin