1.6. Zamonaviy axborot – kommunikasiya texnologiyalari asosida
mahsulotlar brendini rivojlantirish
Axborot-kommunikasiya
texnologiyalari
hozirgi
kunda
hayotimizning barcha jabhalariga shunchalik singib ketdiki, bugungi
kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar
rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bunday texnologiyalar
axborotlashgan jamiyat negizini tashkil etib, kishilarning og’irini
yengil, uzog’ini yaqin qilmoqda. Bundan tashqari, axborot-
kommunikasiya texnologiyalarining o’ziga xos jihatlaridan biri
sifatida undan foydalanishning global xarakterga egaligini keltirib
o’tish mumkin. Shu bois, “Zamonaviy axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari
36
to’g’risida”
1
qaror qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha jabhalariga
tatbiq etishni takomillashtirish chora-tadbirlari ta’kidlangan. Bu esa,
iqtisodiy tizimda mehnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikni
oshirishga xizmat qiladi.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning
«O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar
strategiyasi to’g’risida»gi farmonida “xizmatlar ko’rsatish sohasini
jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar
roli va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini
eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari
hisobiga tubdan o’zgartirish”
2
bo’yicha ustuvor vazifa sifatida
belgilab berdilar.
Bu
borada
zamonaviy
axborot
–
kommunikasiya
texnologiyalaridan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mahalliy va jahon
bozorlariga olib chiqish imkoniyatini hamda ushbu mahsulotning o’z
xaridorini topishda, mamlakat eksport salohiyatini oshirishda
foydalanish xarajatlarini kamaytirib, samaradorlikni oshishiga olib
keladi. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va o’z mahsuloti bilan
jahon bozoriga chiqishda avvalambor, mahsulot sifati hamda
raqobatbardoshligiga e’tibor qaratilmog’i lozim. Jahon bozorlariga
kiritilayotgan har bir mahsulotning o’z belgisi ya’ni, biznes tili bilan
aytganda brendiga ega bo’ladi. Ushbu mahsulot brendi avvalambor,
mahsulotning iste’molchi sog’lig’i va hayotiga xavf solmasligi uchun
kafolatni anglatadi. Bundan tashqari mahsulot brendi shu mahsulot
ishlab chiqarilayotgan mamlakatning dunyoga tanitishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Mahsulot brendi ishlab chiqaruvchiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Chunki, ishlab chiqaruvchining birgina xatosi bilan brendni
pasayishiga hattoki, ishlab chiqarish korxonasi faoliyatiga nuqta
qo’yishgacha olib kelishi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarni oldini
olish uchun albatta ishlab chiqaruvchi o’z mahsuloti sifati va
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Замонавий ахборот-коммуникация
технологияларини янада жорий этиш ва ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”
ги ПҚ-1730-сонли қарори. Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.12.2017
й., 07/17/3415/0345-сон.
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг «Ўзбекистон Республикасини
янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги 2017 йил 7
февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони. // Халқ сўзи, 2017 йил 8 февраль, 28 (6722)-сони.
37
raqobatbardoshligini
doimiy
nazoratda
olib
turishi,
jahon
iqtisodiyotidagi vaziyatlarni hamda dunyo bozoridagi o’zgarishlarni
chuqur o’rganib borishini talab etadi.
Respublikamizda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini har
tomonlama ravnaq toptirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-
texnik bazasini izchil takomillashtirishga alohida e’tibor qaratib
kelinmoqda. Ushbu tamoyil asosida ilg’or axborot-kommunikasiya
texnologiyalari salohiyati, yutuqlari, innovasiyalari mamlakat rivoji,
xalqimiz
turmush
darajasini
yanada
yuksaltirish,
odamlar
dunyoqarashini o’zgartirish, mamlakatimiz nufuzini jahonga yoyishga
yo’naltirilayotgani diqqatga sazovordir.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27
iyundagi
«O’zbekiston
Respublikasining
Milliy
axborot-
kommunikasiya
tizimini
yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to’g’risida»gi
qarori
bilan
«2013-2020-yillarda
O’zbekiston
Respublikasining
Milliy
axborot-kommunikasiya
tizimini
rivojlantirish
kompleks
dasturi»
tasdiqlangan.
Dasturda
telekommunikasiya texnologiyalari, tizimlari va aloqa infratuzilmasini
takomillashtirish hamda «Elektron hukumat» tizimi va uning
loyihalarini joriy etish bo’yicha axborot tizimlari, ma’lumotlar
bazalarini yaratish borasida muayyan vazifalar belgilangan bo’lib,
«Elektron hukumat to’g’risida»gi qonun Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi tomonidan 2015 yilning 18 noyabrida qabul qilinib, 2016
yilning 10 iyunidan rasman kuchga kirdi.
Unga ko’ra, elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat
organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi o’rinlarda davlat
organlari deb ataladi) idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va
axborot resurslari hamda elektron hukumat markaziy ma’lumotlar
bazalarining o’zaro hamkorligi sohasida yagona davlat siyosatini
amalga oshiriladi.
Bundan
tashqari,
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilingan
bo’lib, unda elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazasi va
axborot tizimlari komplekslari bilan integrasiyalash O’zbekiston
Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
elektron davlat xizmatlarini ko’rsatish sifatini yanada oshiriladi.
38
Axborot-kommunikasiya
texnologiyalaridan
foydalanishda
interaktiv davlat xizmatlarini yo’lga qo’yilishi, inson manfaatlarini
oliy qadriyat darajasiga ko’tarishdek ulug’ maqsadga qaratilgan
bo’lib, shu asosda kishilarning uzog’ini yaqin, mushkulini oson qilish
nazarda tutilgan. Bu borada olib borilgan islohotlar natijasida hozirgi
kunga kelib interaktiv davlat xizmatlari soni statistik ma’lumotlar
reyestridan 197 turdagi xizmatlar ro’yxatdan o’tgani, davlat organlari
tomonidan veb-saytlar orqali ko’rsatiladigan xizmatlar soni 617 taga
yetganini keltirib o’tish mumkin.
Zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishga ta’siri nihoyatda yuqori bo’lib, bu, eng avvalo,
mehnat unumdorligining o’sishi, raqobatdoshlik ta’minlanishi, yangi
ish o’rinlari yaratilishi, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
xarajatlari kamayishida namoyon bo’ladi. Pirovardida mamlakat
eksport salohiyati yuksalib, tashqi bozorlarga chiqish, yangi savdo
yo’nalishlarini ochish imkoniyati kengayib boraveradi.
Bu borada zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarining
vazifasi avvalambor sifatli, ishonchli va raqobatbardosh tovarni, uning
bozordagi o’rni hamda xaridorgirligini aniqlashdan iborat bo’ladi.
Sodda
qilib
aytganda,
zamonaviy
axborot
kommunikasiya
texnologiyalari ushbu jarayonda vositachi sifatida faoliyat yuritadi.
Vositachilik esa o’z navbatida har ikki tomon, ya’ni ishlab
chiqaruvchi va iste’molchi uchun manfaatli bitim tuzishiga imkoniyat
yaratib
beruvchi
faoliyatdir.
Bundan
ko’rinadiki,
vositachi
faoliyatining davomiyligi va uzluksizligi iste’molchiga taqdim
qilayotgan
mahsulotning
sifatiga,
raqobatbardoshligi
va
kafolatlanganligiga bir so’z bilan aytganda brendiga bog’liq. Brend –
biror mahsulot yoki xizmatning iste’molchi tasavvuridagi ko’rinishi
bo’lib, ushbu xizmat yoki mahsulotni taklif qilayotgan kompaniya
orttirgan ishonchi, iste’molchi oldida uning ruhiy yoki ma’naviy qadri
sifatida namoyon bo’ladi. Umuman olganda, brend – bu biror
kompaniya, mahsulot yoki xizmatning imidji, qadr-qimmati va nufuzi.
Shuni ta’kidlash joizki, bu borada O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish
bo’yicha
harakatlar
strategiyasi
to’g’risida»gi
farmonining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning
ustuvor yo’nalishari” nomli 3 bandida “...xorijiy investisiyalar, jahon
39
brendlarini faol jalb qilish...”
1
qo’ygan ustuvor vazifalar istalgan
mahsulotning yaxshi sotilishi muvaffaqiyati uning ommabop brend
assortimentida paydo bo’lishini yana bir bor tasdiqlaydi. Kuchli
brendlar jahondagi barcha bozorda katta ta’sirga ega. ammo, bu qadar
kuchli brendni yaratish ham murakkab ish bo’lib, bunda ishlab
chiqaruvchi mahsulotni qanday nom ostida taqdim etilishidan tortib,
xodimlarning korporativ madaniyatga qadar o’ylab ko’rishi talab
etiladi. Albatta ishlab chiqarilgan mahsulotni eksport qilish uchun
bunday belgilarni kiritishning zarurati nisbatan o’sgan iqtisodiyot,
tijorat va ishlab chiqaruvchi bilan xaridorning geografik jihatdan
uzoqda joylashganidan kelib chiqqan edi. Tijoratning rivojlanishi va
tovarlarning uzoq masofalarga jo’natilishida belgi o’ziga xos sifat
kafolati bo’lgan, bundan tashqari aniq ishlab chiqaruvchiga
tegishliligini bildirgan.
Amaliyotda ko’pchilik bir-biriga yaqin bo’lgan brend va tijorat
markasi tushunchalarini adashtirishadi. Aslini olganda, brend – bu
shunchaki korxona yoki tovarning nomi, grafik tasviri (logotip) va
musiqiy belgisidan iborat bo’lgan tijorat markasi emas. Tijorat
markasi faqat jismoniy, tuyish mumkin bo’lgan jihati. Bu tushuncha
faqat tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlatilsa ma’noga ega, lekin
xaridor uchun bu atama ahamiyatsiz. Xaridor belgi yoki markani
emas,
aynan
brendni
sotib
oladi.
Shuning
uchun
brend
tushunchasidagi asosiy urg’uni xaridorlarning ergashishiga, ya’ni
tuyib bo’lmaydigan virtual jihatlariga qaratish lozim. Ta’kidlash
lozimki, brend bilan tovarning farqi bo’lib, bu ularning hayotiylik
davrida o’z aksini topadi. Agar brendlarni loqaydlik bilan boshqarilsa,
xuddi mahsulotlarnikidek hayotiylik davrga ega bo’lishi muqarrar.
Ammo, puxta boshqariladigan brendlar boqiydir.
Shu ma’noda o’zbek mahsulotini yagona brend ostida samarali va
yaxshi
o’ylangan
holda
ilgari
surish
maqsadida
“O’zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi rahbariyati jahon
iqtisodiyotidagi vaziyatni hamda dunyoning ko’plab bozorlaridagi
holatni yaxshi tushunib, an’anaviy o’zbek tovarlari, xususan, yangi va
qayta ishlangan qishloq xo’jaligi hamda oziq-ovqat sanoati mahsuloti
1
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш.Мирзиёевнинг
«Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги
2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони. // Халқ сўзи, 2017 йил 8 февраль, 28
(6722)-сони.
40
xalqaro bozorda kuchli, barqaror UzAgro brendi ostida dunyoning
istalgan nuqtasida sheriklar uchun taklif etilayotgan tovar va
xizmatlarning yuqori sifati kafolatchi sifatida ma’lum qildi. Bu orqali
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotini UzAgro brendi ostida
sotish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Shuningdek, “UzAgro mamlakat
eksportchilariga ko’plab vazifalarni hal qilishda ko’mak beradi.
Bo’lajak hosilni ekish chog’ida hajmlar va qishloq xo’jaligi
mahsulotining o’ziga xos jihatlari bo’yicha saqlash va yuk tashuvi
bilan bog’liq xarajatlarni qisqartirish masalalarida maslahat beradi.
Huquqiy ko’mak ko’rsatadi va ishonchli sheriklarni topishga yordam
beradi. Bu o’z navbatida mamlakatimizda dehqon-fermer xo’jaliklari
tomonidan yetishtirilayotgan meva-sabzovotlar eksport salohiyatini,
mahsulot sifatini va raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi
Hozirgi kunda o’zbek eksportchilariga biroz ziyon ko’rsatayotgan
xarajatlarni – turli mahsulotlarni haddan tashqari ko’p yoki yetarli
bo’lmagan hajmda ishlab chiqarish, yetarli bo’lmagan darajada
narxlash, yuqori xatarga ega bozorlarda ehtimoliy sheriklarni
tanlashdagi xatolar, qimmat logistika va kreditlarni qoplash bo’yicha
yuqori sarf-xarajatlarni maksimal qisqartirish imkonini brend
rivojining strategik jihatdan rejalashtirish beradi. Ushbu brendni
yaratilishi bugungi kunda eksportga yo’naltirilayotgan mevasabzavot
mahsulotlarining 90 foizidan ortig’i kichik ishlab chiqaruvchilar
tomonidan
yordamchi
xo’jaliklarda,
shu
jumladan
tomorqa
uchastkalarida yetishtirilayotganligini e’tiborga olsak, ularni birgina
UzAgro brendi ostida birlashuvini ta’minlaydi.
Ilg’or axborot-kommunikasiya texnologiyalari salohiyati, yutuqlari,
innovasiyalari mamlakat rivoji, xalqimiz turmush darajasini yanada
yuksaltirish, odamlar dunyoqarashini o’zgartirish, mamlakatimiz
nufuzini jahonga yoyishga yo’naltirilayotgani diqqatga sazovordir.
Zamonaviy
axborot
kommunikasiya
texnologiyalarining
ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishga ta’siri nihoyatda yuqori bo’lib, eng
avvalo, mehnat unumdorligining o’sishi, raqobatdoshlik ta’minlanishi,
yangi ish o’rinlari yaratilishi, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
xarajatlari kamayishida namoyon bo’ladi.
Zamonaviy
axborot
kommunikasiya
texnologiyalari
ushbu
jarayonda vositachi sifatida faoliyat yuritadi. Vositachilik esa o’z
navbatida har ikki tomon, ya’ni ishlab chiqaruvchi va ist’molchi
41
uchun manfaatli bitim tuzishiga imkoniyat yaratib beruvchi
faoliyatdir.
Kuchli brendlar jahondagi barcha bozorda katta ta’sirga ega. ammo,
bu qadar kuchli brendni yaratish ham murakkab ish bo’lib, bunda
ishlab chiqaruvchi mahsulotni qanday nom ostida taqdim etilishidan
tortib, xodimlarning korporativ madaniyatga qadar o’ylab ko’rishi
talab etiladi. Ta’kidlash lozimki, brend bilan tovarning farqi bo’lib, bu
ularning hayotiylik davrida o’z aksini topadi. Agar brendlarni
loqaydlik bilan boshqarilsa, xuddi mahsulotlarnikidek hayotiylik
davrga ega bo’lishi muqarrar. Ammo, puxta boshqariladigan brendlar
boqiydir.
Dostları ilə paylaş: |