34
antronomga sanoat va qishloq xo’jaligi
korxonalari, o’quv dargohlari va ijtimoiy –
maishiy obyektlarni ham kiritish mumkin. Misol uchun Rio-de-Janeyrodagi
mashhur karnaval, Fransiyaning Shampan provensiyasidagi mashhur uzumzorlar va
vino ishlab chiqarishni ko’rsatish mumkin. Deferem tasnifini xususiyati shundaki,
unda ayrim turistik resurslar bir necha guruhda birdaniga uchratish mumkin.
Rossiyalik mutaxasis Xristov T.T. turistik resurslarni 5 ta asosiy turlarini
ajratgan. Ularga tabiiy – rekreasiyali, ekskursiyali,
iqtisodiy, infrastruktura va
axborot beruvchi resurslarni kiritgan. Bu resurslarni o’zi yana bir qancha guruhlarga
bo’lingan. Masalan, ekskursiyali resurslar qo’yidagi guruhlarga bo’lingan: madaniy
– tarixiy meros, ijtimoiy, ijtimoiy – madaniy va etnografik resurslar. Bu turistik
resurslar tanishuv turizmida keng qo’llaniladi. Bunda madaniy – tarixiy resurslar
guruhiga yodgorliklar, turli tarixiy arxitektura obidalari kirsa, ijtimoiy resurslar
guruhiga diniy bayram, marosimlar, insonlarning turli an’ana va rusumlari kiradi.
Ijtimoiy – madaniy resurslar negizini turli muzeylar, yarmarkalar tashkil etadi.
Infrastruktura resurs sifatida qo’yidagi guruhlarni o’z ichiga oladi:
transport
ta’minoti, joylashtirish tizimi, ovqatlantirish tizimi, suvener mahsilotlari ishlab
chiqarish tizimi. Hozirgi kunda turizmni rivojlanishini turizm infrastrukturasini
jadallashuvisiz ko’rish mumkin emas. Chunki mavjud turistik resurslardan samarali
foydalanishda bu resurslarning o’rni benihoya katta. Yana bir rus olimi A.D
Chudnovskiy turistik resurslarni tabiiy – hududiy turistik muasssalar asosida ularni
Dostları ilə paylaş: