O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

 
Tayanch iborolar va tushunchalar: 
 
Mintaqa-
mаmlаkаt yagоnа хаlq хo’jаlik mаjmuаsining hududiy kichik tizimi 
hisоblаnаdi. U dеmоgrаfik, tаbiiy-ekоlоgik, ijtimоiy-iqtisоdiy vа tехnik-iqtisоdiy 
jаrаyonlаrning ichki аlоqаsi vа o’zаrо munоsаbаti tufаyli hоsil bo’lgаn yaхlit 
birlikdir. 
Turizm- Turizm so`zining negizi hisoblangan «Tour» so’zi lotincha «Tornare» 
so`zidan kelib chiqqan bo`lib, doiraviy shakl ma`nosini anglatadi. Bu so`z o`z 
ma`nosini o`zgartirmasdan boshqa G’arb tillariga ham kirib kelgan. Masalan, 
frantsuzchada «aylanish» ma’nosiga to’g’ri keluvchi «tourner» va «tour» so`zlari 
hozirgi kunda ham ishlatilmoqda. Inglizchada esa turizm so`zi turist so`zidan olinib, 
1811 yillarda yuzaga kelgan. Nemischada esa faqatgina «auslander» (ajnabiy yoki 
xorijiy) so`zi ishlatilar edi. 1958 yilda nemis tilida alohida e`tiborga olinib 
turizmning ekvivalenti bo`lmish «fremdenverkehr» yoki «tourismus», turist 


15 
so’zining ekvivalenti esa «turist» tarzida qo`llanila boshlandi". Internatsional 
Vebster lug’atida tur (tour) ning ma`nosi quyidagicha ifodalangan: "Ish, zavq olish 
o`qish uchun qilinadigan sayohat va bu sayohatlar mobaynida turli xil joylarni 
ziyorat qilishdan va rejalashtirilgan sayohat dasturidan yuzaga keladigan jarayon tur 
deb ataladi". Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi sifatida Angliyalik Tomas 
Kuk tan olingan. U birinchilardan bo‘lib, sayohat maqsadida ommaviy safar 
uyushtirishning mohiyati va foydaliligini anglab yetdi hamda 1843-yilda u
dastlabki temiryo‘l orqali turni muvaffaqiyatli tashkillashtirdi. 
Mintaqaviy turizm- ma’lum hududga qaratilgan, ijtimoiy yo’naltirilgan yani 
inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan hamda mikro va makrodarajada 
daromadlar olishga mo’ljalangan faoliyatdir. 
Hudud-ma’lum chek-chegarasiga ega bo’lgan, shunday chegara bilan o’ralgan 
yer: ma’lum davlat, viloyat, shahar, qishloqga tegishli bo’lgan yer, maydon. 
Mintaqaviy iqtisodiyot- ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, alohida 
olingan hududlar yoki hudud (region, rayon) ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning omil 
va qonuniyatlari. 
Turistik resurslar- xalq madaniyati, urf-odatlari, rusumlari, ma’naviyatini 
ko’rsatuvchi, belgilovchi milliy boylikdir. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin