O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


 Mintaqaviy turizmning ijtimoiy mazmuni va uning jamiyatdagi



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

2.3. Mintaqaviy turizmning ijtimoiy mazmuni va uning jamiyatdagi 
shakllanishi va rivojlanishidagi o`rni 
Turizmni rivojlantirish deyarli barcha iqtisodiy sub`ektlarga katta qulaylik olib 
keladi. O`z navbatida turistlar o`zlari xoxlagan mahsulot va xizmatlarni oladilar, 
turistik kompaniyalar va tadbirkorlar yuqori ish haqi va foydaga ega bo`ladilar, 
mintaqa esa o`z byudjetini soliq tushumlari orqali to`ldiradi. 
Mintaqada turizm taraqqiyoti avvalom bor mahsulot va xizmatlarga bo`lgan 
qo`shimcha talabni shakllanishiga olib keladi. Turizmning yana bir o`ziga xos 
xususiyati mintaqaga tashrif buyuruvchi turistlarda mahsulot va xizmatlarga bo`lgan 
iste`mol talabini uyg’otadi. Ushbu talabni qondirish mintaqada faoliyat olib 
borayotgan sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va boshqa kompaniyalar tomonidan 
amalga oshirish mumkin. Bu o`z navbatida ishlab chiqarish va xizmatlarni oshishiga 
va qo`shimcha daromadlarni mintaqada shakllanishiga olib keladi. 
Turistik faollik natijasida mahsulot va xizmatlarga paydo bo`ladigan talab 
ishlab chiqarishni tashkil etishni va mavjudlarini quvvatini oshirishni talab qiladi. 
Shu sababli turizm ma`lum darajada mintaqada real sektorni rivojlanishiga ta`sir 
ko`rsatadi. Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni tez sur`atlar bilan rivojlanishi uchun 
asosiy omil bo`lib mintaqa iste`mol tovarlari bozorini qondirish bilan bir qatorda 
tashqi talabni shakllanishi uchun xizmat qiladi. 
Mintaqada turizmni rivojlanishi transport va aloqa xizmatlariga bo`lgan talabni 
oshishiga olib keladi. Ushbu holat milliy byudjetni ko`payishiga, aloqa va ishlab 
chiqarish infratuzilma ob`ektlarini yanada rivojlantirish uchun asos yaratadi. 
Turizmni mintaqadagi muhim vazifalaridan biri sifatida xorij davlatlar 
valyutasi tushumini ko`paytirishdan iborat. Valyuta tushumlari turistik xizmatlar 
ko`rsatish va valyuta ayirboshlash orqali amalga oshiriladi. Turistlarni 
mehmonxona, restoran va transport xizmatlariga to`lanadigan pullari mintaqa 
iqtisodiyotini rivojlanishiga eng ko`p ta`sir ko`rsatadi. quyidagi 2.2-chizmada 
turizmni mintaqa turli tarmoqlariga ta`siri ko`rsatilgan. 


22 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin