O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


Tabiiy-iqlimiy turistik resurslar



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

Tabiiy-iqlimiy turistik resurslar. Tabiiy - iqlimiy turistik resurslarni asosiy 
ahamiyati shundan iboratki, insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda 
foydalanish vositalari bo’lib xizmat qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini tabiatdan 
qondiradilar. Turistik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar, iqlim, suv 
obyektlari, dengizlar, mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini 
bajaradi. Bu resurslar o’zi yoki inson tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Bu 
resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa jihatlarga ko’ra baholash 
mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistik resurslarni tahlil etishni 
15
Ekonomika turizma. M.2005,151b 


39 
talab qiladi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun 
tabiat kompelkslarini olish mumkin. Barcha tabiiy resurslarni rekreatsiya yoki 
turistik potensial nuqtai nazardan qarash lozim. Ammo tabiiy resurslardan 
foydalanish darajasi mintaqa ixtisoslashuviga ko’ra har xil bo’lishi mumkin. 
Tabiiy turistik resurslarning tasnifi mavjud bo’lib, u ikkiyoqlama xususiyatga 
ega, bir tomondan tabiiy kelib chiqishi bilan bog’liq, ikkinchi tomondan turizm 
uchun iqtisodiy ahamiyati tomonidan aks etishidir. Tabiiy resurslar qo’yidagicha 
guruhlanadi: 
1. Kelib chiqishiga ko’ra: 
· tabiiy - (geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar); 
· biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna); 
· axborot beruvchi - tabiatdan o’ziga xos maydon va landshaft sifatida 
foydalanish bo’lib, bu resurslar madaniy, ziyoratli kabi turizm turlarini 
rivojlantirishga asos bo’lib xizmat qiladi. 
2. Rekreatsiya sifatida foydalanish turiga ko’ra: 
· mineral suvlar; 
· botqoqlar; 
· tuzlar; 
· o’rmonlar. 
3. Resurslarning tugashi darajasiga ko’ra: 
· tugaydigan tabiiy resurslar, ular o’z navbatida yangilanib turadigan (chuchuk 
suv, o’simlik va hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan (minerallar) 
turlarga bo’linadi. 
· tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol, dengiz 
to’lqinlari, suvlar kiradi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin