O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


 O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

 
2.4. O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning 
ahamiyati 
O`zbekiston sharoitida mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda
jumladan, aholi bandligini ta`minlashda turizm bozori katta ahamiyatga ega. Turizm 
mehnat ko`p talab qiladigan tarmoqlar safiga kiradi. Misol uchun, xorij tajribasidan 
ko`rinib turibdiki, mehnatga layoqatli aholining 10 foizi atrofida bo`lgan qismi 
turizm tarmog’ida band. Ularning deyarli yarmi mexmonxonalarda mehnat 
faoliyatini olib boradilar. O`rtacha xalqaro turizm sohasida 7 ta turistga 1 ta turistik 
hodim xizmat ko`rsatadi. 
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, qishloq xo`jaligi) nisbatan 
turizmda yangi texnologiyalar, informatsion dasturlarni qo`llash oqibatida keskin 
ravishda ishlovchilar soni kamayib ketmaydi. holbuki, turizm xizmatlarining sifati 
ko`p jihatdan xizmat ko`rsatayotganlarning soniga bog’liq. Shu sababli turizm 
boshqa ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga nisbatan mehnat sig’imi yuqoriligi bilan 
ajralib turadi. Mintaqada turizmni rivojlantirishga qaratilgan investitsion faollik 
yangi ish joylarini tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 
Turizmni ekologiyaga, tashqi muhitni himoya qilishda bir qator ijobiy ta`sirlari 
mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 
- tarixiy-madaniy turizm ob`ektlarini rekonstruktsiya qilish, qayta ta`mirlash, 
ularni himoya qilish
- tabiatni qo`riqlash faoliyatini rivojlantirish, tarixiy-madaniy yorgorliklarni 
saqlash 
maqsadida 
atrof-muhitni 
zararlantiruvchi 
sanoat 
korxonalarini 
joylashtirishni cheklash; 
- yangi ilg’or innovatsion texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish va 
transport infratuzilmalarini, xizmat sohalarini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash; 
- quruqlikdagi tabiiy zonalar, milliy parklar, qo`riqxonalar, ochiq tabiat 
muzeylari tashkil qilish va rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish. 
Turizmning mintaqadagi ijtimoiy samaradorlikka bevosita ta`sirini alohida 
ko`rib chiqish maqsadga muvofiq. Bu yo`nalishda xorijda bir qator ilmiy ishlar chop 
etilishiga qaramasdan, turizmni ijtimoiy rivojlanishga va aholi turmush darajasiga 


26 
ta`sirining ilmiy-nazariy asoslari hali to`liq shakllanmagan. Avvalom bor 
mintaqaviy turizm bozorini ijtimoiy sohaga ta`sirining asosiy yo`nalishlarini aniqlab 
olish zarur (2.3-chizma). 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin