O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


 Turizmni barqaror rivojlanishida mintaqaviy turizmning iqtisodiy



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

2.2. Turizmni barqaror rivojlanishida mintaqaviy turizmning iqtisodiy 
mazmuni
XXI asrda iqtisodiy o`sishning muhim omili sifatida mamlakat mintaqalarida 
mavjud salohiyat va imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi e`tirof 
etilmoqda. Xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan o`tkazilgan bir qator ilmiy 
tadqiqotlar natijalari, rasmiy xujjatlarda bayon qilingan ustuvor yo`nalishlar bunga 
yaqqol misol bo`la oladi . 
O`zbekistonda oxirgi o`n yilda mintaqalarni kompleks rivojlantirish, mahalliy 
tabiiy-iqtisodiy resurslar asosida investitsion loyihalar tayyorlashni yanada 
faollashtirish masalalariga katta e`tibor qaratilgan. Ayniqsa, 2017 yilda hududlarni 
kompleks va mutanosib tarzda rivojlantirishni ta`minlash, mintaqalarning mavjud 
tabiiy homashyo, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, 
ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish hamda aholi turmush darajasi va 
sifatini izchil oshirib borishga oid choralarga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorini alohida ta`kidlash lozim. Yana bir rasmiy xujjat mahalliy 


19 
byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida 
hududlarni kompleks barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga 
qaratilgan . 
Umuman ham nazariya, ham amaliyot nuqtai nazaridan mintaqalarning 
iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlashdagi o`rni keskin oshganini ko`rish mumkin. 
Mintaqada yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishish uchun, raqobat 
afzalliklariga ega tarmoq va korxonalar birinchi o`ringa ko`tarilib, ular ma`lum 
darajada lokomotiv vazifasini bajarishlari lozim bo`ladi. Ana shunday tarmoqlar 
qatoriga mintaqaviy xususiyatga ega bo`lgan turizmni qo`shish lozim. Chunki 
mintaqada boy tabiiy salohiyatga asoslanadigan turizm sohasini keskin rivojlantirish 
uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Turizm o`ziga xos mintaqa uchun o`sish nuqtasi 
bo`lib xizmat qiladi.
Mintaqa va turizmni o`zaro bir-biri bilan chambarchas bog’liqligi avvalombor 
ular oldiga qo`yiladigan asosiy maqsad va ustuvor yo`nalishlarning uyg’unligi bilan 
isbotlash mumkin (2.1-chizma).

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin