39
talab qiladi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun
tabiat kompelkslarini olish mumkin. Barcha tabiiy resurslarni rekreatsiya yoki
turistik potensial nuqtai nazardan qarash lozim.
Ammo tabiiy resurslardan
foydalanish darajasi mintaqa ixtisoslashuviga ko’ra har xil bo’lishi mumkin.
Tabiiy turistik resurslarning tasnifi mavjud bo’lib, u ikkiyoqlama xususiyatga
ega, bir tomondan tabiiy kelib chiqishi bilan bog’liq, ikkinchi tomondan turizm
uchun iqtisodiy ahamiyati tomonidan aks etishidir. Tabiiy resurslar qo’yidagicha
guruhlanadi:
1. Kelib chiqishiga ko’ra:
· tabiiy - (geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar);
· biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna);
· axborot beruvchi - tabiatdan o’ziga xos maydon va landshaft sifatida
foydalanish bo’lib,
bu resurslar madaniy, ziyoratli kabi turizm turlarini
rivojlantirishga asos bo’lib xizmat qiladi.
2.
Rekreatsiya sifatida foydalanish turiga ko’ra:
· mineral suvlar;
· botqoqlar;
· tuzlar;
· o’rmonlar.
3. Resurslarning tugashi darajasiga ko’ra:
·
tugaydigan tabiiy resurslar, ular o’z navbatida yangilanib turadigan (chuchuk
suv, o’simlik va hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan (minerallar)
turlarga bo’linadi.
· tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol,
dengiz
to’lqinlari, suvlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: