O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Taqrizchilar:
Sh.R.Barotov - 
Psixologiya fanlari doktori, professor,
Xalqaro psixologiya fanlari Akademiyasi haqiqiy a’zosi (akademigi)
 
E.Z.Xalimov - 
psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.



KIRISH 
Biz yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi 
bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda 
bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha 
yodda tutishimiz va biz bolalarimizning barkamol ruhiy dunyosi ularning 
ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo 
qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur.
Inson tarbiyasi insonning o‘zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli, 
insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz 
ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash 
yo‘llari aniqlash maqsadi izlanishlar olib borilgan.
Maktabgacha ta’lim sohasi ta’lim tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun 
ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan - barkamol avlodni tarbiyalashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har 
tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo‘lib, xuddi 
mana shu davrda bolaning jismoniy, ruhiy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga 
poydevor bo‘ladi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash 
borasidagi mavjud muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini 
zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga 
erishish bugungi kunning dolzarb muammolaridir. 
Ana shu vazifalarni amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda umumiy psixologiya 
fani muhim rol o‘ynaydi. Maktabgacha ta’lim sohasi uchun mutaxassislar 
tayyorlash jarayonida umumiy psixologiya fani kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va 
malakalarni shakllantirish borasida ustuvor o‘rin egallaydi.
Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish 
ko‘lami kengayib borishi uning mas’uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat 
beradi.
Ushbu o`quv qo`llanmada umumiy psixologiyaga kirish, shaxs va uning 
individual-tipologik xususiyatlari, bilish jarayonlari yuzasidan nazariy va amaliy 
ma’lumotlar keltirilgan.




Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin