O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

Turistik axborot resurslariSayohat vaqtida yoki unga tayyorgarlik ko’rishda 
turistlar ehtiyojidan kelib chiqib, ularga beriladigan ma’lum hudud, obyekt 
to’g’risidagi ma’lumotlar majmuasi turistik axborot resurslari hisoblanadi. 
Mutaxasislar turistik axborot resurslariga turistik marshrutda joylashgan 
hamda tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega obyektlar bo’yicha ma’lumotlarni kiritishadi. 
Undan tashqari turizm ahamiyatiga ega shaharlar, qishloqlar, tabiat manzaralari 
ularga bog’liq afsona va qissalar, har xil adabiyotlar, xaritalar, tasviriy albomlar, 
rasmlar, audio – video mahsulotlarni ham kiritishadi. Ko’pgina shaharlarda turistik 
axborot beruvchi markazlar ishlab turibdi, ular iste’molchilarga barcha 
ma’lumotlarni yetkazib berishadi. 
Umuman olganda hozirgi kunda turistlar uchun axborot asosiy o’rinni 
egallaydi. Chunki turist borayotgan joyi haqida qancha ko’p bilsa, sayohatini 
samarali o’tkazadi. Albatta har qanday turist ma’lum vaqt oralig’ida iloji boricha 
ko’proq joylarga borishga harakat qiladi. Buning uchun u albatta ma’lumotlarga 
yetarli darajada ega bo’lishi kerak. 
Axborot beruvchi resurslarga Internet tarmog’i, adabiy va tasviriy nashrlar 
hamda xalq etnoslari, afsonalari ham kiradi. Axborot tashuvchilar moddiy 


38 
obyektlar–inson va ijodlari, nomoddiy obyektlar–turli axborot manbalari 
hisoblanadi. Diniy turizmda moddiy obyektlar bo’lib, monax va dindorlar, 
ekskursiya olib boruvchilar, hamda diniy markaz va shaharlarning fotosi, kartasi, 
sxemalari hisoblanadi. 
3.4. Tabiiy va infrastrukturali turistik resurslar 
Turistik resurslarni foydalanish xususiyatiga ko’ra bevosita va bilvosita 
turlarga bo’linadi. Bevosita turdagi resurslarga turistlarni o’zlari to’g’ridan – to’g’ri 
foydalanidigan tabiiy va tarixiy – madaniy resurslar kiradi. Bilvosita turdagi 
resurslarga bevosita turistik resurslardan foydalanish asos bo’ladigan ijtimoiy – 
iqtisodiy resurslar – moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot beruvchi resurslar kiradi. 
V.S. Bogolyubov va V.P. Orlovskayalar
15
turistik resurslarda alohida ajralib 
turuvchi qo’yidagi asosiy belgilarni ajratishgan: 
- Qo’laylik (jozibadorlik); 
- Iqlimiy sharoit; 
- O’rganganlik darajasi; 
- Sayyohlik ahamiyati; 
- Manzara va ekologik xususiyatlari
- Ijtimoiy – demografik xususiyatlari; 
- Potensial zahirasi; 
- Foydalanish imkoniyati va boshqalar. 
Turistik resurslardan sog’lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida 
foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga 
bo’lish mumkin: tabiiy va infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida 
yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs 
potensialidan, kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat ko’rsatish sohalarisiz 
foydalanib bo’lmaydi. Umuman olganda, butun turistik resurslar majmuasini tabiiy 
– iqlimiy, madaniy 
– tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy, axborot beruvchi resurslarga bo’lish mumkin. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin