O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


-rasm. Turizmning mintaqaviy infratuzilmasi elementlari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

4.2.-rasm. Turizmning mintaqaviy infratuzilmasi elementlari
4.3-jadval. 
Buxoro viloyatining turistik infratuzilma resurslari 
 
2016 yil 
2017 yil 
2018 yil 
Turistik xizmat ko’rsatuvchi sub’ektlar 
Turoperatorlar
33 
36 
56 
Gidlar-ekskursovodlar 
48 
52 
110 
Turistik transport firmalari 

13 
16 
Hunarmandlar
1440 
1580 
1640 
Folklor ansambllari 



Hududdagi joylashtirish vositalari 
Mehmonxonalar 
(xona/o’rin) 
116 
(680/1520) 
122 
(731/1606) 
126 
(1972/4143 
Mehmon uylari (xona/o’rin) 
8 (56/119) 
13 (92/152) 
36 (177/450) 
Sanatoriy va 
sog’lomlashtirish ob’yektlari 
4 (160/626) 
4 (160/626) 
4 (160/626) 


50 
(xona/o’rin) 
Manba: Muallif tomonidan Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish 
departamenti ma’lumotlari asosida tuzildi.
Turistik hudud rivojlanishining iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish jarayonida 
resurslarning joriy holatini tahlil qilish, quyidagilarni amalga oshirishga imkon 
beradi:
­ turizm industriyasiga jalb qilinishi mumkin bo’lgan mehnat resurslarini 
aniqlash;
­ moddiy-texnika bazasining, mahalliy tarixiy yodgorlik majmualarining, tabiiy-
iqlim resurslarining mavjudligi va etarliligi, foydalanish darajasini baholash;
­ mavjud iqtisodiy iqlim va turizmning butun mintaqaga ta’siri oqibatlarini tahlil 
etish; 
­ mintaqa aholisi va mahalliy boshqaruv vakillarining ushbu hudud rivojlanishida 
turizmning roli to’g’risidagi tushunchalarini va ushbu masala bo’yicha 
jamoatchilik fikrini aniqlash.
Shunday qilib, turistik salohiyat rivojlanishini rag’batlantirish investistiyalar 
hajmining oshishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, turistik xizmatlar bozori 
tarixiy 
merosni 
muhofaza 
qilish 
va 
atrof-muhitni 
qo’riqlash ishlarini 
moliyalashtirish manbai bo’lishi mumkin.
Hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan 
muammolarni quyidagicha tasniflash mumkin:, moddiy-texnik bazaning holati 
bilan bog’liq infratuzilma muammolari, hamda ma'muriy va huquqiy muammolar. 
Infratuzilma muammolariga quyidagilar kiradi: 
- ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasi 
ob'yektlarining 
yetarli 
darajada 
rivojlanmaganligi, shu jumladan yaratilayotgan turistik va rekreatsion 
komplekslar (elektr ta'minoti, suv ta'minoti, transport tarmog'i, tozalash 
inshootlari) uchun muhandislik infratuzilmasi ob'ektlarini qurish uchun katta 
xarajatlar tufayli; 
- xizmatlar sohasi infratuzilmasi ob’yektlarining moddiy-texnik bazasining 
ma'naviy va jismoniy eskirishi; 
- turizm infratuzilmasi asosiy vositalarining eskirishi; 
- tumanlar va yirik shaharlar sayyohlik infratuzilmalari rivojlanishidagi 
notekisliklar; 
- dam olish maskanlarida zarur xizmat ko'rsatish infratuzilmasining yo'qligi; 
- hududlarning axborot ta’minotining yomonligi (ko'pgina hududlarda baland 
ovozli aloqa yo'qligi, axborot stendlari va belgilari, shu jumladan chet tillarda). 
Ma'muriy va huquqiy muammolar quyidagi uch guruhga bo'linadi: 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin