O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə7/14
tarix04.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#107453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b

I bob bo‘yicha xulosalar


5-7-sinf musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda folklor qo‘shiqlaridan foydalanish muammosining metodik jihatdan tadqiq etilishi quyidagicha xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:
1. 5-7-sinf musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning metodik ta’minoti o‘quvchilarni folklor qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalash o‘ziga xos muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etilishini taqozo etadi. Tadqiqotning natijalari mavjud holatning nazariy xulosalarini umumlashtirish natijasida mavjud muammolar, yutuq va kamchiliklarni bir tizimga solish amalga oshiriladigan ta’limiy va tarbiyaviy tadbirlar mazmunini belgilash imkonini beradi.
2. Ilmiy tadqiqot muammosiga oid bir qancha tadqiqot ishlarini xususan, A.SH.Hasanov, H.Nurmatov, F.Jo‘raev, D.Kamolova, O.A.Vasilchenko, N.G.Borisova, F.N.Xalilov, B.Azimov, N.M.Qosimova va boshqalarning ilmiy izlanishlarida musiqa san’atining turli janrlari orqali estetik tarbiyani amalga oshirish muammolari tadqiq etilgan bo‘lsada, ularning aksariyati maktab pedagogikasiga bog‘langandir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini estetik tarbiyasiga oid I.M.Nisanov, M.V.Qosimova, R.Mamatqulova, M.Ochilov, S.X.Fayzulina, M.Qodirov, E.Umarovlarning ishlarida yoshlarni milliy qadriyatlar, xususan musiqa orqali axloqiy badiiy tarbiyalashning pedagogik mohiyati yoritilgan. Bu kabi ishlarning barchasida ham estetik tarbiyaning u yoki bu yo‘nalishi bo‘yicha o‘ziga xos jihatlari tadqiq etilgan bo‘lsada, ularda 5-7-sinf musiqa ta’limida folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish muammosi mustaqil tadqiqot sifatida o‘rganilmagan.

3. 5-7-sinf musiqa ta’limida xalqqo‘shiqlarini o‘rgatish o‘quvchilarni folklor qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalashga metodik to‘g‘ri yondashish asosida folklor qo‘shiqlarining tarbiyaviy-ta’sir imkoniyatlarini samarali bo‘lishini ta’minlaydi.

II BOB. 5-7 SINF O‘QUVCHILARIGA O‘ZBEK XALQ QO‘SHIQLARINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI VA METODIKASI



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin