41
Tabiat resurslari- tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy
ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda
insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning
barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh
energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer,
mineral boyliklar, oʻsimliklar,
tuproklar, hayvonot dunyosi kiradi.
Tabiat resurslari tugaydigan (koʻptina foydali qazilmalar), tugamaydigan
(suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik
elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi. Tabiiy xom ashyolarni
koʻp darajada isteʼmol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bogʻliq ravishda
Tabiat resurslari bilan taʼminlash muammolari yanada dolzarblashib bormokda.
Tuproq, atmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning
barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur boʻlib, Tabiat resurslari
muhofazasi global xarakterna ega boʻlmoqda. Tabiat resurslarini oʻzlashtirishning
muhim bosqichlari — ularni aniqlash (razvedka qilish), oʻrganish,
alohida turlari
boʻyicha kadastrlar (mas., yer kadastroʻ, suv kadastroʻ) tuzishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasida Tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish
Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 15
dek.)ga muvofiq olib boriladi.
Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 3 tipi mavjud: texnologik,
iktisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini toʻgʻri baholash ulardan foydalanishda eng
yuqori samaralarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Inson tafakkuri oʻsishi
bilan bogʻliq holda Tabiat resurslari turlari ham kengayib bormokda, bunda eng
zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Ilmiy-texnik
taraqqiyotni rivojlanib
borishi bilan tugaydigan Tabiat resurslari oʻrnini bosuvchi yangi sunʼiy materiallar
ishlab chiqarilmoqsa, Dunyo okeani boyliklari oʻzlashtirilmoqsa. Ijtimoiy va
iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi yoʻlida Tabiat resurslaridan samarali
foydalanish va tabiatda ekologik
muvozanatni taʼminlab turuvchi yangi sifatli
texnologiyalarni yaratish talab etilmokda. Xom ashyo
va energiya manbalaridan
rejali tarzda foydalanish uni uzoq muddatga yetishini taʼminlaydi
Infrastruktura – lot infra — quyi, asos, structura — tuzilish, o'zaro joylashuv.
Milliy xo’jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va sotsial sferaning umumiy sharoitini
ta’minlash uchun xizmat qiladigan sohalar kompleksini ifodalaydi. Bozor
infrastrukturasi: milliy xo’jalik infrastrukturasining muhim qismi bo’lib, o’ziga
xos xususiyatlarga ega
Sarmoya - bu foyda olish maqsadida har xil turdagi loyihalarga
sarmoyalangan mablag`.(masalan: investisiya,)
Geologiya- (geo... va ...logiya) — Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi,
harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq
42
oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari,
minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan
bogʻliq. G. terminini birinchi marta norvegiyalik olim M. P. Esholt (1657) ishlatgan.
G.ning umumiy metodi qiyosiy-tarixiy metod boʻlib, oʻtmishni bilish, zamonaviy
taraqqiyotni oʻrganish orqali boʻladi (k,.Aktualizm). 18-asr va 19-a boshlarida G.
tabiatshunoslikning mustaqil tarmogʻiga aylandi (xorijda U. Smit, A. G. Verner, J.
Getton, Ch. Layel, M. V. Lomonosov, V. M. Severgin).
Hozirgi G. bir necha tarmoqlardan iborat: stratigrafiya, tektonika, dinamik,
dengiz geologiyasi,
mineralogiya, petrografiya, litologiya va geokimyo, foydali
qazilmalar G.sidan iborat. G. tabiiy geografiya, geofizika ("qattiq" Yer fizikasi),
kristallografiya, paleontologiya va boshqa fanlar bilan yaqindan bogʻliq. Amaliy
ahamiyatga ega boʻlganlari: gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, geokriologiya
va
boshqa Shuningdek, boshqa tabiiy fanlar bilan tutashgan joyida tarkib topgan
yangi yoʻnalishlar — petrokimyo, petrofizika, tektonofizika va boshqa G.ning
alohida tarmoqlarini tashkil etadi. G.da 3 asosiy yoʻnalish mavjud: tavsifiy G. —
minerallar, togʻ jinslari, ularning tarkibi va yotish shaklini oʻrganadi; dinamik G.—
geologik jarayonlar va ular evolkshiyasini tadqiq qiladi; tarixiy G. va
geoxronologiya — Yer pusti rivojlanishining izchilligini oʻrganadi .
Madaniyat - Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini
belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa,
adabiyot,
badiiy tasvir, ...
Resurs - bu frantsuzcha so`z bo`lib, imkoniyat degan ma'noni
anglatadi.
Tabiiy resurslar – bu inson o`zining hayot faoliyati uchun tabiatdan
oladigan va kelajakda olishi mumkin bo`lgan barcha noz-ne'matlardir. Tabiat inson
uchun yashash muhiti va resurslar manbai hisoblanadi. Atmosfera havosi, yer, suv,
quyosh nuri, iqlim yer osti boyliklari, iqlim, o`simliklar va hayvonot dunyosi –
bularning barchasi tabiiy resurslardir.
Dostları ilə paylaş: