30
3. Mintaqaviy turizmning iqtisodiy mazmuni tushuntiring.
4. Mintaqaviy turizmning iqtisodiyotdagi ahamiyati nimalardan iborat?
5. O’zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning
ahamiyati nimalardan iborat?
3-BOB. MINTAQAVIY TURIZMNING MOHIYATI VA TASNIFI
3.1. Mintaqaviy turizm ta`rifi va mohiyati. Tabiiy va antropogen rekreatsiya
resurslari
Hozirda turizm sohasini mintaqalar iqtisodiyotidagi o`rni juda past bo`lib,
tarqoq holda shakllanishi, eksport va aholi turmush darajasiga qo`shadigan hissasini
kamligi bilan xarakterlanadi. Eng asosiysi, mintaqaviy
turizm yangi ish joylarini
yaratish va aholi daromadlarini oshishining muhim omili bo`lib xizmat qilishi kerak.
Shu sababli mintaqaviy turizm bozorini iqtisodiyot bilan bog’langan holda
31
shakllantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirish uchun
mavjud salohiyatdan samarali foydalanish ustuvor vazifalar qatoriga kiradi.
Hozirda mintaqada turizmni rivojlantirishning o`ziga
xos xususiyatlari va
qonuniyatlarini o`rganish, mavjud muammolarni ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bilan
uzviy bog’liq holda xal qilishning nazariy, uslubiy va amaliy yondashuvlarini ishlab
chiqish, bu borada jahon amaliyotidagi ilg’or tajribalardan,
usul va vositalardan
unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Turizm jamiyatda o`ziga xos ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Ular aholini
mehnatga layoqatini tiklash và rivojlantirish, bo`sh
vaqtdan samarali foydalanish,
aholi bandligini ta`minlash va daromadlarini oshirish, dam olish infratuzilmalarini
rivojlantirishdan iborat
Mintaqaviy turizm- ma’lum
hududga qaratilgan, ijtimoiy yo’naltirilgan yani
inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan hamda mikro va makrodarajada
daromadlar olishga mo’ljalangan faoliyatdir.
Umuman, ma’lum hududga bag’ishlangan ijtimoiy harakat yo’nalishi. Bu
tizimli bo’lishi shart (klaster). Mintaqaviy turizm mintaqalarda o’tkaziladigan tuy,
marosim, festevallar, sayillarning turistik ahamiyati va ulardan foydalanish.
Hozirgi vaqtda ko’pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib
bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital,
texnologiya, hamda malakali ishchi –
xodimlar orqaligina shakllantirib bo’lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda
turistik resurslarga ega bo’lish lozim.
Rekreatsiya faoliyati nuqtai nazardan turistik resurslarga tabiiy va antropogen
geosistemalar kiradi, tabiat manzaralari, rekreatsiya faoliyati
ehtiyoji qiymatiga va
maishiy xususiyatga ega, insonlarni ko’rsatilgan vaqtda ma’lum texnologiyalar
yordamida sog’ligini tiklash va dam olishida foydalanish mumkin bo’lgan,
rekreasiya faoliyati qobiliyatiga ega resurslar kiradi. Turistik resurslarning mohiyati
shundan
iboratki, ular turistik mahsulot shakllanishiga asos hisoblanadi. Umumiy
qilib aytganda, aniq hududda turistik faoliyatda foydalanish mumkin bo’lgan barcha
obyektlar kiradi. Turizmni rekreatsiyaning ko’rinishi sifatida olsak, «turistik
resurslar» tushunchasi «rekreatsiya resurslari» bilan birgalikda uyg’unlashadi.
Turistik resurslarning asosini rekreatsiya resurslari tashkil etadi.
Rekreatsiya
resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va
davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir. Kelib chiqishi va
foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi:
tabiiy
va
antropogen rekreatsion resurslar (3.1-chizma).
Dostları ilə paylaş: