38
obyektlar–inson
va ijodlari, nomoddiy obyektlar–turli axborot manbalari
hisoblanadi. Diniy turizmda moddiy obyektlar bo’lib, monax va dindorlar,
ekskursiya olib boruvchilar, hamda diniy
markaz va shaharlarning fotosi, kartasi,
sxemalari hisoblanadi.
3.4. Tabiiy va infrastrukturali turistik resurslar
Turistik resurslarni foydalanish xususiyatiga ko’ra
bevosita va
bilvosita
turlarga bo’linadi. Bevosita turdagi resurslarga turistlarni o’zlari to’g’ridan – to’g’ri
foydalanidigan tabiiy va tarixiy – madaniy resurslar kiradi. Bilvosita turdagi
resurslarga bevosita turistik resurslardan foydalanish asos bo’ladigan ijtimoiy –
iqtisodiy resurslar – moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot beruvchi resurslar kiradi.
V.S. Bogolyubov va V.P. Orlovskayalar
15
turistik resurslarda alohida ajralib
turuvchi qo’yidagi asosiy belgilarni ajratishgan:
- Qo’laylik (jozibadorlik);
- Iqlimiy sharoit;
- O’rganganlik darajasi;
- Sayyohlik ahamiyati;
- Manzara
va ekologik xususiyatlari;
- Ijtimoiy – demografik xususiyatlari;
- Potensial zahirasi;
- Foydalanish imkoniyati va boshqalar.
Turistik resurslardan sog’lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida
foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga
bo’lish mumkin:
tabiiy va infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida
yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs
potensialidan,
kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat ko’rsatish sohalarisiz
foydalanib bo’lmaydi. Umuman olganda, butun turistik resurslar majmuasini tabiiy
– iqlimiy, madaniy
– tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy, axborot beruvchi resurslarga bo’lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: