16
2-BOB. MINTAQAVIY RESURSLARNING IJTIMOIY - IQTISODIY
MAZMUNI VA UNING TURIZMNI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI
2.1. Mintaqaviy turizmning iqtisodiy mazmuni va iqtisodiyotdagi ahamiyati
Iqtisodiy jarayonlarni tubdan o`zgartirish va modernizatsiyalash sharoitida
mintaqalarni kompleks rivojlantirish va xizmatlar bozorini shakllantirish bo`yicha
bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Ushbu muammolarni hal qilish, ularni
ilmiy-nazariy asoslashni va chuqur tahlil qilishni talab qiladi.
Xizmatlar bozori muammosini faqatgina makro va mikro darajadagina emas,
balki mintaqa va mintaqaviy siyosat nuqtai nazardan o`rganish maqsadga muvofiq.
Mintaqaviy iqtisodiyot o`zining ochiqligi bilan ajralib turadi.
Bu xususiyat
mintaqaviy bozorlarni tovarlar, moliya, mehnat, turizm, informatsion texnologiyalar
va boshqa turdagi bozorlar bilan o`zaro chambarchas bog’liqligini ko`rsatadi.
Mintaqaviy
iqtisodiyot
umummamlakat
miqyosida
shakllanayotgan
va
rivojlanayotgan yagona bozor tizimini ajralmas qismi bo`lib, markaziy va tarmoqlar
(tarmoqlararo) boshqaruvida o`ziga xos o`ringa ega.
Ilmiy-nazariy asoslarni o`rganishda mamlakat, mintaqalar va tarmoqlar
o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga aniqlik kiritish bilan boshlash kerak.
Turizmni barqaror rivojlanishida turistik resurslarning iqtisodiy mazmuni
yotadi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarda turizm milliy iqtisodiyotini
rivojlantirishning muhim omili hisoblanmoqda. Hozirgi davrda jahon xo’jaligida bu
sohada band ishchi kuchining ulushi yildan – yilga oshmoqda. Butunjahon
sayyohlik va turizm kengashi (World Travel and Tourism Council) ma’lumotlariga
ko’ra 1996 yil turizm sohasida 225 mln. ish o’rni mavjud bo’lgan bo’lsa, 2006 yilga
kelib, yana 130 mln. ish o’rni ortdi. Hozirgi vaqtda
turizm sohasida jahondagi
mavjud har 10 ta ishchi kuchining biri band. Ayrim mamlakatlarda bu ko’rsatgich
yanada yuqori. Masalan, Ispaniyada turizm sohasida iqtisodiy faol aholining 8,3
foizi, Barbadosda – 10,5 foizi, Maltada – 15 foizidan ortig’i band. Turizm ham
17
respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va boshqa
makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun
yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari
bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Turizm turistlar
ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Mutahassislar turistlarni 6
ta asosiy
ehtiyojlarini ajratadi:
1. Rekreatsiya, dam olish;
2. Og’ayni va tanishlarini ko’rish bo’yicha;
3. Ish va professional maqsadlar bo’yicha;
4. Davolanish;
5. Diniy va ziyoratchilik bo’yicha;
6. Insonlarning jismoniy, iqtisodiy va ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib va boshqa
maqsadlar bo’yicha.
Yuqoridagi ehtiyojlarni qondirishga turistik faoliyatni amalga oshirish yotadi.
Bu o’z navbatida iqtisodiy turizm hisoblanib, uni qo’yidagilar asosida
shakllantiriladi:
- turistik xizmatlarni ishlab chiqish;
- turistik mahsulotni shakllantirish;
- turistik mahsulotni sotish;
- turistik ehtiyojni qondirish.
Turizm iqtisodiy kategoriya bo’lib, davlatlardan kelgan turistlarga mahalliy
xizmatni sotadi, o’z ishchilariga
ish-joy sharoitini yaratadi, kirib kelayotgan
valyutadan daromat oladi. Bir tomondan turizm sohasi turistlarga bevosita xizmat
qiluvchi tarmoqni taklif qiladi, ikkinchi tomondan turizm bozoriga yo’naltirilgan
xizmat qilish va moddiy ishlab chiqarish kabi bir-biriga qo’shilgan tarmoqlarning
o’zaro bog’langan tizimni belgilaydi. Turizm – bu ishlab chiqarish va
iste’molchining yakdil jarayonidir. Iste’mol obyekti turistik tovar va xizmatlar
hisoblanib, iste’mol davrida iste’molchining bu tovarlar
va xizmatlar qoniqtirishi
lozim. Bunda turizmning iste’mol qiymati foydali buyumlar tovarlar, qulaylik va
tabiat manzaralari va xizmatning har xil usulidan kelib chiqadi. Turistik iste’mol bir
tomondan tovarga va pullik xizmatga ega bo’lishi, ikkinchi tomondan tovarlar
ko’rinishiga ega bo’lmagan joy, yaxshi muhitni o’z ichiga oladi. Turizmni iqtisodiy
samarali keluvchi turistlar soni bilan bevosita bog’liq. Turistlar sonni oshib borishi
bilan, turizm orqali kelayotgan daromad ham oshib boradi. O’z navbatida turistlar
sonini oshishi turistik qiziqshni orttiradigan obyektlarga, ya’ni
turistik resurslarga
bog’liqdir.
Turizmning rivojlanishi davlat uchun ham juda foydalidir. Xususan u turizmni
rivojlantrish evaziga o’z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat byudjetiga
tushumlarning ko’payishini ta’minlaydi, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga
18
erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga harakat qiladi va unga
erishadi, xalqaro aloqalarga erishadi, madaniy
aloqalar kengayadi, valyuta tushumi
ko’payadi va h.k. Turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida turistlar qabul
qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, qattiq valyuta tushumini ta’minlaydi,
aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun
mehmonxona kerak bo’ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli shou
dasturlarda qatnashadilar. Bularning hammasi naqd pul, ko’p
hollarda agar ular
xorijiy turistlar bo’lsa, valyuta tushumining ko’payishini ta’minlaydi. Shu sababdan
turistik resurslarning turizm faoliyatida iqtisodiy mazmuni oshib boradi.
Shunday qilib, turistik resurslar iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida o’ziga
xos xususiyatlarga ega. Bulardan tashqari resurslar mamlakat hayotiga sezilarli
darajada ta’sir qiladi. Buning mahalliy aholi uchun ham katta foydasi bor. Ular ish
bilan ta’minlanadi, turli millat, elat va xalq vakillari bilan muloqotda bo’ladilar va
ularning turli an’ana va qadriyatlari bilan tanishadilar, doimiy daromad olib turish
imkoniyati, mahsulotlarni sotish imkoniyatiga ega bo’ladilar, mahalliy aholi imkon
qadar o’zlarining an’ana va qadriyatlarini namoyish qilish uchun uni saqlab
qoladilar va unitilganlarini tiklaydilar. Turistik resurslarning iqtisodiy ahamiyati
yana
shundan iboratki, mamlakat tabiati ham turizmni rivojlantirish katta foyda
beradi. Xususan, mamlakat ekologik barqarorlikni ta’minlash tadbirlari qo’llaniladi,
tabiat resurslaridan turistlarning rohatlanishi uchun foydalanladi, manzarali
maydonlarning yaratilishi imkoniyatini tug’diradi, suv, havo, o’rmonlarning tabiiy
holda saqlanishi uchun harakat qilinib, turistlarni jalb qilinadi.
Dostları ilə paylaş: