14
savdo-sotiq,
qurilish industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab
chiqaruvchi sanoat tarmoqlari bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon
iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lmoqda. Iqtisodiyotimizda
turistik resurslardan
samarali foydalanishda sohada yangi ish o’rinlari ochish katta ahamiyatga ega. Har
bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida
foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo’ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil
etish asosi desak bo’ladi. Lekin, har bir hududning resurs
salohiyati resurslarning
miqdor va sifat jihatiga ko’ra farq qiladi. Shu sababli turistik resurslarni har jihatdan
o’rganish, baholash, umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish
imkoniyatlarini, tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini
belgilaydi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib
chiqib bu fanning maqsadi
mamlkatimizning turizm salohiyatini belgilash nuqtai nazaridan turistik
resurslarimizni har taraflama o’rganib chiqishdir. Shu jihatdan kelib chiqib turizm
faoliyatida turistik resurslardan samarali foydalanish,
uni iqtisodiy asoslarini
yaratish bu fanning asosiy vazifasidir. Undan tashqari, Vatanimizning kelajagi
hisoblangan yoshlar ongida milliy merosimizga,
jumladan, madaniy-tarixiy, tabiiy
yodgorliklar va milliy an’analarimizga bo’lgan munosabatni shakllantirish fanning
asosiy maqsadidir. Xalqimiz milliy boyligimiz hisoblangan turistik obyektlarimizni,
tabiatimizni
qanchalik asrab-avaylasa, shunchalik mamlakatimizda turizmni
rivojlantirish imkoniyatlari oshib boradi. Fanning vazifasi - turistik resurslar haqida
tushuncha berish, turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini
o’rganish, O’zbekistonning turistik resurslarini mintaqalar bo’yicha joylanishi,
turistik
rayonlashtirish hamda, mamlakatimiz turistik resurslarini muhofaza qilish
tadbirlari to’g’risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir.
Dostları ilə paylaş: