O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Kuzatish metodi va uning turlari. Eksperiment metodi



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
2.3. Kuzatish metodi va uning turlari. Eksperiment metodi. 
Kuzatish metodi. Umumiy psixologiyada bu metodning obyektiv (tashqi) va 
subyektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni har 
xil vaziyatlarda kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning 
maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan obyekt tanlanadi; 3) sinaluvchining 
yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 4) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) 
kuzatish qancha vaqt davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi 
faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) 
kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazilishi) tayinlanadi; 8) 
kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish 


47 
varaqasi, magnitofon, videomagnitofon, kinokamera, mobil telefon va boshqalar) 
taxt qilinadi. 
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv 
sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, 
sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o‘rganiladi. Ammo o‘ta 
murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy 
xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi. Masalan, 
go‘dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-
tuyg‘usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O‘quvchining darsdagi holatini 
kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sirlanishi, 
temperamenti, xatti-harakatining sur’ati, emotsional kechinmasining o‘zgarishi 
to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga imkoniyati tug‘iladi. O‘spirin yoshlarning sport 
faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish 
xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘zining harakatini idora qila olishi yuzasidan 
materiallar yig‘ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish 
natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishi, imo-
ishoralari, tashqi qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanish darajasi haqida keng ma’lumotlar 
yig‘iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq 
faoliyati, his-tuyg‘usi, ekstrovertivligi yoki introvertivligi, qiziquvchanligi va 
ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir. 
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish: ish 
ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan obyektga yo‘naltirilganini, tashqi 
qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko‘zdagi 
g‘ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni 
kuzatib tafakkurning kechishidagi o‘zgarishni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, 
qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi 
ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot beradi. 
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham 
foydalaniladi. Ko‘pincha tajribali psixolog yoki o‘rta, maxsus o‘rta va oliy ta’lim 
tizimidagi yuqori malakali mohir o‘qituvchi o‘zini o‘zi kuzatish orqali ilmiy xulosa 


48 
chiqara biladi. Masalan, o‘z tafakkurini kuzatib o‘zidagi emotsional o‘zgarish 
haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi, kechishi 
haqida ma’lumot oladi. Fikrlash faoliyati zaiflashganini sezadi. Natijada 
tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda 
ro‘y berishini kuzatadi. 
Uzoq va yaqin chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishning inson 
ruhiyatini o‘rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to‘plangan. 
Introspeksiya yo‘nalishining yirik namoyandalari o‘zlarini o‘zlari kuzatganlar va 
to‘plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga 
harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o‘zini bir xil boshqara olmaydi va 
shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchali katta emas, lekin hozirgi 
zamon elektron apparatlari bu jarayonni kuchaytirish imkoniyatiga ega. 
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif 
tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa 
metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin