23
umumiy
ovqatlanish va savdo, bank va moliya tashkilotlari, madaniyat, sport va
ko`ngilochar ob`ektlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Turistlarni dam olish joylariga etib borishida, turli ekskursiyalar tashkil
etishda, o`z turar joylariga jo`nab ketishlarida ko`rsatiladigan transport xizmatlari
mintaqada transport infratuzilmasini rivojlantirish, rekonstruktsiya qilish va qayta
ta`mirlash uchun turtki bo`ladi. O`z navbatida transport
xizmatlariga turistlar
tomonidan ketadigan xarajatlar turistik yo`llanmalarning asosiy qismini tashkil
qiladi.
Mamlakat va mintaqalardagi havo transporti, temir yo`llari va avtomobil
yo`llarining sifatini xalqaro standartlar darajasiga etkazish turizm xizmatlari sifatini
yanada yuqori darajaga erishishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari transport
infratuzilmasi ob`ektlarining (aeroport, avtovokzal va temir yo`l vokzallari,
transport markazlari) faoliyatlarini talab darajasida amalga oshirilishi ham muhim
bo`lib, umuman mintaqada yagona transport tizimini shakllanishiga olib keladi.
Turistlarni joylashtirish sohasi, mexmonxonalar,
dam olish uylari, turistik
markazlar va boshqa ob`ektlardagi xizmat sifati va turlari mintaqada turizm bozorini
qay darajada rivojlanganligini belgilab beradi. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, urf-
odatlar, mexmondo`stlik kabi tarixdan saqlanib kelayotgan udumlarni turistlarni
qabul qilish va ularga xizmat ko`rsatishda qo`llash maqsadga muvofiq. Asosan
mintaqada turistik salohiyatni aniqlashda yashash joylarining ahvoli, ularning
quvvati (joylar soni), foydalanish darajasi ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Dunyo
va mamlakatimiz tajribasidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki,
hozirda
turistlarni joylashtirish infratuzilmasi turizm tizimining eng asosiy rivojlanish
nuqtasi (markazi) ga aylangan. Ushbu tizim turizm daromadlarining asosini tashkil
qiladi. Bu o`rinda xususiy firmalar, tashkilotlar, uy-xo`jaligini ham turistlarni
joylashtirishdagi ahamiyati oshib borayotganini ta`kidlash lozim.
Mintaqaviy turizm bozorining muhim qismi bo`lib umumiy ovqatlanish va
savdo tizimi xizmat qiladi. Ayniqsa, mahalliy taomlar, ekologik toza sabzavot va
mevalar, xalq xunarmandchilig mahsulotlari turistlarni talab va takliflarini inobatga
olishda, mintaqa turizmini raqobatbardoshligini ta`minlashda va xalqaro darajada
obro`sini yanada ko`tarishning muhim omiliga aylanishi mumkin. O`z
navbatida
ushbu omil mintaqada iste`mol mahsulotlariga bo`lgan talabni oshishiga va ishlab
chiqarishni yanada kengaytirish uchun turtki bo`ladi.
Turistlarning ovqatlanish va suvinerlar, xalq xunarmandchiligi va boshqa
mahsulotlarni sotib olishga ketgan xarajatlari mintaqa uchun to`g’ridan-to`g’ri
tushadigan daromadlar qatoriga kiradi.
Mintaqada turistik xizmatlarning keng rivojlanayotgan turlaridan biri
ko`ngilochar ob`ektlarni faoliyatini tashkil etishdan iborat. Bular turli
24
ekskursiyalarni tashkil etish, madaniyat va sport sohalaridagi tadbirlar, milliy
marosimlarda ishtirok etish va boshqa xizmatlarni o`z ichiga oladi.
Ko`ngilochar o`yinlar turi va sifatini oshishi o`z
navbatida mintaqada pullik
xizmatlar hajmini o`sishiga, investitsion faollikni kengayishiga, maxalliy aholini
talab va ehtiyojlarini qondirishga olib keladi.
Mintaqada turizm xizmatlari sifati ko`p jihatdan bu erda joylashgan bank,
moliya, sug’urta kompaniyalari bilan bog’liq. Hozirda dunyo tajribasidan ma`lumki,
turistlar yigirma xildan ortiq sug’urta xizmatlaridan foydalanadilar. Sug’urta
xizmatlarini rivojlanganlik darajasi turistlarning xavfsizligini qay darajada
ta`minlanganligini bildiradi. Xalqaro turizmni tashkillashtirishda deyarli barcha
turistlar o`z sog’lig’ini himoyalash maqsadida sug’urta polislarini sotib oladilar.
Turistlar o`z safarlari davomida qo`shimcha xizmatlar turidan foydalanish,
kerakli mahsulotlarni sotib olish uchun o`z pullarini sarflaydilar. Shu sababli
mintaqada turizmni rivojlanishi bevositabank faoliyatini kengaytirishga, ular
ko`rsatayotgan xizmatlar turini ko`paytirishga ta`sir ko`rsatadi.
Hozirgi zamonda
mintaqani imedji (obro`si) turistik ob`ektlarning mavjudligi bilan bir qatorda bank-
moliya xizmatlarining qulayligi va sifati bilan belgilanadi. Shu sababli turizmni
rivojlanishi bevosita mintaqada bozor infratuzilmasi ob`ektlarining shakllanayotgan
talablarni va ularni sifatli qondirilishi, hududlar doirasida optimal joylashuvi asosida
tashkil etish uchun imkoniyat ochib beradi.
Yana bir eng muhim turizm bilan bog’liq xizmatlar qatoriga informatsion-
texnologiyalar salohiyatidan keng foydalanishni alohida ta`kidlash lozim. Ushbu
xizmatlar turistlarga qulay sharoit yaratish bilan birga ularni xavfsizligini ta`minlsh
bilan bog’liq. Mintaqani u erda joylashgan turistik ob`ektlar, aholisi va uning urf-
odatlari, mexmondo`stlik darajasi, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor
infratuzilmalarini rivojlanganligi va boshqa aniq ma`lumotlarni
informatsion
xizmatlar doirasida to`liq olish imkoni tug’iladi. Shuning uchun eng asosiy jarayon
turistik yo`llanmaga buyurtma berish, mexmonxonalarga joyni bronlashtirish,
samolyot va poezdga chiptani olishda informatsion texnologiyalardan foydlanish
oddiy holga aylanib bormoqda.
Informatsion texnologiyalar xizmat turlarini yanada kengaytirish ulardan
olinayotgan daromadlarni oshishiga, mintaqada ushbu tarmog’ni taraqqiyotiga,
barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlashga o`z xissasini qo`shishiga olib keladi.
Turizmni bevosita mintaqa rivojlanishiga ta`sirini asosan mahalliy byudjetlar
tushumini oshishi, eksport salohiyatini kengayishi, ekologiyani muvofiqlashtirishga,
bandlik muammosini hal qilishga, ijtimoiy sohalarni taraqqiyotiga qo`shgan
hissalari orqali aniqlash mumkin. Mintaqa byudjeti ma`lum
darajada turistlarga
xizmat
ko`rsatuvchi
turistik
kompaniyalar
va firmalar,
mexmonxonalar
25
daromadlaridan tushadigan turli to`lovlar hisobiga to`ldiriladi. Jumladan, soliq
to`lovi, bojxona to`lovi, ayrim yig’imlar.
Xorij mamlakat turistlariga turizm xizmatlari bevosita mintaqalarda amalga
oshirilishi, ya`ni ishlab chiqaruvchi bilan iste`molchi o`rtasidagi iqtisodiy
munosabatlar natijasida valyuta tushumlari eksportni shakllanishiga olib keladi.
Xalqaro turizm mintaqa eksport salohiyatiga xissa qo`shgan holda, kelajakda
eksport xizmatlarini yanada kengaytirish uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: