1.3.Psixikaning namoyon bo‘lishi.
Boshqa fanlarni o`rganish kabi, psixologiyaning o`rganishni ham, avvalo,
bilish, ma`lumot olish uchun ahamiyati bor. Biz psixologiyani o`rganib,
voqe`likning g`oyat katta va sifat jihatdan o`ziga xos sohasi - psixik hayot sohasi
haqida bilim olamiz. Psixika qanday kelib chiqqan, hayvonot dunyosida psixik
hayot formalari qanday taraqqiy etgan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan,
har bir odam tug`ilish paytidan tortib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab
taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday
shakllanadi - psixologning ilmiy tadqiqotlari ana shu savollarimizga javob beradi.
Odam tevarak-atrofdagi dunyoni qanday idrok etadi, u qanday esida qoldiradi,
qanday esga tushiradi va fikr yuritadi, u qanday hislarni ko`nglidan kechiradi,
odam tevarak-atrofdagi dunyoni o`z ehtiyojlariga moslashtirib, yangi moddiy va
ma`naviy boyliklarni vujudga keltirib, qanday ish ko`radi - psixologiyani o`rganish
bilan ana shu masalalarni bilib olamiz.
Psixologiyani o`rganish odamni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-
xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga odam
aqlini ham o`stirishga yordam beradi. Odam aqlini o`stirish, jumladan, yangi
bilimlar va ko`nikmalarni tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni
to`g`ri hal qilish qobiliyatini takomillashtirishda, o`z fikrlarini nutqda to`g`ri
ifodalay bilish va boshqalarning nutqini to`g`ri tushuna bilishda ham o`z ifodasini
topadi. Albatta, har bir fan bilan shug`ullanish odamni kamolga yetkazadi. Ammo
psixologiya bu sohada alohida o`rin tutadi. Odam psixologiyani o`rganar ekan,
avvalo o`z aql-idrokini, uning jarayonlarini bilib oladi, unga diqqat-e`tibor beradi,
aqlning faoliyatini kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan o`z aql-
idrokining ko`proq o`sishiga yordam beradi.
Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlarni egallash shaxs
dunyoqarashini shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Tushunish kishilar
ongidagi eskilik sarqitlariga qarshi kurashda, jumladan, har xil diniy taassub va
xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo`lib xizmat qiladi. Odam
psixologiyani o`rganar ekan, o`zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini
9
bila oladigan bo`lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o`zini yaxshiroq
tushunishga imkon beradi.
Psixologiyaning bilish, ma`lumot olish uchun ahamiyati shulardan iboratdir.
Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy
faoliyatining har xil turlarida - ta`lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, meditsina,
sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san`at va boshqa sohalarda ham katta
ahamiyatga egadir. Pedagogika ishida, ya`ni yosh avlodni o`qitish va tarbiyalashda
psixologiyaning ahamiyati ayniqsa katta.
Pedagog o`quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan shu materialni
bolalar qanday o`zlashtirayotganini – ko`ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab
qolayotganini, fikrlayotganini, ularda diqqat – e`tibor, hissiyot qanday namoyon
bo`layotganini, bolalarning yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro`y
berayotganini bilish lozim.
O`quvchini bilib olish – shu o`quvchining darslarni o`zlashtirish darajasini
bilish demakdir, shuningdek, o`quvchining psixik xususiyatlarini bilish demakdir,
uning qobiliyat va havaslari qanaqa ekanligini, uning diqqat – e`tibori, hislari,
irodasi, xotirasi, tafakkuri qanday zohir bo`lishini bilish demakdir.
Ta`lim – tarbiya ishida pedagog bolalarni bilimdan bahramand qilish, ularga
ko`nikma va malaka berish bilangina kifoyalanib qolmay, shuningdek, o`quvchilar
shaxsining hamma tomonlarini, dunyoqarashi, xarakteri, irodasi, qobiliyati va
havaslarini takomillashtirishi lozim. Buning uchun esa psixikaning ayrim
tomonlari qanday sharoitda va qaysi pedagogik usullar yordami bilan
o`zlashtirishini va takomillashuvini bilmoq kerak.
Psixologiyaning san`atdagi ahamiyatini ham ko`rsatib o`tmoq kerak. Har bir
san`atkor (artist, muzikant, rassom va shunga o`xshashlar) kishilarga –
tomoshabinlarga, tinglovchilarga o`z ijodi bilan ta`sir ko`rsatishni maqsad qilib
qo`yadi. Buning uchun esa odamning qanday idrok qilishini, qanday fikrlashini va
qanday his qilishini bilmoq kerak. San`at arbobi obraz yaratish ustida ishlaydi, shu
obrazning biror badiiy vosita bilan gavdalantiradi. Buning uchun san`atkor obrazni
10
qanday elementlardan qay tariqa yaratilishini bilishi kerak. U ijodiy faoliyat
psixologiyasini bilishi shart.
Psixologiyani bilish kundalik turmush uchun ham foydali. Har kim doimo
boshqa kishilar o`rtasida bo`ladi, muayyan munosabatlar – tanish-bilishlik, oshna-
do`stlik va boshqa shu kabilar tufayli boshqa kishilar bilan aloqa qiladi. Har
birimizga boshqa kishilarning xarakter, havas, kayfiyatlarini bilib olishga,
kishilarning bir-birini ajratishga va ularga ta`sir ko`rsatishga to`g`ri keladi.
Bu yerda shuni aytish kerakki, odamzod faoliyatining turli sohalarida
psixologik bilimlarning amalda qo`llanish psixik hayot hodisalari, uni
Dostları ilə paylaş: |