O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi kogon shahar kasb-hunar maktabi


Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə6/6
tarix21.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#119034
1   2   3   4   5   6
1 мавзу Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик мазмуни ва мохияти (2)

Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni:
savdoda – 26 265 ta
sanoatda – 12 583 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 9 816 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 4 388 ta
qurilishda – 3 630 ta
tashish va saqlashda – 2 425 ta
axborot va aloqada – 1 883 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 1 184 ta
boshqa sohalarda – 7 138 tani tashkil etgan.
Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:
1. Kichik biznes sub'yektlarining ro‘yxatdan o‘tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro‘yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi. 
2. Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to‘lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 4% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes sub'yektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning amaldagi stavkasi 12% ni tashkil etadi.
3. Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro‘yxatdan o‘tgan kunidagi soliq va majburiy to‘lovlar stavkasini qo‘llash huquqi beriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qo‘llab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.
Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa ko‘plab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.
Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga ko‘maklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unga 200 milliard so‘m va 50 million dollar mablag‘ ajratildi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi.
Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin