O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

RIVOJLANISH 
SHAROITLARI 
Hayvonlarning 
rivojlanishi 
biologik 
qonuniyatlarga 
asosida boradi. Odamning rivojlanishi, uning ongining 
taraqqiyotida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlari ustunlik 
qiladi. 


62 
Mehnat jarayoni va ijtimoiy munosabatlarning tarkib topish jarayonida 
tafakkur va til bilan birga, odam irodasi ham paydo bo`ldi hamda tarixan o`sa 
bordi. Odam, ishga kirishishdan oldin o`z harakatlarini tasavvur qiladi, shu 
harakatlarni oldin o`ylab ko`radi, qo`yilgan maqsadga yetish uchun anglab-bilib 
g`ayrat ko`rsatadi, ro`y bergan qiyinchiliklarni yengib o`tadigan bo`lib qoladi. 
Iroda bilan bo`ladigan harakatlar – ongli harakatlar shakllanadi. 
Shu bilan birga, odamning iroda-ixtiyor bilan qiladigan harakatlari bo`ladi. 
Tevarak-atrofdagi muhitni o`zlashtirish, uni o`z ehtiyojiga moslashtirish imkonini 
paydo qildi. 
Odam iroda egasi bo`lganligi tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiatni 
o`ziga asta-sekin bo`ysundirdi, uni o`ziga xizmat qilishga majbur etdi. Odam 
tabiatni, tevarak-atrofdagi olamni o`z maqsadlariga muvofiq qilib o`zgartiradi, 
unga yangilik kiritadi.
O`sha tarixiy taraqqiyot jarayonida, uzoq kurash yo`li bilan insonlar ijtimoiy 
muhiting stixiyali ta`siridan qutuladi, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini sekin-asta 
bilib olib, ijtimoiy hayotga uyushgan holda ta`sir ko`rsata boshlaydi, inson 
jamiyatining taraqqiyotini muayyan yo`lga sola boshlaydi. 
Ishlab 
chiqarish 
vositalarining 
ijtimoiy 
mulkligi 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlarining asosi ana shu yangi munosabatlarni aks ettiradigan yangi ong 
ham paydo bo`ldi. Kishilar ongidagi bu yangilik kishilar o`rtasidagi 
munosabatlarning o`zgarishida, mehnatga munosabatning o`zgarishida, kishilar 
saviyasining o`zgarishi va kengayishida, ularning o`z faoliyatida oldilariga 
qo`yadigan g`oyalarning o`zgarishida o`z ifodasini topdi. 
Kishilarning o`zaro munosabatlarida o`rtoqlarcha hamkorlik, va ishlab
chiqarish jarayonida o`zaro yordam, hamkorlik qaror topdi. 
Bizda kishilarning mehnatga munosabati ham tubdan o`zgardi: ilgari og`ir va 
mashaqqatli yuk deb hisoblangan mehnat shon-sharafga, shavkat va qahramonlik 
ishiga aylandi. Mehnatda zavq-shavq qo`zg`aydigan manbalar paydo bo`ldi. Bizda 
mehnat faqat yashash vositasi bo`libgina qolmay, balki, ehtiyojga shu bilan birga, 
shodlik va bardamlik manbalariga aylandi. Kishilarning yuksak hislari – Vatanimiz 


63 
baxt-saodati uchun ijodiy mehnat qilishida yangilik yaratish, kashfiyot bilan 
shug`ullanishda o`z ifodasini topmoqda. 
Ozod kishilarning erkin mehnati zo`r ijodiyot ekanligini, bu ijodiyotda 
kishining barcha jismoniy va ma`naviy kuchlari munosib ravishda qo`shilishini, 
korxonalarimizning ilg`orlari va tadbirkorlari amalda ko`rsatmoqdalar. 
Kishilarning o`zaro munosabatlari o`zgarishi bilan mehnatga yangicha 
munosabat qaror topishi bilan kishilarning ongi ham o`zgardi. Ular o`z jamiyatiga 
qarshi bosh ko`taradigan kishilar emas, balki o`z jamiyatining a`zosi uning 
fidoiysidirlar. Ular Vatan oldidagi burchini, vazifalarini doimo yaxshi anglaydigan 
kishilardir. Mustaqillik davrida kishilarning fikr-hislari, intilishlari va irodasi ham 
o`zgardi.
Kishilar ongining o`zgarishida ijtimoiy tuzum qancha yuqori bo`lsa, ijtimoiy 
muhitning o`sib kelayotgan avlod ongiga ta`siri shuncha ortadi. Mustaqillikka 
erishishimizning o`zi kishilarning ongini o`zgarishiga sabab bo`ldi. Jamiyatning 
bolalar ongiga ta`sir etishida ta`lim-tarbiyaning roli kattadir. Chunki bolalar 
yoshligidan atrofdagi kishilar bilan munosabatda bo`lib, bilimlar, ko`nikma va 
malakalarni egallaydilar. Bolani o`rab olgan ijtimoiy muhit (tabiat, jamiyat, jamoa 
va guruh), mehnat va til faqat inson shaxsi taraqqiyotining shartlarigina bo`lib 
qolmay, bolalar uchun maktabda o`quv predmetiga aylanadi. Bilim va 
ko`nikmalarni egallash bolaning ma`naviy jihatdan o`sishiga yordam beradi, 
dunyoqarash shakllanadi. 
Inson ongining o`zgarishida uni faollik ko`rsatishi ham muhim ahamiyatga 
ega. Agar bola tug`ilganidan boshlab faollik ko`rsata boshlasa, keyinchalik bu 
faollik faoliyatga aylanadi. Faoliyat esa kishini o`zini o`rab olgan tabiatga, ijtimoiy 
muhitga va ayrim kishilarga ta`sir ko`rsatishuvidir. Bularning hammasi kishilar 
ongining o`zgarishiga sabab bo`ladi.
Insonning uni o`rab turgan olamga o`zaro tasiri obyektiv munosabatlar 
tizimida namoyon bo`ladi, obyektiv munosabat va aloqalar so`zsiz har qanday real 
guruhlarda paydo bo`ladi. Guruh azolarining bu obyektiv o`zaro munosabatlari 
subyektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish 


64 
odamlarning o`zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda 
odamlar bilan munosabat o`rnatilmasa, ular bir-birini to`g`ri tushunmasdan 
to`laqonli birgalikdagi faoliyatni tashkil eta olmaydi. Masalan, o`qituvchi 
o`quvchilarga biror narsani o`rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishishi 
kerak. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin