O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


-MAVZU. UMUMIY PSIXOLOGIYA FANI PREDMETI VA



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

1-MAVZU. UMUMIY PSIXOLOGIYA FANI PREDMETI VA 
VAZIFALARI 
 
Tayanch tushunchalar:
materializm, idealizm, tendensiya, internalistik, 
eksternalistik 
ijtimoiy 
faktor, 
bixeviorizm, 
neobixeviorizm, 
neofreydizm, 
psixosomatik. 
1.1.Psixologiya fani haqida tushunchalar 
«Psixologiya» (yunoncha) so‘z bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» 
degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o‘rniga 
«psixika»ni qo‘llashda davom etmoqda. Psixologiyada «jon», «psixika» 
tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi 
kunda «jon»dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham 
ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari 
faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lsa, bilish 
jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada 
mujassamlashgani uchun ular ko‘zga ko‘rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi 
davrdagi taraqqiyoti ular o‘rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi. 
Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixik 
hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodisalar deganda ichki, 
subyektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, 
boshqacha so‘z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, 
xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, subyektiv 
tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, 
uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, 
xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki 
dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya’ni bularning hammasi subyektiv psixik hodisalar 
sanaladi. 
Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati - ularning bevosita subyektga 
taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa
albatta ana shu hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib turadi. Inson intilsa, 
ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab 



turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir 
bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Obrazli 
qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, 
odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning 
tomoshabini hisoblanadi. 
Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, 
anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha psyche — «jon», 
somoto - «tana» ma’nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo‘lining 
mo’jizakorligi moddiy va ma’naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday 
faktlarda 
(voqelikda), 
hodisalarda 
psixika 
namoyon 
bo‘ladi, o‘zining 
xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o‘rganish mumkin. 
Psixologik voqelik-fakt deganda subyektning ichki kechinmalarining tarkibiy 
qismlari bilan bir qatorda ularning obyektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, 
jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning 
xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o‘rganish tushuniladi. Boshqacha so‘z bilan 
aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog‘liq bo‘lmagan holda hukm suruvchi 
obyektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisalar, muhit, sharoit va 
boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik deb ataladi. 
 
Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor bilimlar 
sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlarga 



xos bo`lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to`planib 
borishi tarixidir. Insonning o`zi haqidagi bilimlarni to`plab hamda chuqurlashtirib 
borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik 
hayotini o`rganishga bo`lgan intilish kishilar hayotini har xil tarixiy bosqichlarda 
ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan taqozo qilinganligini, ba`zi 
qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Psixologiya tarixi tarixiy 
hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati 
bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki 
yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir 
psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko`tarilganligi haqida ham ma`lumot 
beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini 
beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko`maklashadigan foydali ilmiy tekshirish 
metodlarini izlanish va yaratishda katta o`rin tutadi. 
Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va materializm o`rtasida 
kurash kechgan. Bu kurash psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi 
psixik va fiziologik hodisalarni o`zaro munosabatlarini tushunishda hamda 
psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Albatta psixologiya tarixida 
turlicha qarashlar va yo`nalishlar bo`lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya`ni 
inson va hayvonga xos bo`lgan psixika, psixik hayot bir xilligicha qolaveradi. 
Psixologiyaga oid bilimlarni rivojlanishini har xil davrlashtirish mumkin. 
Davrlashtirish ishiga xronologik jihatdan yondashilsa XVII asr psixologiyasiga, 
hududiy territorial jihatdan yondashilsa Meksika psixologiyasining tarixi, Amerika 
psixologiyasining tarixi kabilarga ajratish mumkin. Demak, har qanday 
davrlashtirish nisbiydir. Shuni hisobga olib quyidagi davrlashtirish sxemasini ham 
navbatdagi variantlardan biri deb hisoblash kerak. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin