O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


-chizma. Mintaqaviy turizmni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

2.1-chizma. Mintaqaviy turizmni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari
Yuqorida keltirilgan mintaqa va turizmni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlar 
bir-biriga juda o`xshab ketadi, lekin ularning har birini bevosita manfaatlari 
borligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Asosiy yo`nalishlarning borligini 
avvalombor mintaqaviy resurslardan (tabiiy, iqt'isodiy, mehnat, suv va er, maxalliy 
homashyo) oqilona foydalanish, raqobatbardoshlikni oshirish, yangi ish joylarini 
tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlash, aholining talablarini qondirgan holda, 
ularning turmush sifatini yanada yuqoriga ko`tarishda ko`rishimiz mumkin. 
O`zaro bog’liqlikni ikki taraflama ekanligini ta`kidlash lozim. Birinchidan, 
mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni turizmga ta`siri; ikkinchidan, turizmni 
mintaqani barqaror rivojlanishiga ta`siri. 
Bizning 
fikrimizcha, 
mintaqadagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
omilni 
turizmni 
rivojlanishiga ta`siri quyidagilarda namoyon bo`ladi: 
- mintaqadagi investitsion jozibadorlik, ya`ni investitsion faollik uchun 
yaratilgan qulay muhit; 
- hududlar miqyosida turizmni boshqarish tarkibini shakllanganligi; 
- o`rta va uzoq muddatli turizmni rivojlantirish strategiyasini mintaqaning 
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarida aks ettirish; 
- turizm sub`ektlarini samarali faoliyat ko`rsatishi uchun mahalliy resurslardan 
(er, suv, gaz, elektr energiyasi) foydalanishni me`yoriy-huquqiy xujjatlarini 
tayyorlash; 
- mintaqaning turizm sohasidagi afzalliklarini keng targ’ibot qilish 
(ko`rgazmalar, yarmarkalar, forumlar va boshqalar); 
- turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun 
qulay sharoit yaratish (ro`yxatga olish, hisobot, mahalliy soliqlar va boshqalar). 
Ilmiy nazariya va uslubiyot nuqtai nazaridan turizmni mintaqa ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishiga ta`siri deyarli o`rganilmagan. Turizmni mamlakat va 
mintaqa iqtisodiyotidagi o`rni turlicha ko`rinishga ega bo`lib, ayrim sohalarga 
qo`shadigan hissasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Lekin ushbu holatni amalga 
oshirish avvalom bor iste`mol talablarini to`la qondirish, ya`ni o`ziga xos qadr 
qimmatlar tizimini, turistik kompaniyalarning egalari, ularning mahsulotlarini 
iste`mol qiluvchi turistlar, mintaqada ularni qabul qiluvchi hodimlar shakllantirishi 
lozim. 


21 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin