8
1-BOB. MINTAQAVIY TURIZM FANINING PREDMETI, MAQSADI VA
VAZIFALARI
1.1. Mintaqa atamasining talqini va mintaqaviy turizm
Hozirgi davrda kundalik axborot vositalari va ilmiy jamoatchilik orasida
mintaqa tushunchasi haqidà turlicha yondashuv va talqinlar davom etib kelmoqda.
Bu ilmiy izlanishlarda o`ziga xos chalkashlik va qiyinchiliklarga olib keladi. Shu
boisdan mintaqa tushunchasi haqida aniq fikrga ega bo`lish har bir tadqiqotchi
uchun muhimdir.
O`zbek tilining besh jildli izohli lug’atida "mintaqa" so`zi arab tilidan kirib
kelgan bo`lib, kamar, belbog’, iqlimiy hudud, soha, doira ma'nosiga ega ekanligi
qayd qilingan.
Bundan tashqari lug’atda mazkur so`zning ikkita talqini ham havola etilgan.
1. Geografik. Yer yuzasining ikki qo`shni parallel oralig’idagi, bir-biridan
iqlimi bilan farq qiladigan har bir bo`lagi.
2. Yer yuzasining biror xususiyati bilan ajralib turadigan bo`lagi, zonasi deb
qayd qilingan
3
. Mazkur ikki talqin ham munozarali va izohga muhtoj.
Birinchi talqin sohaviy, ya'ni bevosita geografiya faniga tegishli. Yer
planetasini belbog’dek o`rab turgan iqlimiy va shu asosda shakllangan geografik
mintaqalardir. Ular yetti iqlim deganlaridek, yettita bo`lib, yer shari qutblaridan
ekvator chizig’i tomon birin-ketin joylashgan. Bular artika (antarktika), subartika
(subantarktika), mu'tadil, subtropik, tropik, subekvatorial, ekvatorial mintaqalardir.
Mazkur mintaqalar quyosh energiyasining er yuzasiga kirib kelishi va qaytishi
(balansi), hamda mintaqalarga xos bo`lgan atmosfera oqimlari bilan ajralib turadi
4
Masalan, O`zbekiston hududi mo'tadil va subtropik iqlim mintaqalari doirasida
joylashgan.
Mintaqa atamasining ikkinchi talqini aslini olganda, er yuzasining tabiiy,
siyosiy-ma'muriy (alohida davlat, davlatlararo) va ma'muriy-hududiy (davlat
ichidagi) mazmunga ega bo`lgan, o`xshashi yo`q, ko`lami jihatdan katta bo`lgan
(mahalliy emas) hududlardir. Masalan, tog’ va tekislik, cho`l va voha
(sug’oriladigan erlar), Markaziy Osiyo, Boltiq bo`yi, Orol bo`yi, Janubiy-Sharqiy
Osiyo mintaqalari kabilar.
O`rta Osiyo, xususan Uzbekiston Respublikasi tabiatining bilimdon olimlari
L.N. Babushkin, N.A. Kogay
5
O`zbekiston hududini o`nta tabiiy-tarixiy
3
O`zbek tilining izohli lug’ati. Ikkinchi jild. Toshkent , "O`zbekiston milliy entsiklopediyasi" davlat ilmiy
nashriyoti., 2006, 672 bet.
4
Географический энциклопедический словарь Москва. “Советская энциклопедия”,1988, 432стр.
5
Бабушкин Л.Н., Когай Н.А. Естествено-историческое районирование Узбекистана. Растительный покров
Узбекистана. Том1. Ташкент Изд-во «Фан», 1971 стр. 98-117
9
mintaqalarga (okruglarga) ajratadilar (jadval). Ushbu tabiiy mintaqalar azaldan
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning poydevori bo`lib kelgan. Til, urf-odat, milliy
qadriyatlarimiz, ijtimoiy-iqtisodiy borliq, hozirgi ma'muriy-hududiy tuzilmalar
ushbu mintaqalarning tabiiy sharoiti, boyliklari va aholisi asosida vujudga kelgan.
Mintaqaviy iqtisodiyot fanning kelib chiqishiga ham mintaqalardagi tabiiy,
ijtimoiy va iqtisodiy farqlanishlar sabab bo`lgan. Mintaqaviy iqtisodiyot faniga
nemis olimlari I.Tyunen, A. Veber, V. Kristaller, A. Lyosh kabilar tomonidan asos
solingan bo`lsada, lekin uning fan maqomiga ega bo`lishi amerikalik, Pensil'vaniya
universiteti professori U. Izardning (Isard) XX asrning o`rtalarida olib borgan
izlanishlari bilan bog’liq. Sobiq ittifoq davrida esa, aniqrog’i, 1970 yillarda
mintaqaviy iqtisodiyot fanining rivojlanishiga, o`sha davrda Davlat Bosh planining
raisi vazifasida ishlab turgan, akademik N.N. Nekrasov tomonidan asos solingan.
Uning 1972 yilda chop ettirilgan "Regional'naya ekonomika" asari bu yo`nalishdagi
izlanishlar uchun dasturi amal bo`ldi. Mintaqaviy iqtisodiyot ishlab chiqarish
kuchlarini joylashtirish, alohida olingan hududlar yoki hudud (region, rayon)
ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning omil va qonuniyatlarini o`rganadigan fandir
6
Yetakchi iqtisodiy geograflar agar iqtisodiy geografiya iqtisodiylashtirilgan
geografiya bo`lsa, mintaqaviy iqtisodiyot geografiyalashtirilgan iqtisodiyot deb ta'rif
beradilar. Bu mintaqaviy iqtisodiyot fanini mahalliylashtirilgan, ya'ni amaliyotga
yaqinlashtirilgan iqtisodiyot deganidir.
Shu asnoda iqtisodiy geograflar O`zbekiston hududini oltita iqtisodiy
mintaqalarga ajratadilar va ularning tavsiflarini keltiradilar. Yetti yildan so`ng esa,
yuqorida qayd qilingan A. Soliev rag’barligidagi mualliflar O`zbekiston
Respublikasining
ma'muriy-hududiy
tuzilmasini,
ya'ni
Qoraqalpog’iston
Respublikasi 12 ta viloyat va Toshkent shahrini iqtisodiy geografiya va mintaqaviy
iqtisodiyot fanlari nuqtai nazardan mintaqa sifatida ta'riflash ma'qulroq deb
hisoblaydilar. "Sababi, aynan ma'muriy viloyatlar, ularda ma'muriy boshqaruv
tizimining mavjudligi va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyati va
zaruriyatining borligi davlatimizning mintaqaviy siyosatini asosiy sub'ekti bo`lib
xizmat qiladi" deb asoslaydilar.
7
6
Soliev A.S., Axmedov Ý.A., Muhamadaliev R. Y., Nazarov M.I., Tojieva Z.N., Boltaev M. J., Atajanova U.A.
Mintaqaviy iqtisodiyot (O`quv qo`llanma). Toshkent. "Universitet", 2003, 304 bet.
7
Soliev A., Nazarov M., Qurbonov SH. O`zbekiston hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. Toshkent, "MUMTOZ
SO'Z", 2010,348 bet.
10
1.1.-jadval
Dostları ilə paylaş: |