O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Psixologiya fanining predmeti va asosiy vazifalari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
1.2. Psixologiya fanining predmeti va asosiy vazifalari. 
Psixologik bilimlar taraqqiyotining butun tarixida psixologiya predmetining 
uchta ta`rifi mavjud; ruh (jon) haqidagi fan, ong haqidagi fan va xulq haqidagi fan. 
Psixologiyani ruh haqidagi fan sifatida talqin qilish, ruhni izohiy printsip deb uning 



faoliyat doirasini nihoyatda cheklab qo`ygan. Ongni psixologiyaning predmeti 
sifatida talqin qilish va psixikaning ongli qismini tadqiqot obyektiga aylantirib, bir 
vaqtning o`zida ong, ong ham predmet, ham izohiy printsip bo`lib xizmat qilgan. 
Psixologiya predmeti sifatida xulqning tanlanishi ong psixologiyasi subyekt 
tizimini yengib, psixologiyani obyektiv tadqiqot yo`liga olib chiqdi. Lekin ayni 
paytda psixologiya psixika va ongni o`z tadqiqot predmeti sifatida yo`qotdi. 
Keyingi taraqqiyot ong va xulq (faoliyat) birligi printsipi asosida ong va 
faoliyatning tarixiy buzilgan aloqasi tiklanmoqda. Har qanday boshqa fanda 
bo`lganidek, psixologiya ham murakkab, qarama-qarshiliklarga to`la, ba`zan 
turg`unlik, ba`zan voz kechilgan fikrlarga qaytish kabi bosqichlarni bosib o`tgan. 
Psixologiyani rivojlantirishda olimlar bir xususiyatni aniqladilar, shuning 
uchun uning faktini va xarakteristikasini tasvirlash bilan birga sistemalar 
to`g`risidagi tushunchani kiritish kerak deb hisoblashdi. Psixologik sistemalar 
«supernazariya» (supernazariya) deb nomlanadi. Ularni paydo bo`lishini bir qator 
mualliflar psixologiyani teoritik yetilmaganligi bilan bog`laydilar. 1933yilda 
amerikalik psixolog Yedna Xaydbreder «Fan spekulyatsiyadan o`zini tiyadi, fakt 
bilan tasdiqlanmagani kerak emas. Ammo psixologiya faniga yagona mustahkam 
sistemani yaratish uchun umuman faktlar yetarli emas» - deb yozadi. 40 yildan 
keyin bu fikrni yana eslab amerikalik psixologlar Melvin Marks va Vilyam Xilks u 
hali kuchdaligini tasdiqlashadi. Bu mualliflar fikricha, sistema funksiyasi 
«direktivdir». Bu sistema psixologga qaysi obyektlar bilan va qaysi metod bilan 
ishlash kerakligini ko`rsatadi. O`z-o`zicha sistemalarni xarakteristikasini 
«supernazariya» sifatida tasvirlab beradi xolos, uni kelib chiqishini, rolini 
ochmaydi. Qarama-qarshilik holatida sistemalarning har biri o`z fanini tasdiqlar
o`z ishlash usuliga ega edi. Shunday qilib, o`rganilayotgan qismlarning birligi yo`q 
bo`lar edi. Psixologiyani birlik sonida gapirish mumkin emas. Marienson 
tomonidan bosilgan kitoblar «1930 yil psixologiyalari», «1925 yil psixologiyalari» 
deb ataladi. O`sha davrda psixologlar ko`p edi va ularni soni ham ko`payayotgan 
edi. 




Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin