O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

 
Tayanch iborolar va tushunchalar: 
 
YUNESKO-
UNESCO (United Nations Educational, Scientific 
and Cultural Organization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat 
Tashkiloti), 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining
 maxsus tashkilotlaridan biri boʻlib, 
ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 
1946
-yil tashkil qilingan. Bu tashkilotning 
qurilishiga, 
1945
-yil Noyabr oyida 
Londonda
 44 davlatning vakillari qatnashgan 
holda qaror qilingan. Tashkilotning markazi 
Parijda
. Uch organdan — Umumiy 
yigʻilish, Boshqaruv, Kotiblikdan iborat boʻlgan UNESCO tashkilotining asl 
maqsadi, taʼlim, bilim va madaniyatni, unga aʼzo boʻlgan har bir davlatdagi Milliy 
komissiyalar orqali amalga oshirish. 
Yunesko — Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari 
bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning 
ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va 
kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va 
xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946 yil tuzilgan. 188 mamlakat 
(shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993 yil 26 oktyabrdan) aʼzo (2004). 
YUNESKO nizomiga koʻra, "... irqi, jinsi tili va dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar 
uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy 
hurmatni taʼminlash maqsadida taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali 
xalqlar hamkorligiga" koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin 
xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar 
YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO byudjeti aʼzomamlakatlar 
badallaridan tashkil topadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy resurslar- ko’plab iqtisodiyot tarmoqlarini o’z ichiga olgan, 
qurilishdan boshlab, transport xizmatigacha bo’lgan faoliyatning ixtisoslashgan turi 
hisoblanadi. Shuning uchun turizm sohasidagi band ishchilar sonini baholashni 
qiyinlashtiradi. Undan tashqari turizm iqtisodiyotning ko’plab tarmoqlari, qishloq 


29 
xo’jaligi korxonalari, transport vositalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, mebel ishlab 
chiqaruvchi korxona va boshqalar bilan o’zaro aloqada rivojlanadi. Bu resurs turida 
mehnat resurslari va sarmoya resurslari asosiy o’rinni egallaydi. 
Turistik axborot resurslari - Sayohat vaqtida yoki unga tayyorgarlik ko’rishda 
turistlar ehtiyojidan kelib chiqib, ularga beriladigan ma’lum hudud, obyekt 
to’g’risidagi ma’lumotlar majmuasi turistik axborot resurslari hisoblanadi.
Turizm bozori- Milliy va mintaqaviy turizm bozori birinchidan, jamiyatda 
iqtisodiy munosabatlar tizimini xarakterlaydigan iqtisodiy kategoriya; ikkinchidan 
o`zaro ayirboshlash, ya`ni turizm mahsulotini pulga va pulni turistik mahsulotga 
aylanishi; uchinchidan, sotuvchi va iste`molchi o`rtasidagi munosabatlarning 
iqtisodiy mexanizmi sifatida namoyon bo`ladi. 
Umuman mintaqaviy turizm bozori ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ma`lum 
bir qismi bo`lib, turizm xizmatlariga bo`lgan talab va taklif mexanizmidir. 
Turistik mahsulot- turistning sayohati davomida foydalangan tunash, 
ovqatlanish, tomosha qilish va boshqa bir qancha xizmatlarning yig‘indisidir. 
Turizmda mahsulot 2 shaklda o‘rtaga chiqadi. 
1. Biror davlatda mavjud bo‘lgan barcha tabiiy, tarixiy-madaniy va turistik 
resurslarni tashkil qilgan turizm mahsuloti. 
2. Iste’molchilarning joy o‘zgartirishlariga va sayohat qilishlariga imkon 
beruvchi barcha xizmatlar, ya’ni bir pekij - tur hosil qilgan turistik xizmatlarning 
yig‘indisi. 
Turistik xizmatlar- turist va ekskursant ehtiyojlarini qondirish va ta'minlashga 
qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo`naltirilgan harakatlar to`plami 
bo`lib, ular turizm maqsadlariga, xarakteriga va turistik xizmatning qanday 
yo`naltirilganligiga javob berishi hamda umuminsoniy tamoyillarga qarshi 
bo`lmasligi kerak. Davlat standarti ta'rifiga ko`ra, turistik xizmatlar - turistlarning 
ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan shug`ullanuvchi turizm tashkilotlarining 
faoliyati mahsulidir.
Umuman xizmatlar - bu ko`zga ko`rinmas tovarning o`ziga xos turidir. 
Xizmat bеvosita istе'mol jarayonida yuzaga kеladi va alohida holda bo`lmaydi. Bu 
xizmatning tovar bilan asosiy farqidir. Bundan tashqari, tovar istе'molchiga olib 
kеlib beriladi, turistik xizmatda esa istе'molchi bеvosita xizmatning paydo 
bo`ladigan eriga olib boriladi. Shuning uchun ham turistik xizmatlarni ishlab 
chiqarish va sotish moddiy tovarlarni sotishga aloqador bo`lgan qonunlar asosida 
emas, balki boshqa qonunlar majmui bilan boshqariladi.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin