2.5.Test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi. Proyektiv
metodlar
Test metodi. Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir.
Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik
xususiyatlarini tekshirishda qo‘llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol,
jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash
mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar va aqli zaiflarni
aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo‘llanadi. Test metodining qimmati
tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga,
yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning obyektivligi va ularni ilmiy tahlil qila
bilishga bog‘liqdir. 1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi
T.Simon insonning aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi
g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi
deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni
hisoblanmaydi. Malumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik
vositalar bilai amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot obyektlarini
o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni
aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning
54
emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga
olmaydilar. Psixologlar K.M.Gurevich, V.A.Kruteskiy va boshqalar qo‘llaydigan
testlar tubdan boshqacha printsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur
ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga
erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib,
qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda
testlardan foydalanmoqdalar.
Hozirgi
davrda
nodir
testlar
qatoriga
psixologlardan
G.Rorshax,
S.Rozensveyg, R.Kettel, D.Veksler, G.Meyli, G.Ayzenk, A.Anastazi, Dj.Raven,
G.Myurrey, R.Amtxaer, M.Rokich, Dj.Rotter, M.Lyusher, Dj.Gilford va boshqalar
ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga
yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim,
malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish
darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi,
qiziqishi, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullardan
iboratdir), shaxs “loyihasi” (proyektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish
talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab
chiqiladi) kiradi.
Testlar quyidagi guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq:
1.
natijaga erishuv testlari (bilimlar, ko‘nikma va malakalar aniqlanadi; ular
harakat, yozma va og‘zaki testlarga bo‘linadi);
2.
intellekt testlari;
3.
kreativlik (ijodiyot) testlari;
4.
kriterialoriyentir testlari (mezoniy mo‘ljalga yo‘naltirilgan);
5.
shaxs testlari;
6.
iste’dod (qobiliyat) testlari;
7.
proyektiv testlar (syujetli testlar, rasm testlari, chizilgan va chizish talab
qilinadigan testlar);
8.
kognitiv testlar.
55
Psixologiya
fanida
testlashtirish
mana
bu
ijtimoiy
tuzilmalarga
yo‘naltiriladi: a) uzluksiz ta’lim tizimiga; b) kasbiy tayyorlash va saralashga; v)
keng ko‘lamli psixologik maslahatga.
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning
hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar muhim
ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari,
o‘zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. Shu
bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar:
esdaliklar, xatlar, rasmlar, tasniflar, baholar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar,
hujjatli filmlar, mobil telefon tasvirlari va hokazolar o‘rganilayotgan shaxsni
to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatishda,
uning suhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishda
yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog‘liq
jarayonlar; she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik
turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o‘ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat,
qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o‘rganish mumkin. Inson
ongining xossasi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos va ijtimoiy
xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o‘z ifodasini topadi.
Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining
ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o‘tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi,
idora etishi, o‘zining uslubini yaratishi, kamolot cho‘qqisiga erishishi jarayonida
namuna vazifasini o‘taydi.
Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, L.N.Tolstoy,
A.M.Gorkiy, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning
esdaliklari tarjimai hol shaklida bo‘lib, ular bilan tanishish natijasida
mualliflarning his-tuyg‘usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi,
intilishi, mayli, layoqati, dunyoqarashi, e’tiqodi, nafosati, axloq va odobi
to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin.
56
Anketa metodi. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik
xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari o‘rganiladi.
Anketa odatda uch shaklda tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan
motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchisida esa har bir
savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi turdagi anketada
sinaluvchiga yozilgan to‘g‘ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi.
Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari
va qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini
aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tarqatilgan anketalar yig‘ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida
hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so‘ngra tadqiqotga yakun yasalib,
ilmiy va amaliy yo‘sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini
o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan
ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Bu kamchilikka yo‘l
qo‘ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta
ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Sotsiometrik metod.
Bu metod kichik guruh a’zolari o‘rtasidagi bevosita
emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda qo‘llanadi.
Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida
muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniqlash uchun uning
qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar
matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor
ko‘rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida
tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini
aks ettiradi, xolos. Shuning uchun hozir Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov
tomonidan sotsiometriyaning yosh davri psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan
turlari ishlab chiqilgan. Bular shaxslarning bir-birini tanlashi motivlarini keng
ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sotsiometriyaning Ya.L.Kolominskiy ishlab
chiqqan o‘zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida
to‘laroq axborot beradi.
57
Odatda o‘quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi:
“Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?” “Sessiyaga kim bilan birga
tayyorlanishni istaysan?”, “Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yoqtirasan?” Har
bir savol sotsiometrik mezon (o‘lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan
olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini “eng ma’qul” deb
tanlashi lozim. Unga, “avval, hammadan ko‘ra ko‘proq kim bilan birga bo‘lishni
xohlasang, o‘shaning familiyasini yoz”, “agar sen istagan shaxs to‘g‘ri kelmasa,
yana kim bilan birga bo‘lishni istasang, shuning familiyasini yoz”, “aytilgan
shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz” deb uqtirish lozim.
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta “maydon”ga
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi.
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘g‘ri keladi. Guruh
a’zolarining o‘zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan
bog‘langanida o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatga ega bo‘lgan sinaluvchi
doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi.
Shaxslar bilan aloqa o‘rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi.
Oraliqdagi “maydon”larga o‘rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar
joylashtiriladi. Tekshirishda, birinchidan, shaxslararo munosabatning darajasi va
ko‘lami aniqlanadi, ikkinchidan, qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi
ko‘rsatkichlar taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar yoki
qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi munosabatlar va ularning o‘ziga xosligi,
psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy
ahamiyatga molik g‘oyalar olg‘a suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, tavsiyalar
bildiriladi.
Sotsiometrik metodi sharoitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlardagi
shaxslararo munosabatni o‘lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga
bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali guruh
a’zolarini o‘zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. Maktabgacha ta’lim
muassasalari, maktab sinflari, o‘quvchilar munosabatlari, dam olish manzillari,
oliy maktablar, mehnat jamoalari va turli muassasalarning xodimlari o‘rtasidagi
58
munosabatlarning xususiyatlari, dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sababi shu
metod yordamida o‘rganiladi. Turli ehtiyoj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va
hokazolar
muayyan
tartib
hamda
qoidaga
binoan
muvofiqlashtiriladi,
tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy-psixologik hamda umumpsixologik ildizlari
to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi. Shu bilan birga guruhlardagi shaxslarning yaqqol,
aniq nuqtai nazari, guruhbozlik, og‘machilik, qarama-qarshilik, his-tuyg‘uning
zo‘riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning motivlari, qurilishi, jinslar
o‘rtasidagi
Dostları ilə paylaş: |