32
3.1-chizma. Rekreasion resurslar tasnifi
Tabiiy
rekreatsion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan
iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari,
tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma –
xil manzarali joylar, mineral suvli
shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport
bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi
yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar
ham tabiiy
rekreatsiya resurslaridir.
Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va
san’at
obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreatsiya maqsadida foydalish
mumkin bo’lgan
ijtimoiy obyektlar, antropogen rekreatsiya resurslariga kiradi.
Undan tashqari, rekreatsion resurslarni qo’yidagi asosiy belgilariga ko’ra ajratish
mumkin:
- landshaft – iqlimiy xususiyati;
- tabiiy resurslar potensial zahirasi;
- jozibadorlik va
sayyohlik ahamiyati;
- qo’laylik va foydalanish imkoniyati;
- manzara va ekologik xususiyati;
- ijtimoiy – demografik xususiyati.
Antropogen
Madaniy – tarixiy
(madaniy
va
diniy
markazlar,
ziyoratgohlar,
muzey,
milliy
bog’lar,
tarixiy obidalar)
Axborot
(kutubxona, ko’rgazmalar)
Sport
Ko’ngilochar
obyektlar
Urbanistik
Boshqalar
Iqlimiy
(quyosh radiasiyasi, harorat,
yog’in, namlik, shamol va b.)
Geologik
(mineral,
dengiz
suvlari,
shifobaxsh balchiqlar)
Biologik
( o’simlik va hayvonot
dunyosi, tuproqlar va b.)
Landshaftlar
(tog’, o’rmon, sharshara,
sohillar va b.)
Tabiiy