16
1.5.Psixologiya fanining fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Psixologiya
fanining tarmoqlari
Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo‘lishda aniq, yaqqol faoliyatining
psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik munosabati,
taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Psixologiya sohalarining
tavsifiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar,
murakkab ichki bog‘lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy tadqiqot
metodlar, psixikaning filo va ontogenetik o‘zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va
kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan
soha. Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan
nomdan iboratdir. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari
(shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy
psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish
natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. Shuning bilan birgalikda
umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa sohalari uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar,
tushunchalar,
psixik
jarayonlar,
holatlar,
hodisalar,
individual-tipologik
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira,
tafakkur, xayol va boshqalar. 2. Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar,
intilishlar, qaror qabul qilish kabilar. 3. Hissiy jarayonlar: his-tuyg‘ular, emotsiya,
kayfiyat, emotsional ton, stress, affekt singarilar. Psixik holatlarga psixik
jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining ko‘rinishlari kiradi. Masalan, hissiy
jarayonlardan psixik holat sifatida kayfiyat, psixik xususiyatlarga qobiliyatlar va
boshqalar kiradi. Umumiy psixologiyadagi bu bo‘linish shartli ravishda amalga
oshirilgan bo‘lib, unda jarayon tushunchasi umumiy tadqiq qilinayotgan
hodisaning jarayoniy xususiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi, xolos. Psixik holat
tushunchasi psixik holatlarga nisbatan nisbiy statikligini anglatadi. Psixik
xususiyat tushunchasi esa tadqiq qilinayotgan hodisaning mustahkamligini,
qaytaruvchanligini aks ettiradi va bu narsa shaxs tuzilishida o‘z ifodasini topadi.
17
Umumiy psixologiyadan boshqa sohalar, bilimlar asos sifatida foydalaniladi, xuddi
shu boisdan u universal xususiyat kasb etadi.
Eksperimental psixologiya - eksperimental metodlar yordamida psixik
hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan
ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish asosiy rol o‘ynagan. XIX
asrning o‘rtalarida psixologik hodisalar ustidan ilk bor amaliy eksperimental-
psixologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu fiziologik laboratoriyalarda elementar
funksiyalarni o‘rganish orqali, ya’ni ilk bor sezgi va idrokni o‘rganish bilan
boshlangan.
Bu
tadqiqotlar
eksperimental
psixologiyaning
falsafa
va
fiziologiyadan mustaqil, alohida fan sifatida vujudga kelishiga muhim asos va
obyektiv shart-sharoit yaratib bergan. Eksperimental psixologiya fan sifatida
ajralib chiqishiga V.Vundt o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Ilk eksperimental
tadqiqotlar o‘zini o‘zi kuzatish metodi yordami bilan insonning ichki funksiyalarini
o‘rganishga qaratilgan edi. Keyinchalik eksperimental ishlar turlicha hayvonlarda
o‘tkazila boshlangan. Tadqiqotlarning ko‘pchiligi T.L.Morgan, E.L.Torndayklar
18
tomonidan olib borilgan. Eksperimental tadqiqotlar orqali faqat psixik
funksiyalargina emas, balki hissiyotlarning individual variantlari ham tekshirilgan.
Eksperimental psixologiyaning tadqiqotlari psixologiya sohalarining nazariyasiga
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnat psixologiyasi - insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining
qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Mehnat
psixologiyasining obyekti ishlab chiqarishda va mehnatda shaxsning faoliyati, uni
ishdan bo‘sh vaqtining, dam olishining ishlab chiqarishga ta’sirini ham tekshirgan.
Mehnat unumdorligiga ishchini boqish uchun ketgan sarflar miqdori ko‘p bo‘lsa,
unga qancha qulay shart-sharoit yaratilsa, shuchalik ijobiy ta’sir yuzaga keladi.
Shu asosda yuqoridagi fanlar mehnatkashga psixologik iliq muhit yaratish uchun
mehnat
psixologiyasiga
yordam
beradi.
Mehnat
psixologiyasini
G.Myunsterbergning «Psixologiya va ishlab chiqarish unumdorligi» (1913) va
«Psixotexnika asoslari» (1914) kitoblari chiqqan davrdan boshlab alohida soha
sifatida vujudga kelganligi e’tirof etilgan. Mehnat psixologiyasining asosiy vazifasi
ishlab chiqarish munosabatlarini ijobiylashtirish, mehnatkashlarga zarur shart-
sharoit yaratib berish, kasbiy kasalliklarning, ishlab chiqarishda jismoniy
falokatlarning, psixologik zo‘riqishlarning oldini olishdir.
Aviatsiya psixologiyasi - aviasanoat va aviaxizmatchilarning mehnat
faoliyatida
kechuvchi
psixologik
qonuniyatlarni
o‘rganadi.
Aviatsiya
psixologiyasining predmeti murakkab aviatsiya tizimini boshqarishdagi inson
psixikasining rolini tekshirishdan iborat. Aviatsiya psixologiyasi obyekti shaxs
faoliyati, jamoa tuzilishini tashkil qilishning shart-sharoitlari hisoblanadi.
Aviatsiya psixologiyasi subyekti uchuvchilar, muhandis, texnik xizmat ko‘rsatish
tarkibini tashkil etuvchi styuardessalar va boshqalar. Aviatsiya psixologiyasi soha
sifatida uchuvchi qurilmalar yaratilishi vaqtidan, ya’ni XIX asrning oxiri va XX
asrning boshlaridan vujudga kelgan. Aviatsiya psixologiyasi tug‘ilishining asosiy
sababi uchuvchi apparatlar ishlatishda va boshqarishda inson omili xavfsizligiga
shart-sharoit yaratish ehtiyojidir. Aviatsiya psixologiyasi psixologiyaning boshqa
sohalari bilan uzviy bog‘liqdir.
19
Muhandislik psixologiyasi - inson va mashina o‘rtasidagi munosabatni,
insonga mashinaning psixologik ta’sirini va insonning mashina bilan munosabati
jarayonining psixologik qonuniyatlarini tadqiqot metodlari yordami bilan
o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Muhandislik psixologiyasi fan-texnika
revolyutsiyasi ta’sirida vujudga kelgan bo‘lib, quyidagi muammolarni tekshiradi:
1) inson va EHM kabi avtomatika tizimi yuklamasida inson vazifasini tahlil qilish;
2) EHM operatorlarining hamkorlik faoliyatida muloqot jarayoni va ularning
o‘zaro ta’sirini tadqiq qilish; 3) operator faoliyatining psixologik tuzilishini tahlil
etish; 4) operator ishining sifatiga, tezligiga, samaradorligiga ta’sir qiluvchi
omillarni tekshirish; 5) inson tomonidan axborot qabul qilishni tadqiq etish; 6)
operator faoliyatini boshqarish mexanizmini o‘rganish; 7) EHMni boshqarishdagi
buyruqlarni inson tomonidan qabul qilish xususiyatini aniqlash; 8) operatorlar
uchun psixodiagnostika va proforiyentatsiya metodlarini ishlab chiqish; 9)
operatorlarni o‘rganishni optimallashtirish.
Kosmik psixologiya - vaznsizlik va bo‘shliqda aniq mo‘ljal ola bilmaslik
sharoitida, organizmda juda ko‘p ortiqcha taassurotlar yuklangan paytda ro‘y
beradigan nerv-psixologik zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar
tug‘ilganda kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan
psixologiya sohasi.
Ekstremal psixologiya - insonning o‘zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik
faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologiya sohasi. Ekstremal
sharoitda insonga bir qancha faktorlar ta’sir qiladi: makon o‘zgarishi, xavf omili,
vaqt, shaxsiy ahamiyatga molik axborotning o‘zgarishi, yolg‘izlik, guruhiy
izolyatsiya va hayotiy xavf. Ekstremal sharoitga inson moslashishining biologik
vazifasi ekstremal sharoitda ishlovchilarni tanlab olish (kosmos, arktika, yong‘in
va hokazo), mashqlantirish, trening o‘tkazishdan iborat.
Pedagogik psixologiya - tarbiya va ta’lim muammolarini tadqiq qiladigan
psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq
rivojlanishi,
bilish
faoliyatining
va
shaxsda ijtimoiy
ijobiy
sifatlarni
tarbiyalashning psixologik muammolarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiyaning
20
maqsadi - o‘qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta’sirini, shart-sharoit va boshqa
psixologik faktorlardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Pedagogik
psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy taraqqiyotning ta’siri natijasida
vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya
rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Bundan tashqari, pedagogik psixologiyaning
fan sifatida taraqqiy etishida o‘sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo‘nalishlar
ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazgan. Bixevioristik psixologiya yo‘nalishi
pedagogik psixologiya uchun asos qilib, tarbiyachi va o‘qituvchiga vosita qilib
tashqi muhit ta’sirini oladi. Tashqi muhit qanchalik ijobiy ta’sir qiluvchi omil
bo‘lsa, ya’ni qulay shart-sharoit vujudga kelsa, demak, shaxsning tarbiyalanishi
shunchalik ijobiy kechadi.
Hozirgi zamon pedagogik psixologiya rivojlanishi natijasida insonning
individual-psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy tajribalar ta’siri hamda boshqa
odamlar o‘rtasidagi muloqot, muomala ta’siri borligini, shuningdek, yana bir
qancha faktorlarni hisobga olgan holda shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim orqali
o‘qitish va tarbiyalash yotadi. Pedagogik psixologiyani shartli ravishda bir necha
turga ajratish mumkin: a) ta’lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v)
o‘qituvchi psixologiyasi; g) oliy maktab psixologiyasi kabilar.
Tibbiyot psixologiyasi - kasallarning davolanishi, gigiyena, profilaktika,
diagnostika
jabhalarini
tadqiq
qiluvchi
psixologiya
sohasi.
Tibbiyot
psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasalliklarning kechishi, ularning shaxs
psixologiyasiga ta’siri qonuniyatlari, insonning kasallikdan sog‘ayishiga
mikrosotsial guruh ta’siri o‘rganiladi. Tibbiyot psixologiyasi o‘z ichiga klinik
psixologiya, patopsixologiya, neyropsixologiya kabi bo‘limlarni qamrab oladi.
Tibbiyot psixologiyasi tarkibiga psixoterapiya sohasini ham kiritadilar.
Tibbiyot psixologiyasining asosiy muammosi kasallikni davolashning inson
psixologiyasiga ta’sirini tadqiq qilishdir. Uning asosiy muammosi insonning
psixologiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi va shu bilan davolanishni tezlashtiruvchi
ijobiy davolash muhitini tashkil qilishdir. Psixik hodisalar bilan miyaga fiziologik
tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadigan soha - neyropsixologiya. Dorivor
21
moddalarning
kishi
psixik
faoliyatiga
ta’sirini tekshiradigan soha -
psixofarmokologiya. Bemorlarni davolash uchun psixik jihatdan salomatligini
ta’minlash chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi soha -
psixoprofilaktika.
Yuridik psixologiya - huquq doirasidagi munosabatlar odamlarning psixik
faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi
psixologiya sohasi. Eksperimental psixologiya ta’siri ostida XX asrning boshlarida
yuridik psixologiya sohasida ilk laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazilgan. Bu
tadqiqotchilar guvohlarning ko‘rsatmalarini va so‘roq olib borish asoslarini
o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Yuridik psixolog sifatida yozuvchi
A.K.Doylning qahramoni Sherlok Xolmsni atash mumkin. Yuridik psixologiya
bo‘yicha tadqiqot ishlari o‘sha vaqtlarda G.Gross, K.Marbe, V.Shtern, K.Yung va
boshqa psixologlar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik yuridik psixologiyaning
o‘ziga xos tadqiqot yo‘nalishlari vujudga keldi: jinoyatchilar shaxsini tadqiq qilish,
guvohlik
ko‘rsatuvchilar ko‘rsatmalarini
tekshirish,
sud
psixologiyasi
ekspertizasining nazariy va amaliy tomonlari ishlab chiqilgan. Yuridik psixologiya
umumiy psixologiyaning metodlari va o‘ziga xos ularning shakllarini qo‘llaydi.
Hozirgi zamonda uning bir qancha bilimlari mavjuddir: kriminal psixologiya, sud
psixologiyasi, jinoyatchilarni qayta tarbiyalash psixologiyasi yoki axloq tuzatish
mehnat psixologiyasi kabilar.
Harbiy psixologiya - harbiy faoliyatning inson psixikasiga ta’siri, harbiy
faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq
qiluvchi psixologiya sohasi. Jangchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish
harbiy psixologiyasining asosiy muammolaridan biridir. Harbiy jamoalarda
shaxslararo munosabatlar, komandirlar bilan jangchilar muloqotining psixologik
xususiyatlari, favquloddagi holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining
o‘zgarishi, bo‘linmalarda psixologik muhit masalasi, harbiy-vatanparvarlik
tuyg‘usini shakllantirish birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy
psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik
22
psixologiyasi, pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari,
umumbashariy qonuniyatlar yotadi.
Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson
psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini
tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70-yillarida jadal
sur’atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning
individual-psixologik farqlarini o‘rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib
esa sport psixologiyasi o‘rganayotgan muammolar ko‘lami kengaydi, shu boisdan
uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotiga ta’sir
o‘tkazuvchi muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari sport
psixologiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga
psixologik yordam ko‘rsatish jabhalari bilan ham shug‘ullanadi.
Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo‘lib, tijorat
ta’sirining psixologik negizlari, obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarini,
ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga
xizmat
ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha. Savdo
psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari, modalar psixologiyasi va shu kabi
masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa, sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta’sir
o‘tkazish, ularda iliq his-tuyg’u, ishonch uyg‘onish mexanizmlari, mantiqan ularni
muomala jarayonida ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish,
nizoli holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning
treninglaridan unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini
anglagan holda munosabatda bo‘lish qonuniyatlarini tadqiq etish ham mazkur
sohaning tekshiruv predmetiga kiradi.
Ijodiyot psixologiyasi - badiiy qadriyatlarni o‘zlashtirishda, ularning yangi
ko‘rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlarni inson tomonidan idrok qilishda
kechadigan psixologik holatlarni hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga
ta’sirini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Ijod psixologiyasi bir tomondan
psixologizm ta’siri ostida, ikkinchi tomondan esa aksilpsixologizm iskanjasida
23
rivojlanadi. Psixologizm tarafdorlari badiiy asarlar yaratilishi individual ong
ta’sirida vujudga keladi, deb talqin qilishadi.
Hozirgi zamonda san’at asarlarining tarixiy jihatdan ularni ijodkorlarining
shaxsiy xususiyatlari birlamchi ekanligidan kelib chiqiladi. Zamonaviy san’at
psixologiyasi san’atkorlarning qobiliyatlarini asar yaratishda hissiy ko‘rinishlarni,
shaxslararo munosabatlarni psixologik nuqtai nazardan o‘rganadi. San’atda inson
ruhiy olamini amaliy jihatdan tekshirish, baholash, o‘ziga xos jihatlarini guruhlash,
individual, guruhiy, jamoaviy ta’sir xususiyatlarini sharhlash imkoniyati mavjud.
San’at psixologiyasi ijtimoiy tarbiya berishning psixologik mexanizmlari, yo‘llari,
qonuniyatlari, metodlari kabilarni tadqiq etuvchi muhim sohalardan biridir.
Bugungi kunda uning quyidagi sohalari o‘z tadqiqot predmeti va obyektiga egadir:
ijod psixologiyasi, san’at psixologiyasi, badiiy tarjima psixologiyasi, badiiy
ijodiyot psixologiyasi, xalq amaliy san’ati psixologiyasi, badiiy me’morlik
psixologiyasi kabilar.
Yosh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson
tug‘ilishidan to umrining oxirigacha bo‘lgan davrni, ya’ni ontogenezni
o‘rganadigan psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida
XIX asrning oxirida vujudga kelgan bo‘lib, u fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat
talabiga
binoan bolalar psixologiyasi
taraqqiyotida qo‘llanilgan.
Yosh
psixologiyasi hozirgi zamonda bolalar psixologiyasi, o‘smirlik va o‘spirinlik
psixologiyasi, yetuklik psixologiyasi, gerontopsixologiyadan iboratdir. U
insonning ontogenezda rivojlanish jarayonida psixik holatlarning kechishi, psixik
funksiyalarning roli, ularning o‘zgarishi, harakatlantiruvchi kuchlar, mexanizmlar,
ta’sir o‘tkazuvchi obyektiv va subyektiv faktorlar, taraqqiyot qonuniyatlarini
tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi umr o‘tishi bilan psixologik farq, individual-
psixologik xususiyatlar o‘rganishini o‘rganadi, tadqiqotlarda madaniy, ijtimoiy-
tarixiy, milliy ta’sirni hisobga oladi. Shuning uchun yosh psixologiyasining
obyektlari o‘ta murakkab bo‘lib, taraqqiyotlar taraqqiyotini tekshirishni taqozo
qiladi. Jahon psixologiyasida to‘plangan barcha nazariy materiallarga, shu
jumladan, genetik modellashtirish (L.S.Vigotskiy) metodlariga, egizaklar metodiga
24
va shunga o‘xshash o‘ta murakkab jarayonlarning longityud (uzluksiz) uslubi
yordamida tekshirishga asoslanadi. Yosh psixologiyasining asosiy vazifalaridan
biri - bolani psixik rivojlanishining ijobiy shaklda tashkil etilishi, yosh davrlari
inqirozi bosqichlari, jarayonlari va paytlarida psixologik yordam ko‘rsatish chora-
tadbirlarini
ishlab
chiqishdan iboratdir.
Yosh psixologiyasi pedagogik
psixologiyaning ilmiy, amaliy, tajribaviy asosi bo‘lib hisoblanadi, lekin boshqa
sohalari bilan ham uzviy alohida faoliyat ko‘rsatadi, inson kamolotining o‘ziga xos
xususiyatlari to‘g‘risida ijtimoiy ahamiyatga molik materiallar to‘playdi.
Maxsus psixologiya - normal psixik rivojlanmagan tug‘ma yoki keyinchalik
orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta’siri ostidagi insonlarning psixologiyasini tadqiqot
qilish sohasi. Uning bir necha bo‘limlari mavjud: patopsixologiya - rivojlanish
jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallikning turlicha kechishi,
psixikaning
tamoman
izdan
chiqishi
hollarini
o‘rganuvchi
soha;
oligofrenopsixologiya - psixik rivojlanishning miyadagi tug‘ma asoratlar bilan
bog‘liq patologiyasi to‘g‘risida tadqiqot ishlarini olib boruvchi soha;
surdopsixologiya - quloq eshitishining butunlay kar bo‘lib qolgunga qadar jiddiy
kamchiliklari, nuqsonlari bilan shug‘ullanuvchi, bolani voyaga yetkazishning
omilkor yo‘l-yo‘riqlarini topuvchi, korreksion-tuzatish ishlarini olib boruvchi soha;
tiflopsixologiya - chala ko‘ruvchi va mutlaqo ko‘zi ojiz odamlarning psixologik
rivojlanishini tadqiq qiluvchi soha. Maxsus psixologiyaning yana o‘ziga xos tor
bo‘limlari ham mavjud bo‘lib, insonlarning kasalligi, nuqsoni, aql-idrok darajasi,
nutq faoliyati patologiyasiga binoan tadqiqot ishlari olib boriladi.
Qiyosiy psixologiya - psixologiyaning murakkab bo‘limlaridan biri bo‘lib,
psixikaning filogenetik holatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladigan soha.
Qiyosiy psixologiyada hayvonlar psixologiyasi odamlarniki bilan qiyoslanadi,
ularning xulq-atvoridagi o‘xshashliklar va tafovutlar sabablari tekshiriladi,
harakatlantiruvchi kuchlar, ta’sir o‘tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi.
Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo‘limidan iborat bo‘lib, u turli
guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti-
harakatlarini o‘rganadi. Etologiya - biologik va psixologik jabhalar qorishmasidan
25
iborat bo‘lib, hayvonlarning xatti-harakatidagi tug‘ma alomatlar, mexanizmlar
insonniki bilan umumiy negizga ega ekanligini o‘rganuvchi soha.
Differensial psixologiya - shaxslar o‘rtasidagi tafovut va farqlarni hamda
guruh a’zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini, ya’ni
psixologik farqlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Differensial psixologiyaga
F.Galton asos solgan bo‘lib, u individual farqlarni statistik analiz qilish uchun bir
qancha usullar va asboblar yaratgan. Differensial psixologiya terminini nemis
psixologi V. Shtern o‘zining «Individual farqlar psixologiyasi» (1900 yil) asarida
ishlatgan. Differensial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri - testdir. Avval
individual testlar, keyinchalik esa guruhiy testlar qo‘llanila boshlangan, ular asosan
aqliy rivojlanishdagi farqlarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, muayyan vaqt
o‘tgandan so‘ng proyektiv testlar ishlab chiqilgan. Mazkur testlar qiziqishdagi,
intilishdagi, hissiyotdagi tafovutlarni tekshirishga qaratilgandir. Testlarning faktor
analizi yoki intellektga oid ma’lumot beruvchi omillari o‘rganilgan. Jahon
psixologiyasida eng keng yoyilgan nazariyadan biri - bu N.Spirmenning ikki
faktorli konsepsiyasidir. Bu nazariyaga binoan, har bir faoliyat uchun umumiy bitta
faktor mavjuddir, bundan tashqari, o‘sha faoliyatga qaratilgan xususiy faktor ham
mavjud. Shu sohaga oid yana bir nazariya L.Tyorston, Dj.Gilford va boshqalarning
multifaktorlik yondashuvidir. Mazkur nazariya umumiy faktor borligini inkor
qiladi, unda boshlang‘ich aqliy qobiliyatlar asosiy o‘ringa qo‘yiladi. Psixologiya
inson qobiliyatlari genetik, biologik omillarga asoslangan, degan g‘oya mavjud
bo‘lib, ta’kidlanishicha, ular go‘yoki nasldan naslga o‘tadi. Hozirgi zamon
differensial psixologiya diagnostika, prognostika metodlari yordami bilan
shaxslarni qobiliyati bo‘yicha tanlashda ilmiy printsip va qonuniyatlarga
asoslanadi.
Psixofiziologiya - odamlarning individual psixologik va psixofiziologik
farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini o‘rganuvchi psixologiya sohasi.
Hatto differensial psixofiziologiya termini mavjud bo‘lib, uni 1963 yilda
V.D.Nebilisin tomonidan fanga kiritilgan. Psixofiziologiyaning ikkita asosiy
tadqiqot yondashuvi mavjud: a) mustaqil amaliy tadqiqotlarda olingan fiziologik
26
va psixologik natijalarni o‘zaro solishtirish, qiyoslash; b) biron-bir faoliyatda
fiziologik funksiyalar o‘zgarishini o‘rganish.
Ijtimoiy (sotsial) psixologiya - odamlarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini,
bu guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy-
psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiqot
qiluvchi psixologiya sohasi. Qadimgi zamondan ijtimoiy-psixologik voqelik
falsafiy nuqtai nazardan o‘rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa
munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga asos bo‘lib
psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etnografiya, kriminologiya, falsafa kabi
fanlar xizmat qilib kelgan. XIX asrning ikkinchi yarmida sotsial psixologiyani fan
sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomonidan
sotsial psixologiya 1908 yildan e’tiboran alohida fan sifatida tan olingan. Bunga
asos bo‘lib bir vaqtning o‘zida angliyalik psixolog U.V.Makdugall va amerikalik
sotsiolog E.Rosslarning tadqiqot natijalari xizmat qildi. Chunki bu ishlarda «sotsial
psixologiya» termini qo‘llanilgan edi. Urushdan keyingi yillarda AQShda va
boshqa mamlakatlarda sotsial psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar
o‘tkazish jarayoni keng yoyildi. Ayniqsa, AQShda o‘tkazilgan Kotornning
tajribasi, E.Meyoning izlanishlari sotsial psixologiya tarixida asosiy rol o‘ynaydi.
Bu tadqiqotchilarning asosiy obyekti bo‘lib kichik guruhlar xizmat qilgan,
tajribalar laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan. Sotsial psixologiya fan sifatida
muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va guruhiy
o‘zaro ta’sir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi,
ommaviy holatlar va boshqalarni tekshiradi.
Sotsial psixologiya bir necha sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi: din
psixologiyasi, oila psixologiyasi, muomala psixologiyasi, kichik guruh
psixologiyasi, katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, insonni inson
tomonidan idrok qilish psixologiyasi, etnopsixologiya va boshqalar.
Din psixologiyasi - psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarning diniy ong
bilan shartlanganligini, dinning insonga ta’sirini o‘rganuvchi psixologiya sohasi.
Din psixologiyasi XIX asr-ning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lib,
27
insonni ibodat qilishdagi, diniy an’analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot
holatlarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Diniy psixologiyani
o‘rganish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda: a) umumiy nazariya: diniy
ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs shakllanishidagi ahamiyati; b)
din psixologiyasi differensiatsiyasi: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan shakllangan
ong va hissiyot tadqiqoti; v) diniy guruh psixologiyasi; g) diniy rasm-rusumlar
psixologiyasi; d) hurfikrlilik ta’limi psixologiyasi kabidir.
Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar,
holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir o‘tkazish jarayonlari kabi jabhalarni
tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi - oilaning psixologiyasini o‘rganuvchi fanlararo tadqiqot
qilishga yo‘nalgan psixologiya sohasi. Oila psixologiyasi oilaning psixologik
muammolarini o‘rganadi, u oilaga ta’sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar
taqsimlanishi, er-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlari,
jinsiy tafovutlarga asoslanib muloqotga kirishish kabilarni o‘rganadi. Oila
psixologiyasi tomonidan to‘plangan materiallar oila mustahkamligini saqlash
uchun maslahatlar berishda, sotsiologik va psixologik dasturlar tuzishda
qo‘llaniladi. Shuningdek, oila tiplari, tuzilishi, ierarxiyasi, ularga ta’sir qiluvchi
obyektiv va subyektiv omillar ham mazkur sohaning tadqiqot predmetiga kiradi.
Boshqaruv psixologiyasi - jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslar,
guruhlar va jamoalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat,
baholash, munosabat qonuniyatlarini, rahbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati
xususiyatlarini tadqiq qiladigan ijtimoiy psixologiyaning sohasi.
Parapsixologiya - hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi,
tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi. Ekstrasensorika - o‘ta
sezuvchanlik, telepatiya - fikrni masofaga uzatish, kelajakka bashorat qilish va
hokazo. Parapsixologiyaga nisbatan qiziqish qadimdan mavjud bo‘lib, unga
nisbatan ixlos to hozirgi kungacha kamaygani yo‘q, goho uni psixotronika deb ham
atashadi. Xiromantiya - qo‘l kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning
taqdiri haqida oldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha. Spritizm - o‘lgan
28
odamlar arvohlari, ruhlari bilan aloqa o‘rnatish mumkin, ular hamisha barhayot va
biz bilan muloqotga muhtoj degan g‘oyani ilgari suruvchi parapsixologiya sohasi.
Jahon psixologiyasi fanida xulq-atvor, muomala va faoliyat muvaffaqiyatini
ta’minlovchi omillarning eng muhimi tariqasida insonning emotsional hayoti
yotishi aksariyat nazariyotchi psixologlar tomonidan ta’kidlab o‘tiladi. Bu
talqinning haqqoniyligiga hech qanday e’tirozlar bo‘lishi mumkin emas. Chunki
mazkur omil eksperimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga
kelishidan e’tiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singari tadqiqot
predmeti mohiyatiga singib ketgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, inson
muomalasining, xulq-atvorining kechishi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermahsul
yakunlanishi ko‘p jihatdan shaxsning emotsional holatlariga «emotsional ton,
kayfiyat, stress, affekt va hokazo», izohlanishi murakkab bo‘lgan ruhiy
kechinmalarga, yuksak his-tuyg‘ularga bog‘liq.
O‘yin, mehnat, o‘qish, muomala va boshqa faoliyat turlarining muvaffaqiyatli
kechishi, shaxslararo munosabatlarda xulq-atvorning namoyon bo‘lishi ijobiy
psixologik holat sifatida baholansa, emotsiya va hissiyotning barqaror, maqsadga
yo‘nalgan tarzda hukm surishi ehtimoli e’tirof etiladi. His-tuyg‘ularning
mustahkamligi, barqarorligi, mukammalligi sifatlarining mavjudligi ularning
dinamik stereotiplar tipiga aylanganligidan dalolat beradi, faoliyat va xulqning
shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi shakllanganligini bildiradi.
Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyatning a’zolari bilan turli shakldagi, har xil
xususiyatli munosabatga kirishishi ular bilan muomala qilish maromlarini davriy
«muvaqqat tarzda» o‘zgarishini vujudga keltiradi. Ana shu o‘zgarish tufayli
muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va pessimizm,
romantika va realiya, simpatiya va antipatiya, progress va regress, jo‘shqinlik va
tushkunlik, faollik va sustlik kabi birinchisi ijobiy (pozitiv), ikkinchisi esa salbiy
(negativ) ruhiy hodisa kelib chiqadi. Faoliyat va xulqning amaliyotida bir tekis
kechishini ta’minlovchi emotsional holat barqarorligining buzilishi unga qiyos
qilingan muvaffaqiyatning birlamchi omili to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni
shubha ostida qoldiradi. Binobarin, jamiki narsaning boshlang‘ich asosi, manbai
29
emotsiya
degan g‘oyani,
uning qiymatini
umumiy
fonda birmuncha
qadrsizlantiradi, lekin ikkinchi, ustuvor va yetakchi, umumiy va xususiy obyektiv
va subyektiv, muhim va nomuhim mezonlar, alomatlar, o‘lchamlar yordami bilan
baholanishi ushbu psixologik masala mohiyatini oqilona talqin qilish zaruriyatini
vujudga keltiradi. Holbuki shunday ekan, ularning mohiyatini, keltirib chiqaruvchi
sabablarni, harakatlantiruvchi kuchlarini muayyan dalillarga asoslanib tahlil qilish
muammosi maydonga keladi. Inson faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga
asoslangan holda amalga oshishi ham obyektiv, ham subyektiv shart-sharoitlarga
bog‘liq.
Tabiiy omillarni keltirib chiqaruvchi obyektiv (tashqi) shart-sharoitlar, ya’ni
mikro va makro muhit, moddiy borliq, yordamchi vositalarning mavjudligi,
ularning yuksak talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi qo‘zg‘atuvchilarning
bezararligi, vaqt va fazoviy o‘lchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi kabilardan
tarkib topadi. Xulq va faoliyatning namoyon bo‘lishi uchun tabiiy shart-sharoitlar
tizimi yaxlit holda ishtirok etishi ularning muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar
majmuasi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Tabiiy shart-sharoitlardagi
to‘kislikdan tashqari ayrim yetishmovchiliklar va uzilishlarning sodir bo‘lishi
nuqsonlarni keltirib chiqaradi, buning oqibatida ruhiy kechinmalar faolligi,
ildamligi, maqsadga yo‘nalganligi buziladi.
Tabiiy shart-sharoitlar muhit ta’sirida inson ruhiy olamida bir qator keskin
ham sifat, ham miqdor o‘zgarishlari vujudga keladi, ular yangilanishlar, yangi
fazilatlar, xislatlar tug‘ilishida namoyon bo‘ladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki,
tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘lmish geografik muhit bu borada muhim rol
o‘ynaydi, ko‘pincha u, birinchidan, biologik shartlangan shaxs sifatlariga ta’sir
etib, fenotiplarni genotiplarga aylantiradi (hududiy muhit, relyef, stixiya kutilishi:
zilzila, qor ko‘chkisi, dovul, suv toshqini, oyoq yetmas qirli tog‘lar va hokazo).
Ikkinchidan, ontogenezda shaxs xarakterologik xususiyatlarining tabiiy ravishda
shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi, shuning bilan birga mikro muhit bilan genlar, irsiy
belgilar, alomatlar o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlab turuvchi mexanizm vazifasini
bajaradi.
30
Obyektiv (tabiiy) shart-sharoitlardan tashqari, inson omili bilan uzviy
bog‘liqligi subyektiv (shaxsga oid, uning qiyofasiga bog‘liq) shart-sharoitlar
muomalaning, faoliyatning, xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga
oshishini uzluksiz ravishda ta’minlab turadi. Subyektiv shart-sharoitlarning
qatoriga shaxsning barqarorligi, xarakterning mustahkamligi, ehtiyoj, motiv,
maslak, salohiyatining puxtaligi, o‘zini o‘zi boshqarish uslubining qat’iy ravishda
shakllanganligi, biologik shartlangan xislatlar esa o‘zaro uyg‘unlashganligi kabilar
kiradi.
Odatda, obyektiv (tabiiy) va subyektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlardagi
o‘zgarishlar tufayli ijobiy (pozitiv) yoki salbiy (negativ) xususiyatli psixologik
holatlar, hodisalar, xislatlar, kechinmalar ustuvorligi yuzaga kelib, moddiy asos
funksiyasini bajaruvchi oliy nerv faoliyatini, markaziy nerv sistemasining
ritmikasini, ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Buning oqibatida faoliyat, xulq va
muomalani amalga oshirishda odatiy sa’y-harakatlar, operatsiyalar, maromlar
buzila boshlaydi, favqulodda asabiylik, ruhiy nuqsoniylik, qonuniyatdan chetga
31
og‘ishlik, noxush kechinmalar hokimligi yetakchilik qiladi. Xuddi shu sababdan,
faoliyat, xulq va muomalaning muvaffaqiyati shubha ostida qolishi mumkin,
chunki mahsuldorlik, sobitqadamlilik, maqsadga yo‘nalganlik sifatlarining
dominantligi yo‘qoladi, natijada ushalmagan ezgu niyatlar armon tariqasida yuksak
his-tuyg‘ular sifatida davriy hukm surishda davom etaveradi.
Insoning tabiatga va jamiyatga nisbatan munosabati tasodiflarsiz,
favquloddagi vaziyatlarsiz amalga oshishi mumkin emas, chunki ehtimollar
darajasidagi kutilmaning yo‘qligi rejasiz vaziyatlarni shaxsining idrok maydonida
keltirib chiqaradi. Hayot va faoliyat strategiyasi va taktikasining ekstremal tarzida
o‘zgarishi individual va ijtimoiy xususiyatli vaziyatlarning paydo bo‘lishiga olib
keladi. Vaziyatlar stixiyali, xaotik (betartib, tasodif) xatti-harakatlarni vujudga
keltirib, tekis, odatiy, davriy, barqaror xususiyatlar ritmikasini izdan chiqaradi,
natijada insonda motivatsion, emotsional, kognitiv, regulyativ, xulqiy, irodaviy
tuzilish tarkiblarining funksiyasi buziladi. Shaxs tuzilishga favquloddagi
vaziyatlarning ichki larzasi faoliyat, xulq va muomalaning onglilik holatidan
ongsizlikka o‘tishini taqozo etadi.
Xo‘sh, nima uchun shaxs tasodiflarning oldini olishga tayyor emas yoki
ko‘pincha u bu borada kuchsizlik, ojizlik qiladi?
Ushbu muammo yechimini juda sodda tarzda hal qilish ham mumkin:
1) shaxs ongli zot, yaratuvchilik qudratiga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, u
tabiatning tarkibiy qismi, instinktlar, shartsiz reflekslar ta’siriga beriluvchandir; 2)
shaxsning tana a’zolari (organizmi) favquloddagi hodisalar va vaziyatlarga
moslashgan emas (stixiya, halokat, tasodif, stress, affekt, xavf-xatar-risk); 3) shaxs
komillik darajasiga erishmaganligi tufayli sababiy bog‘lanish oqibatlarini, fobiya
(qo‘rqish) bilan bog‘liq his-tuyg‘ularni oldindan sezish, payqash, ularga nisbatan
aks ta’sir berish imkoni yo‘q; 4) shaxsda ikkinchi qiyofaning shakllanmaganligi
(test, trening, trenirovka bilan qurollanmaganligi) uning xavf-xatar qurboniga
aylantirishi shubhasiz.
Jahon
psixologiyasi
fanining
ma’lumotlariga
qaraganda,
muvaffaqiyatsizlikdan hech kim himoyalangan emas, chunki ijtimoiy immunitet
32
juda kuchsiz aksil ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Ma’lumki, jismoniy, axloqiy
va aqliy barkamollik tub ma’nodagi komil inson to‘g‘risida mulohaza yuritishga
imkon beradi va tarkiblarning to‘la munosibligi, uyg‘unlashganligi, o‘zaro taqozo
etuvchanligi asosiy mezon vazifasini bajaradi, komillik darajasi subyektning
ma’naviy dunyosiga aylanmas ekan, u taqdirda hech kim tasodiflar, favquloddagi
vaziyatlar shaxs tomonidan odatiy hodisa sifatida osoyishta qabul qilinmaydi.
Muvaffaqiyat garovi (kafolati) funksiyasini bajaruvchi omillarning genezisi
to‘g‘risidagi fikr yuritilganda, eng avvalo, ularning birlamchiligi, asosiy manba
ekanligini nazarda tutish nazariy hamda metodologik muammolar yechimini
oqilona topishga puxta negiz hozirlaydi, boshlang‘ich harakat nuqtasini belgilab
berishga xizmat qiladi. Nazariy mulohazalarga binoan, faoliyat, xulq va
muomalaning bir tekis, samarali kechishi genetik nuqtai nazardan quyidagilarga
bog’liq:
Inson hayotini va faoliyatini o‘zgartiruvchi asosiy omillar mavjud bo‘lib, ular
muayyan darajada shaxsning ta’siriga beriluvchandirlar.
Umumiy psixologiyaning asosiy printsiplari, determinizm, ong va faoliyat
birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi.
1. Determinizm (lotincha belgilayman ma’nosini bildiradi) printsipi tabiat va
jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning obyektiv sabablar bilan
belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning obyektiv borliq va
nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i hisoblanadi.
Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va
turmush tarzi o‘zgarishiga mutanosib ravishda u ham o‘zgarishini anglatadi. Shuni
alohida ta’kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun
tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o‘lchanadi. Hayvonlardan farqli o‘laroq
insonda ong shakllanishining paydo bo‘lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi
moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish,
mahsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining
ijtimoiy borliqqa (makro, mikro) bog‘liqligi haqidagi ham tabiatshunoslik, ham
33
insonshunoslik umumiy printsipiga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining
olamshumul tantanasidir.
2. Ong bilan faoliyat birligi printsipini psixologiya fanida qabul qilinishi
shunday ma’noni anglatadi: a) ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik
emas; b) ong bilan faoliyat aynan biror-biriga o‘xshash ham emas; v) ong bilan
faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexanizmidir. Faoliyat o‘zining tuzilishi
bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblariga ega bo‘lsa-da, voqelik tashqi ifodasi bilan
ajralib turadi. Ong bo‘lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks
ettiradi. Real vaqtlarning o‘zgaruvchan (rivojlanishini anglatuvchi) modeli ongda
yuzaga keladi, odam atrof-muhit bilan munosabatga kirishganda undan mo‘ljal
oladi, natijada nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi
va o‘z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va uning
yechimi variantlar, invariantlar turtki vazifasini o‘ynaydi).
Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi printsipi,
birinchidan, xulq-atvor, faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat
beradi; ikkinchidan, harakat, sa’y-harakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishni
ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmni aniqlashga imkon beradi; ularning
birligi psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochishga muhim imkoniyat, puxta
shart-sharoit yaratadi.
Agarda psixika faoliyat samarasi va mahsuli sifatida talqin qilinsa, u taqdirda
psixika va ongning faoliyatda rivojlanish printsipi to‘g‘ri tushunilgan bo‘ladi.
Mazkur printsip rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn,
A.N.Leontev, B.M. Teplov, B.G.Ananev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z
ifodasini topgan.
3. Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik
taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq
ekanligini aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o‘zgartirish jarayonining
yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va
dasturiy bilimlarni egallashga mustahkam zamin hozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi
inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi.
34
Psixologlarning ushbu printsipga taalluqli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1)
L.S.Vigotskiy: ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, shu bilan birga bu
jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2)
P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik yoshida
o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L.Rubinshteyn: ong faoliyatda paydo
bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4) B.M.Teplov: qobiliyat faqat rivojlanishda
mavjud bo‘ladi; lekin rivojlanishi faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yuz
bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo‘la
olmaydi.
Ma’lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va
miyaning mahsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga
bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning
xususiyati va holatlarida, diqqati, his-tuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi
hamda ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan
kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob
reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan
muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi
va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv
bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati
mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi.
Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini, uning ham nazariy,
ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. «Odamning ongliligi uning turli-tuman
faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va
mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda
muhit, irsiy belgilar, ijtimoiy ta’sir asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-
siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtira boradi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy
muhitda uning his-tuyg‘ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari,
35
e’tiqodi, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilaklari,
xohishlari asta-sekin o‘zgarib boradi.
Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni
yanada chuqurroq, to‘laroq, aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u
borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab
munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur
jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga,
kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.
Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon
bo‘ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy
asosiga emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy
qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari,
ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.
Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi
obyektiv borliqqa va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. O‘yinni
kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining
barqarorlashuvi va boshqalar shaxsning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Rivojlanish inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro
bog‘liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs aql-zakovatining ko‘rsatkichi,
sifati, xususiyati uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy
faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta’sir natijasida unda aqlning ijodiy
mahsuldorligi, teranligi, tezligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta boradi.
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to`g`risida
xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo`lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o`rganishda
turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o`ziga xos
yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik,
psixogenetik, kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.
Quyida sanab o`tilgan nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari tomonidan
shaxsni rivojlantirishning printsiplari to`g`risidagi qarashlariga to`xtalib o`tamiz.
36
Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil
sifatida qabul qilingan bo`lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat
kasb etib, ular bilan o`zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga
binoan,
taraqqiyotning
bosh
maqsadi
-
biologik
determinantlariga
(aniqlovchilariga)
qaratiladi
va
ularning
mohiyatidan
sotsial-psixologik
xususiyatlar keltirilib chiqariladi.
Taraqqiyot jarayonining o`zi, dastavval biologik yetilishning universal
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik
qonuniyat organning taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o`ynagan. Biroq
individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo`pol xatolarga
yo`l qo`ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko`ra, shaxs psixologiyasining
individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining
(filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g`oya yotadi.
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug`ilgan bola) hali u
odam emas, balki faqat sut emizuvchi hayvondir, u olti oylikdan oshgach, psixik
taraqqiyoti jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida esa
oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda holatidagi odamlar
darajasiga yetadi, maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi,
kichik maktab yoshida o`rta asr kishilar ongiga va nihoyat yetukli davrdagina (16-
18 yoshlarda) u hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo`lmish amerikalik
psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb «rekapitulyatsiya
qonuni»ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi. Uning fikricha,
ontogenezdagi
individual
taraqqiyot
filogenezning
muhim
bosqichlarini
takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go`daklik hayvonlarga xos taraqqiyot
pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning
asosiy mashg`uloti bo`lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12
yosh oralig`ida o`sish davri o`smiroldi yoshidan iborat bo`lib, yovvoyilikning oxiri
37
va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot cho`qqisiga hamohangdir. O`spirinlik
esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib, to yetuklik davri kirib kelgunga qadar (22-
25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S.Xollning talqiniga
qaraganda, bu davrlar «bo`ron va tazyiqlar», ichki va tashqi nizolar (konflikt)dan
iborat bo`lib, ularning kechishi davomida odamda «individuallik tuyg`u»si vujudga
keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi o`z davrida bir talay tanqidiy
mulohazalar manbai vazifasini o`tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari
filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik
konsepsiyaning
boshqa
bir
turi
nemis
«konstitutsion
psixologiyasi» (insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari
tomonidan ishlab chiqilgan. Y.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi
negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va
boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o`sishining xususiyati o`rtasida
uzviy bog`liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. Ye.Krechmer odamlarni ikkita katta
guruhga ajratadi va uning bir boshqa sikloid toifasiga xos (tez qo`zg`aluvchi, his-
tuyg`usi o`ta barqaror), ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi,
munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg`usi cheklangan) xos odamlar turishini
aytadi. Bu taxminini u shaxs rivojlanishi davriga ko`chirishga harakat qiladi,
natijada o`smirlarda sikloid xususiyatlari (o`ta qo`zg`aluvchanlik, tajovuzkorlik,
affektiv tabiatlilik), ilk o`spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo`ladi, deya
xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va
hal qiluvchi rol o`ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik
xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va
S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga chamalab ish ko`radilar, bu jarayonda
muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o`zaro o`rin almashinib turadi,
degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko`rinishi Zigmund Freydning
shaxs talqinida o`z ifodasini topgan. Uning ta`limotiga binoan, shaxsning barcha
xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan,
38
ayniqsa, birinchi navbatda, u jinsiy (seksual) mayliga (libidoga) bog`liqdir. Bunga
o`xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki
betakror turtki rolini bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko`rinishi - bu aksil qutbga
joylashgan sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashishga binoan,
shaxsda ro`y beradigan o`zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish
(sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o`zaro munosabati
vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko`ra,
inson biologik tur sifatida tug`ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita
ta`siri ostida shaxsga aylanadi.
G`arbiy Yevropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri - bu rollar
nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o`zining har bir
a`zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror
usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo`lgan
maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatida, o`zgalar bilan munosabat,
muloqot o`rnatishida sezilarli iz qoldiradi.
AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana bittasi - bu individual tajriba va
bilimlarni egallash (mustaqil o`zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga
binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko`pincha
ko`nikmalarni egallash va bilimlarni o`zlashtirishning samarasi qo`zg`atuvchini
uzluksiz ravishda mustahkamlanib borishning mahsulidir. (E.Torndayk, B.Skinner
va hokazo).
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan «fazoviy zarurat maydoni» nazariyasi
psixologiya fani uchun (o`z davrida) muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning
nazariyasiga ko`ra individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini
o`tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat)lar bilan boshqarilib turiladi va ular
fazoviy zarurat maydonining ko`lami va tayanch nuqtasiga yo`naltirilgan bo`ladi.
Yuqorida tahlil qilingan (sharhlangan) har bir nazariya shaxsning ijtimoiy
xulqi (xatti-harakati)ni o`zgalar uchun yopiq muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan
39
holda tushuntiradi, bu o`rinda odam xohlaydimi yoki yo`qmi bundan qat`iy nazar
mazkur sharoitga moslashmog`i (ko`nikmog`i) zarur, degan aqidaga amal qilinadi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy vaziyatlari
va obyektiv shart-sharoitlari mutlaqo e`tiborga olinmaganga o`xshaydi.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo`lib, u biogenetik,
sotsiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar
taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Ushbu
yondashishning uchta mustaqil yo`nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki
ularning har biri o`z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o`zaro
tafovutlanadi.
Dostları ilə paylaş: |