«Tadbirkor», «tadbirkorlik» tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?
XVII asr оxiri vа XVIII аsr bоshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi kishidir.Shu boisdan u yer va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan.
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – yer, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi.
J.B.Seyning fikricha, tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ishlab chiqarishni tashkil etganligi, mahsulotni oʼz vaqtida sotganligi uchun berilgan mukofotdir. Tadbirkor tavakkal qilib, biror-bir mahsulotni ishlab chiqarishni oʼz boʼyniga oladi. А.Smit fikricha, tadbirkor – kapital egasi. U muayyan tijorat gʼoyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bogʼliqdir. Tadbirkor ishlab chiqarishni oʼzi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qiladi.
XIX-XX asrlar chegaralarida tadbirkorlik institutining ahamiyati va rolini ko`pchilik anglay boshladi. Fransuz iqtisodchisi Andre Marshall(1907-1968 yy.) birinchi bo`lib ishlab chiqarishning uchta omiliga (yer, kapital, mehnat) to`rtinchi - tashkillashtirish omilini qo`shdi. Shu vaqtdan boshlab, tadbirkorlik tushunchasi va shu sohada olib boriladigan ishlar ko`lami kengayib bordi.
Amerikalik iqtisodchi J.B. Klark(1847-1938) J.B.Seyning «uchlik formulasiga» bir oz o`zgartirish kiritdi. Uning fikricha, ishlab chiqarishda doim to`rt omil ishtirok etadi:
1)kapital;
Mashhur amerikalik iqtisodchi Y.Shumpeter(1883-1950) o`zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod qiluvchi odam) deb ta`riflagan. Olim tadbirkorlik faoliyatini kapitalistik iqtisodiyotning rivojlanishida, iqtisodiy o`sishni ta`minlashda katta rol o`ynaydigan yangiliklarni joriy etishdan iborat, deb biladi: «Vazifasi yangi kombinatsiyalarni joriy etishdan iborat bo`lgan xo`jalik sub`ektlarini biz tadbirkor deb ataymiz».
Tadbirkor faoliyatining maqsadli motivlari:
Hukmronlik, hokimiyat
G`alabaga erishish
Ijod quvonchi
BIZNES
Biznes qonuniy yo’l bilan, ruxsat etilgan ish bilan shug’ullanib pul topishdir
“Biznesmen” atamasi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo’lib, u “mulk egasi” degan ma’noni bildiradi.
TADBIRKORLIK
Tadbirkorlik- (ingl. interprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati.
Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi.