O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi. Proyektiv



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

2.5.Test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi. Proyektiv 
metodlar 
Test metodi. Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. 
Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik 
xususiyatlarini tekshirishda qo‘llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, 
jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash 
mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar va aqli zaiflarni 
aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo‘llanadi. Test metodining qimmati 
tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, 
yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning obyektivligi va ularni ilmiy tahlil qila 
bilishga bog‘liqdir. 1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi 
T.Simon insonning aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi 
g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi. 
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi 
deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni 
hisoblanmaydi. Malumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik 
vositalar bilai amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot obyektlarini 
o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni 
aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning 


54 
emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga 
olmaydilar. Psixologlar K.M.Gurevich, V.A.Kruteskiy va boshqalar qo‘llaydigan 
testlar tubdan boshqacha printsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur 
ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga 
erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, 
qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda 
testlardan foydalanmoqdalar. 
Hozirgi 
davrda 
nodir 
testlar 
qatoriga 
psixologlardan 
G.Rorshax, 
S.Rozensveyg, R.Kettel, D.Veksler, G.Meyli, G.Ayzenk, A.Anastazi, Dj.Raven, 
G.Myurrey, R.Amtxaer, M.Rokich, Dj.Rotter, M.Lyusher, Dj.Gilford va boshqalar 
ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga 
yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim, 
malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish 
darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, 
qiziqishi, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullardan 
iboratdir), shaxs “loyihasi” (proyektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish 
talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab 
chiqiladi) kiradi. 
Testlar quyidagi guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq:
1.
natijaga erishuv testlari (bilimlar, ko‘nikma va malakalar aniqlanadi; ular 
harakat, yozma va og‘zaki testlarga bo‘linadi); 
2.
intellekt testlari; 
3.
kreativlik (ijodiyot) testlari; 
4.
kriterial­oriyentir testlari (mezoniy mo‘ljalga yo‘naltirilgan); 
5.
shaxs testlari; 
6.
iste’dod (qobiliyat) testlari; 
7.
proyektiv testlar (syujetli testlar, rasm testlari, chizilgan va chizish talab 
qilinadigan testlar); 
8.
kognitiv testlar. 


55 
Psixologiya 
fanida 
testlashtirish 
mana 
bu 
ijtimoiy 
tuzilmalarga 
yo‘naltiriladi: a) uzluksiz ta’lim tizimiga; b) kasbiy tayyorlash va saralashga; v) 
keng ko‘lamli psixologik maslahatga.
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning 
hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar muhim 
ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, 
o‘zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. Shu 
bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: 
esdaliklar, xatlar, rasmlar, tasniflar, baholar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, 
hujjatli filmlar, mobil telefon tasvirlari va hokazolar o‘rganilayotgan shaxsni 
to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. 
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatishda, 
uning suhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishda 
yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog‘liq 
jarayonlar; she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik 
turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o‘ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, 
qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o‘rganish mumkin. Inson 
ongining xossasi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos va ijtimoiy 
xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o‘z ifodasini topadi. 
Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining 
ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o‘tadi. 
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, 
idora etishi, o‘zining uslubini yaratishi, kamolot cho‘qqisiga erishishi jarayonida 
namuna vazifasini o‘taydi. 
Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, L.N.Tolstoy, 
A.M.Gorkiy, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning 
esdaliklari tarjimai hol shaklida bo‘lib, ular bilan tanishish natijasida 
mualliflarning his-tuyg‘usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi, 
intilishi, mayli, layoqati, dunyoqarashi, e’tiqodi, nafosati, axloq va odobi 
to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin. 


56 
Anketa metodi. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik 
xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari o‘rganiladi. 
Anketa odatda uch shaklda tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan 
motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchisida esa har bir 
savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi turdagi anketada 
sinaluvchiga yozilgan to‘g‘ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. 
Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari 
va qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini 
aniqlash maqsadida foydalaniladi. 
Tarqatilgan anketalar yig‘ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida 
hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so‘ngra tadqiqotga yakun yasalib, 
ilmiy va amaliy yo‘sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini 
o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan 
ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Bu kamchilikka yo‘l 
qo‘ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta 
ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 
Sotsiometrik metod.
 
Bu metod kichik guruh a’zolari o‘rtasidagi bevosita 
emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda qo‘llanadi. 
Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida 
muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniqlash uchun uning 
qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar 
matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor 
ko‘rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida 
tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini 
aks ettiradi, xolos. Shuning uchun hozir Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov 
tomonidan sotsiometriyaning yosh davri psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan 
turlari ishlab chiqilgan. Bular shaxslarning bir-birini tanlashi motivlarini keng 
ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sotsiometriyaning Ya.L.Kolominskiy ishlab 
chiqqan o‘zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida 
to‘laroq axborot beradi. 


57 
Odatda o‘quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: 
“Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?” “Sessiyaga kim bilan birga 
tayyorlanishni istaysan?”, “Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yoqtirasan?” Har 
bir savol sotsiometrik mezon (o‘lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan 
olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini “eng ma’qul” deb 
tanlashi lozim. Unga, “avval, hammadan ko‘ra ko‘proq kim bilan birga bo‘lishni 
xohlasang, o‘shaning familiyasini yoz”, “agar sen istagan shaxs to‘g‘ri kelmasa, 
yana kim bilan birga bo‘lishni istasang, shuning familiyasini yoz”, “aytilgan 
shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz” deb uqtirish lozim. 
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta “maydon”ga 
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. 
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘g‘ri keladi. Guruh 
a’zolarining o‘zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan 
bog‘langanida o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatga ega bo‘lgan sinaluvchi 
doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. 
Shaxslar bilan aloqa o‘rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. 
Oraliqdagi “maydon”larga o‘rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar 
joylashtiriladi. Tekshirishda, birinchidan, shaxslararo munosabatning darajasi va 
ko‘lami aniqlanadi, ikkinchidan, qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi 
ko‘rsatkichlar taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar yoki 
qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi munosabatlar va ularning o‘ziga xosligi, 
psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy 
ahamiyatga molik g‘oyalar olg‘a suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, tavsiyalar 
bildiriladi. 
Sotsiometrik metodi sharoitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlardagi 
shaxslararo munosabatni o‘lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga 
bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali guruh 
a’zolarini o‘zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalari, maktab sinflari, o‘quvchilar munosabatlari, dam olish manzillari, 
oliy maktablar, mehnat jamoalari va turli muassasalarning xodimlari o‘rtasidagi 


58 
munosabatlarning xususiyatlari, dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sababi shu 
metod yordamida o‘rganiladi. Turli ehtiyoj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va 
hokazolar 
muayyan 
tartib 
hamda 
qoidaga 
binoan 
muvofiqlashtiriladi, 
tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy-psixologik hamda umumpsixologik ildizlari 
to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi. Shu bilan birga guruhlardagi shaxslarning yaqqol, 
aniq nuqtai nazari, guruhbozlik, og‘machilik, qarama-qarshilik, his-tuyg‘uning 
zo‘riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning motivlari, qurilishi, jinslar 
o‘rtasidagi

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin