O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

Gastronomiya turizmibu mamlakatlar va qit’alar bo‘ylab sayohat qilish 
hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish hamda kelgan 
sayyohlarga antiqa taom va mahsulotlardan tatib ko‘rishga imkon yaratadi. 
Gastronomik tur xizmat sifatida nafaqat sayohat qilish bo‘lib hisoblanadi, balki 
dunyoning boshqa biror joyida takrorlanmaydigan va betakror ta’mga ega bo‘lgan 
masalliqlardan tarkib topgan ma’lum bir hududdagina uchrovchi taomlarni tatib 
ko‘rishga qaratilgan tadbirlar majmuiga kiradi.  
Safari turizmi qo‘riqxonaga hayvonlarni tomosha qilish uchun sayr, 
ovchilik, baliq ovi maqsadidagi sayohat, fotoovchilik, tabiatda ajoyib hayvonlarni
erkin holda ko‘rish maqsadidagi sayrlar. Sayohat dasturiga nafaqat mahalliy 
joylarni ko‘rish, balki tog‘li hududda avtomobil boshqarish, to‘siqlarni yengib 
o‘tish, lager hayotiga o‘rganish, favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish kabilarni 
o‘rgatadi. 
Ijtimoiy turizm – bu davlat tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan 
mablag‘lar hisobidan sayohat qilish hisoblanadi. Ijtimoiy turizmning maqsadi foyda 
olish emas, balki daromadi kam bo‘lgan kishilarni dam olishga bo‘lgan huquqini 
amalga oshirish uchun ularni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Turizmnihg mazkur 
turi chet elda keng tarqalgan. Sobiq Ittifoq davrida ham turizmning mazkur turi 
ommabop hisoblangan, uning ulushiga ichki turizmning qariyib 80 foizi va xalqaro 
turizmning 50 foizi to‘g‘ri kelardi.
Tashkil etilgan turizm – bu tur tashkilotlar tomonidan tashkil etilagan alohida 
shaxslarni yoki bir guruh turistlarning sayohatidir. Tashkil etilgan tur bo‘yicha 
turistlar turistik yo‘llanmani harid qilish yo‘li bilan sayohatga chiqish huquqini 
qo‘lga kiritadilar. Bunda xizmat turlari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, turistlar 
turistik yo‘llanmasiz borganda, xizmatlar majmuasini, ya’ni transport, ovqatlanish, 
yashash xizmatlari uchun borgan joyida kursovkani harid qilib olishlari mumkin. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin