50
(xona/o’rin)
Manba: Muallif tomonidan Buxoro viloyati
Turizmni rivojlantirish
departamenti ma’lumotlari asosida tuzildi.
Turistik hudud rivojlanishining iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish jarayonida
resurslarning joriy holatini tahlil qilish, quyidagilarni
amalga oshirishga imkon
beradi:
turizm industriyasiga jalb qilinishi mumkin bo’lgan mehnat resurslarini
aniqlash;
moddiy-texnika bazasining, mahalliy tarixiy
yodgorlik majmualarining, tabiiy-
iqlim resurslarining mavjudligi va etarliligi, foydalanish darajasini baholash;
mavjud iqtisodiy iqlim va turizmning butun mintaqaga ta’siri oqibatlarini tahlil
etish;
mintaqa aholisi va mahalliy boshqaruv vakillarining ushbu hudud rivojlanishida
turizmning roli to’g’risidagi tushunchalarini va ushbu masala bo’yicha
jamoatchilik fikrini aniqlash.
Shunday qilib, turistik salohiyat rivojlanishini rag’batlantirish investistiyalar
hajmining oshishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bundan tashqari, turistik xizmatlar bozori
tarixiy
merosni
muhofaza
qilish
va
atrof-muhitni
qo’riqlash ishlarini
moliyalashtirish manbai bo’lishi mumkin.
Hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga to'sqinlik
qilayotgan
muammolarni quyidagicha tasniflash mumkin:, moddiy-texnik bazaning holati
bilan bog’liq infratuzilma muammolari, hamda ma'muriy va huquqiy muammolar.
Infratuzilma muammolariga quyidagilar kiradi:
- ishlab
chiqarish
infratuzilmasi
ob'yektlarining
yetarli
darajada
rivojlanmaganligi, shu jumladan yaratilayotgan
turistik va rekreatsion
komplekslar (elektr ta'minoti, suv ta'minoti, transport tarmog'i, tozalash
inshootlari) uchun muhandislik infratuzilmasi ob'ektlarini qurish uchun katta
xarajatlar tufayli;
- xizmatlar sohasi infratuzilmasi ob’yektlarining
moddiy-texnik bazasining
ma'naviy va jismoniy eskirishi;
- turizm infratuzilmasi asosiy vositalarining eskirishi;
- tumanlar va yirik shaharlar sayyohlik infratuzilmalari rivojlanishidagi
notekisliklar;
- dam olish maskanlarida zarur xizmat ko'rsatish infratuzilmasining yo'qligi;
- hududlarning axborot ta’minotining yomonligi (ko'pgina
hududlarda baland
ovozli aloqa yo'qligi, axborot stendlari va belgilari, shu jumladan chet tillarda).
Ma'muriy va huquqiy muammolar quyidagi uch guruhga bo'linadi:
Dostları ilə paylaş: