O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi kogon shahar kasb-hunar maktabi


«Tadbirkor», «tadbirkorlik» tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə2/6
tarix21.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#119034
1   2   3   4   5   6
1 мавзу Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик мазмуни ва мохияти (2)

«Tadbirkor», «tadbirkorlik» tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?  


XVII asr оxiri vа XVIII аsr bоshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi kishidir.Shu boisdan u yer va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan.
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – yer, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi.
J.B.Seyning fikricha, tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ishlab chiqarishni tashkil etganligi, mahsulotni oʼz vaqtida sotganligi uchun berilgan mukofotdir. Tadbirkor tavakkal qilib, biror-bir mahsulotni ishlab chiqarishni oʼz boʼyniga oladi.
А.Smit fikricha, tadbirkor – kapital egasi. U muayyan tijorat gʼoyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bogʼliqdir. Tadbirkor ishlab chiqarishni oʼzi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qiladi.
XIX-XX asrlar chegaralarida tadbirkorlik institutining ahamiyati va rolini ko`pchilik anglay boshladi. Fransuz iqtisodchisi Andre Marshall (1907-1968 yy.) birinchi bo`lib ishlab chiqarishning uchta omiliga (yer, kapital, mehnat) to`rtinchi - tashkillashtirish omilini qo`shdi. Shu vaqtdan boshlab, tadbirkorlik tushunchasi va shu sohada olib boriladigan ishlar ko`lami kengayib bordi.
Amerikalik iqtisodchi J.B. Klark (1847-1938) J.B.Seyning «uchlik formulasiga» bir oz o`zgartirish kiritdi. Uning fikricha, ishlab chiqarishda doim to`rt omil ishtirok etadi:
1)kapital;

Mashhur amerikalik iqtisodchi Y.Shumpeter (1883-1950) o`zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod qiluvchi odam) deb ta`riflagan. Olim tadbirkorlik faoliyatini kapitalistik iqtisodiyotning rivojlanishida, iqtisodiy o`sishni ta`minlashda katta rol o`ynaydigan yangiliklarni joriy etishdan iborat, deb biladi: «Vazifasi yangi kombinatsiyalarni joriy etishdan iborat bo`lgan xo`jalik sub`ektlarini biz tadbirkor deb ataymiz».
Tadbirkor faoliyatining maqsadli motivlari:
Hukmronlik, hokimiyat
G`alabaga erishish
Ijod quvonchi
BIZNES
Biznes qonuniy yo’l bilan, ruxsat etilgan ish bilan shug’ullanib pul topishdir
“Biznesmen” atamasi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo’lib, u “mulk egasi” degan ma’noni bildiradi.
TADBIRKORLIK
Tadbirkorlik - (ingl. interprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati.
Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin