Sinkveyn - axborotni lo’nda qisqa bayon qilish. Voqea hodisa jarayonni bir necha so’zlar bilan ifodalash. Sinkveyn atamasi fransuzcha - besh qatordan iborat she’r ma’nosini bildiradi.
“Aqliy hujum” metodi Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo'llanadigan metod sanalib, u mashg'ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o'z tasavvurlari va g'oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma'lum ko'nikma va malakalarni hosil qilishga rag'batlantiriladi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg'ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug'iladi. “Aqliy hujum” metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma'lum qadriyatlarni aniqlanadi.
Savollar
Zamonaviy dasturlash tillari qaysilar?
O’quvchilar Scratch dasturidan erkin foydalana olishi uchun o’qitishda nimalarga e’tabor qaratish kerak?
Python dasturlash tilining Delphy dasturlash tilidan Afzal tomonlari qaysilar?
Umumta’lim maktablarida dasturlash tillarini uzluksiz o’qitilishi qay darajada muhim hisoblanadi?
Hozirgi kunda eng ommabop dasturlash tili qaysi?
“Klaster” metodi
“Klaster” metodi
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o’ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o’rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga hizmat qiladi.