2022- yil 10-may Bugun soat 9.00 da Universitetga keldim. 10:00da 11-1fra-21 guruhida darsim borligi sabab tayyorgarligimni ko’rdim. Dars boshlandi. Hamma darsga tayyor. Yaxshi kayfiyatda darsni boshladik.
Dars tugaganidan so’ng, barchamiz tahlilga kirdik. Men ham ushbu darsdan yangi pedagogik o’yinlardan biri bo’lmish “Kahoot” ni o’rgandim va o’z darslarimda shundan foydalanishga qaror qildim.
Bugungi amaliyotim shu tarzda yakunlandi.
2022-yil 11-may Bugun ham hardoimgiday o’z ustimda ishladim. Hujjatlarni ko’zdan kechirdim. MD ishimni ko’rib chiqdim. Yana qo’shimcha fikrlar keldi, ularni ham qo’shdim.MD ishimga mos maqola tayyorlayotganim bois buni ilmiy va pedagogik amaliyot rahbarim N.B.Kuldasheva OAK tasarrufidagi jurnaliga nashr qildirishim kerakligini aytdilar.
Dars tahlillariga ham kirishga ulgurdim.
Bugungi kun uchun rejalashtirgan ishlarimning barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirgach uyga qaytdim.
2022- yil 12-may Har doimgidek, o’z vaqtida Universitetga keldim, kafedraga kirib, hamma bilan salomlashdim. Kafedradan chiqib menga biriktirilgan guruh tomonga yo’l oldim. Hali dars boshlanishiga biroz vaqt borligi sabab, guruh talabalari to’liq kelmagan ekan. Ular bilan ozgina suhbatlashdik. Talabalar bilan xayrlashib auditoriyadan chiqdim va kafedraga bordim. U yerda hujjatlarim ustida ishladim. Dars tahlillariga kirdim. Shu bilan bugungi amaliyot kunim va ni tugatib, uyga qarab yo’l oldim.
2022- yil 13-may Amaliyotchi magistrant sifatida o’qituvchilik kasbi murakkab va sharafli kasb ekanligini, ayniqsa, hozirgi davrda, his qilib turibman. Ishda yuz beradigan qiyinchiliklarni bartaraf etishni ham o’rganish lozim. Bu uchun esa zarur kasbiy sifatlarni o’zimda shakllantirsam, yaxshi bo’ladi. Eng muhimi shuni bilamanki, men uchun talabalar bilan ishlash nihoyatda qiziqarli va maroqli. Kasbimni to’g’ri tanlaganimga ishonchim komil.
Shu mulohazalar bilan amaliyot hujjatlarimni tartibga soldim, ertangi darsim uchun ma’lumotlar to’pladim, tahlil qildim va mavjud materiallarni tayyor holga keltirib qo’ydim.
Shu bilan bugungi kunimga yakun yasadim.