5
turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir
bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Obrazli
qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi,
odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning
tomoshabini hisoblanadi.
Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishi, jumladan, psixik jarayonlar,
anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha psyche — «jon»,
somoto - «tana» ma’nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo‘lining
mo’jizakorligi moddiy va ma’naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday
faktlarda
(voqelikda),
hodisalarda
psixika
namoyon
bo‘ladi, o‘zining
xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o‘rganish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda subyektning ichki kechinmalarining tarkibiy
qismlari bilan bir qatorda ularning obyektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati,
jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar)
orqali psixikaning
xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o‘rganish tushuniladi. Boshqacha so‘z bilan
aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog‘liq bo‘lmagan holda hukm suruvchi
obyektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisalar, muhit, sharoit va
boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik deb ataladi.
Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor bilimlar
sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlarga
6
xos bo`lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to`planib
borishi tarixidir. Insonning o`zi haqidagi bilimlarni to`plab hamda chuqurlashtirib
borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik
hayotini o`rganishga bo`lgan intilish kishilar hayotini har
xil tarixiy bosqichlarda
ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan taqozo qilinganligini, ba`zi
qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Psixologiya tarixi tarixiy
hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati
bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki
yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya
qay tarzda taraqqiy etib, butun bir
psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko`tarilganligi haqida ham ma`lumot
beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini
beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko`maklashadigan foydali ilmiy tekshirish
metodlarini izlanish va yaratishda katta o`rin tutadi.
Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va materializm o`rtasida
kurash kechgan. Bu kurash psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi
psixik va fiziologik hodisalarni o`zaro munosabatlarini tushunishda hamda
psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Albatta
psixologiya tarixida
turlicha qarashlar va yo`nalishlar bo`lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya`ni
inson va hayvonga xos bo`lgan psixika, psixik hayot bir xilligicha qolaveradi.
Psixologiyaga oid bilimlarni rivojlanishini har xil davrlashtirish mumkin.
Davrlashtirish ishiga xronologik jihatdan yondashilsa XVII asr psixologiyasiga,
hududiy territorial jihatdan yondashilsa Meksika psixologiyasining tarixi, Amerika
psixologiyasining tarixi kabilarga ajratish mumkin. Demak, har qanday
davrlashtirish nisbiydir. Shuni hisobga olib quyidagi davrlashtirish sxemasini ham
navbatdagi variantlardan biri deb hisoblash kerak.
Dostları ilə paylaş: