variantlari
Kuzatish metodi
Tashqi (obyektiv kuzatish)
Ichki (o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatish
Standartlashtirilgan kuzatish
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish
So’rov metodlari
Og’zaki so’rov
Yozma so’rov
Erkin so’rov (suhbat)
Standartlashtirilgan so’rov
Testlar metodi
Test-so’rov
Test-topshiriq
Proyektiv test
Intellekt testlari
41
Klinik test
Sotsiometrik test
Eksperiment
Tabiiy eksperiment
Laboratoriya eksperimenti
Shakllantiruvchi
eksperimenti
Modellashtirish
Matematik modellashtirish
Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish
Kibernetik modellashtirish
Faoliyat natijalarini o’rganish
Grafologiya
Rasmlarni o’rganish
2.2.B.G.Ananevning tadqiqot metodlari kllasifikatsiyasi
B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratib, ularni
tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik natijalarni
sharhlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o‘zining maqsad va vazifasi
bo‘yicha yana bir nechta toifa hamda turlarga bo‘linadi. Quyida mazkur
metodlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifi berildi.
Tadqiqot metodlarining birinchisi, ya’ni tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash,
longityud (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi.
Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya (katta yoki kichik
guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash), tibbiyot
psixologiyasi (sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash),
sport psixologiyasi (sportchilarning holati, uquvliligi va ishchanligini o‘zaro
taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
Ontogenez psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning
bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirishi, aqliy qobiliyati,
salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘ziga xosligi kabilarni
o‘rganishda qo‘llanadi. Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov,
B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan
tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o‘smirlik,
o‘spirinlik yosh davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga
oshirilgan. Keyingi yillarda xalq ta’limi tizimi va ishlab chiqarishda «inson omili»
42
muammosining ko‘tarilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik imkoniyati, psixologik
moslik masalalarining alohida ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng
qo‘llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, tajribada olingan ma’lumotlarning
ishonchliligini
oshirishda
ham
qiyoslash
metodi
qo‘llanadi. Ayniqsa,
sinaluvchilardagi o‘zgarishlarni ajratib olib qarash, tadqiqotning bosqichlarini
alohida-alohida tahlil qilish, masalan, tajribaning birinchi bosqichi turli yoshdagi
va jinsdagi odamlarga qanday ta’sir etganini aniqlash va hokazolar bu metodga
diqqat-e’tibor ortib borayotganidan dalolatdir.
Umumiy psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (uzluksiz)
metodi ham qo‘llanadi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta
sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, o‘n yillab tekshirilishidir. Longityud metodidan
psixologlardan
nemis
V.Shtern,
fransuz
R.Zazzo,
rus
psixologlari
N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Muxina va boshqalar ko‘p
yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki aralash
jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatilgan. Shuning uchun qator
tadqiqotlarning “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi
bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik guruhni) kuzatish unda paydo
bo‘layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni
(xatti-harakat) va ularning oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik
munosabatlari, ichki bog‘lanish qonuniyati, mexanizmi to‘g‘risida mukammal,
ishonchli, barqaror ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi.
Longityud metodi yordamida subyektiv omillarning o‘ziga xosligini, obyektiv
shart-sharoitlar va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri o‘rganiladi. Chunonchi,
egizaklarning o‘xshashligi va tafovuti, ta’sirlanishi, his-tuyg‘usining o‘zgarishi,
kishilar o‘rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati
tizimi va hokazolar) bo‘yicha ma’lumotlar olish longityud metodi bilan amalga
oshadi.
Hozirgi davrda fan va texnika taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning
ilmiyligini yanada oshirish uchun (subyektiv omillarning ta’sirini kamaytirish
43
maqsadida) yaxlit dastur asosida boshqa fanlar (tibbiyot, fizika, fiziologiya,
biologiya, sotsiologiya, kibernetika, statistika, falsafa, mantiq va hokazolar) bilan
birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etmoqda. Amaliy yo‘sindagi
ilmiy-tadqiqot ana shu ko‘p qirrali (kompleks) yondashishni talab qiladi.
Psixologiya sohalarida (psixofiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi,
muhandislik yoki aviatsiya psixologiyasida tadqiqot obyektiga tizimli yondashish
tamoyili amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida o‘rganilayotgan
obyektdagi o‘zgarishlar turli nuqtai nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil
yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o‘zlashtirish xususiyati psixologik
jihatdan tekshirilayotgan bo‘lsa, kompleks yondashish ta’sirida ana shu
o‘zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari
yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o‘rganish uning psixologik,
fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari ilmiy
ahamiyatga molik bo‘lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam
beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat
bo‘lib, bu guruhga kuzatish (o‘zini o‘zi kuzatish), eksperiment (tabiiy,
laboratoriya), test, anketa, so‘rov, sotsiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni
va uning mahsulini tahlil qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, hujjat, turmush
faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz
(aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda
tug‘ilganidan umrining oxirigacha sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni
chuqurroq va obyektivroq tadqiq etish uchun empirik metodlardan navbati bilan
foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlashga
mo‘ljallangan bo‘lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga
bo‘linadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ko‘pincha quyidagi statistik
metodlardan foydalaniladi.
44
To‘plangan miqdorlarni ishlab chiqishda mana bu formulalarni qo‘llash
mumkin:
1
)
M ═ υ ∕ n formulasi o‘rtacha arifmetik qiymatni topish uchun ishlatiladi.
M—yig‘indi, υ — variation miqdor, n — sinaluvchilar yoki obyektlarning
sanog‘ini bildiradi.
2)
Dostları ilə paylaş: |