O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


-chizma. Turizmni mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlariga ta`siri



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

2.2-chizma. Turizmni mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlariga ta`siri 
Turizmni mintaqa iqtisodiyotiga ta`sirining samaradorligini alohida tarmoqlar 
(yo`nalishlar) bo`yicha tahlil qilish maqsadga muvofiq. To`g’ridan-to`g’ri turizmni 
iqtisodiy ta`siri ulardan olinadigan daromadlar turlari va samaradorligi bilan 
belgilanadi. Jumladan, xo`jalik sub`ektlari, aholi, maxalliy boshqaruv organlarini 
bevosita turistlardan oladigan daromadlari. Ularga turistik kompaniyalarning 
oladigan foydasi, uning asosida investitsion loyihalarni amalga oshirishni ko`rsatish 
mumkin. Bundan tashqari turizmni to`g’ridan-to`g’ri ta`siri davlat va maxalliy 
byudjetlarga turli to`lovlar orqali kelib tushishi bilan belgilanadi. Turizm sohasidagi 
kompaniyalar va firmalar mintaqadagi bir qator tarmoqlarni o`z og’ushiga tortadi va 
rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratib beradi. Ular qatoriga transport va aloqa, 
Bank va moliya 
xizmatlari
Sug’urta 
xizmatlari 
Informatsion-
texnologiya 
xizmatlari 
Kichik biznes va 
xususiy 
tadbirkorlik 
Aloqa va 
transport 
xizmatlari 
Uy-joy va 
kommunal 
xizmatlar 
Ekologiya va 
tabiiy-tarixiy 
salohiyat 
Mexmonxona, 
dam olish uylari 
va boshqalar 
Sog'liqni 
saqlash 
Umumiy 
ovqatlanish va 
savdo 
Madaniyat va 
sport 
Bandlik
Xalqaro aloqalar 
(eksport) 
Kadrlarni 
tayyorlash 
Iste`mol 
maxsulotlari 
bozori 
Davlat va 
maxalliy byudjet 
Qurilish
Iqtisodiy 
o`sish 
Aholi turmush 
darajasi va 
sifati 
TURIZM 


23 
umumiy ovqatlanish va savdo, bank va moliya tashkilotlari, madaniyat, sport va 
ko`ngilochar ob`ektlar va boshqalarni kiritish mumkin. 
Turistlarni dam olish joylariga etib borishida, turli ekskursiyalar tashkil 
etishda, o`z turar joylariga jo`nab ketishlarida ko`rsatiladigan transport xizmatlari 
mintaqada transport infratuzilmasini rivojlantirish, rekonstruktsiya qilish va qayta 
ta`mirlash uchun turtki bo`ladi. O`z navbatida transport xizmatlariga turistlar 
tomonidan ketadigan xarajatlar turistik yo`llanmalarning asosiy qismini tashkil 
qiladi.
Mamlakat va mintaqalardagi havo transporti, temir yo`llari va avtomobil 
yo`llarining sifatini xalqaro standartlar darajasiga etkazish turizm xizmatlari sifatini 
yanada yuqori darajaga erishishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari transport 
infratuzilmasi ob`ektlarining (aeroport, avtovokzal va temir yo`l vokzallari, 
transport markazlari) faoliyatlarini talab darajasida amalga oshirilishi ham muhim 
bo`lib, umuman mintaqada yagona transport tizimini shakllanishiga olib keladi.
Turistlarni joylashtirish sohasi, mexmonxonalar, dam olish uylari, turistik 
markazlar va boshqa ob`ektlardagi xizmat sifati va turlari mintaqada turizm bozorini 
qay darajada rivojlanganligini belgilab beradi. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, urf-
odatlar, mexmondo`stlik kabi tarixdan saqlanib kelayotgan udumlarni turistlarni 
qabul qilish va ularga xizmat ko`rsatishda qo`llash maqsadga muvofiq. Asosan 
mintaqada turistik salohiyatni aniqlashda yashash joylarining ahvoli, ularning 
quvvati (joylar soni), foydalanish darajasi ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Dunyo 
va mamlakatimiz tajribasidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, hozirda 
turistlarni joylashtirish infratuzilmasi turizm tizimining eng asosiy rivojlanish 
nuqtasi (markazi) ga aylangan. Ushbu tizim turizm daromadlarining asosini tashkil 
qiladi. Bu o`rinda xususiy firmalar, tashkilotlar, uy-xo`jaligini ham turistlarni 
joylashtirishdagi ahamiyati oshib borayotganini ta`kidlash lozim. 
Mintaqaviy turizm bozorining muhim qismi bo`lib umumiy ovqatlanish va 
savdo tizimi xizmat qiladi. Ayniqsa, mahalliy taomlar, ekologik toza sabzavot va 
mevalar, xalq xunarmandchilig mahsulotlari turistlarni talab va takliflarini inobatga 
olishda, mintaqa turizmini raqobatbardoshligini ta`minlashda va xalqaro darajada 
obro`sini yanada ko`tarishning muhim omiliga aylanishi mumkin. O`z navbatida 
ushbu omil mintaqada iste`mol mahsulotlariga bo`lgan talabni oshishiga va ishlab 
chiqarishni yanada kengaytirish uchun turtki bo`ladi. 
Turistlarning ovqatlanish va suvinerlar, xalq xunarmandchiligi va boshqa 
mahsulotlarni sotib olishga ketgan xarajatlari mintaqa uchun to`g’ridan-to`g’ri 
tushadigan daromadlar qatoriga kiradi. 
Mintaqada turistik xizmatlarning keng rivojlanayotgan turlaridan biri 
ko`ngilochar ob`ektlarni faoliyatini tashkil etishdan iborat. Bular turli 


24 
ekskursiyalarni tashkil etish, madaniyat va sport sohalaridagi tadbirlar, milliy 
marosimlarda ishtirok etish va boshqa xizmatlarni o`z ichiga oladi. 
Ko`ngilochar o`yinlar turi va sifatini oshishi o`z navbatida mintaqada pullik 
xizmatlar hajmini o`sishiga, investitsion faollikni kengayishiga, maxalliy aholini 
talab va ehtiyojlarini qondirishga olib keladi. 
Mintaqada turizm xizmatlari sifati ko`p jihatdan bu erda joylashgan bank, 
moliya, sug’urta kompaniyalari bilan bog’liq. Hozirda dunyo tajribasidan ma`lumki, 
turistlar yigirma xildan ortiq sug’urta xizmatlaridan foydalanadilar. Sug’urta 
xizmatlarini rivojlanganlik darajasi turistlarning xavfsizligini qay darajada 
ta`minlanganligini bildiradi. Xalqaro turizmni tashkillashtirishda deyarli barcha 
turistlar o`z sog’lig’ini himoyalash maqsadida sug’urta polislarini sotib oladilar. 
Turistlar o`z safarlari davomida qo`shimcha xizmatlar turidan foydalanish, 
kerakli mahsulotlarni sotib olish uchun o`z pullarini sarflaydilar. Shu sababli 
mintaqada turizmni rivojlanishi bevositabank faoliyatini kengaytirishga, ular 
ko`rsatayotgan xizmatlar turini ko`paytirishga ta`sir ko`rsatadi. Hozirgi zamonda 
mintaqani imedji (obro`si) turistik ob`ektlarning mavjudligi bilan bir qatorda bank-
moliya xizmatlarining qulayligi va sifati bilan belgilanadi. Shu sababli turizmni 
rivojlanishi bevosita mintaqada bozor infratuzilmasi ob`ektlarining shakllanayotgan 
talablarni va ularni sifatli qondirilishi, hududlar doirasida optimal joylashuvi asosida 
tashkil etish uchun imkoniyat ochib beradi. 
Yana bir eng muhim turizm bilan bog’liq xizmatlar qatoriga informatsion-
texnologiyalar salohiyatidan keng foydalanishni alohida ta`kidlash lozim. Ushbu 
xizmatlar turistlarga qulay sharoit yaratish bilan birga ularni xavfsizligini ta`minlsh 
bilan bog’liq. Mintaqani u erda joylashgan turistik ob`ektlar, aholisi va uning urf-
odatlari, mexmondo`stlik darajasi, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor 
infratuzilmalarini rivojlanganligi va boshqa aniq ma`lumotlarni informatsion 
xizmatlar doirasida to`liq olish imkoni tug’iladi. Shuning uchun eng asosiy jarayon 
turistik yo`llanmaga buyurtma berish, mexmonxonalarga joyni bronlashtirish, 
samolyot va poezdga chiptani olishda informatsion texnologiyalardan foydlanish 
oddiy holga aylanib bormoqda. 
Informatsion texnologiyalar xizmat turlarini yanada kengaytirish ulardan 
olinayotgan daromadlarni oshishiga, mintaqada ushbu tarmog’ni taraqqiyotiga, 
barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlashga o`z xissasini qo`shishiga olib keladi. 
Turizmni bevosita mintaqa rivojlanishiga ta`sirini asosan mahalliy byudjetlar 
tushumini oshishi, eksport salohiyatini kengayishi, ekologiyani muvofiqlashtirishga, 
bandlik muammosini hal qilishga, ijtimoiy sohalarni taraqqiyotiga qo`shgan 
hissalari orqali aniqlash mumkin. Mintaqa byudjeti ma`lum darajada turistlarga 
xizmat 
ko`rsatuvchi 
turistik 
kompaniyalar 
va firmalar, 
mexmonxonalar 


25 
daromadlaridan tushadigan turli to`lovlar hisobiga to`ldiriladi. Jumladan, soliq 
to`lovi, bojxona to`lovi, ayrim yig’imlar. 
Xorij mamlakat turistlariga turizm xizmatlari bevosita mintaqalarda amalga 
oshirilishi, ya`ni ishlab chiqaruvchi bilan iste`molchi o`rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlar natijasida valyuta tushumlari eksportni shakllanishiga olib keladi. 
Xalqaro turizm mintaqa eksport salohiyatiga xissa qo`shgan holda, kelajakda 
eksport xizmatlarini yanada kengaytirish uchun imkoniyatlar ochib beradi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin