48
5)
turizmda kadrlar rolining ortishi (xodimlar sonining ko’payishi, professional-
malakali tuzilmaning rivojlanishi, kasbiy tayyorgarlik ahamiyatining
ko’tarilishi, mehnatni tashkil etishning yaxshilanishi va h.z.);
6)
xususiy turistik biznes rolining o’sishi (bozorda katta transmilliy
operatorlarning cheklangan soni va katta miqdordagi kichik korxonalar –
agentliklar faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yaratiladi, professional marketing
asosida turistik mahsulotni samarali realizastiyasi amalga oshiriladi)
20
.
Turizmning mamlakat, mintaqa iqtisodiyotiga ulkan ta’siri tufayli uning
ahamiyati hozirgi kunda oshib bormoqda. Mintaqaviy turizmni rivojlanishiga ta’sir
etuvchi omillar turlichadir. Ushbu omillarni tarkibi jihatidan ijtimoiy, iqtisodiy,
madaniy, siyosiy (institustional infratuzilma), atrof-muhit va boshqa shart-
sharoitlarga ajratish mumkin. Barcha omillarning mintaqaviy turizm rivojlanishiga
ta’sirini baholab turistik hudud rivojlanishining iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish
lozim.
Dostları ilə paylaş: