3.2. Ong strukturasi va uning asosiy psixologik xarakteristikasi. Yuksak
psixik funksiyalarning tarkib topishi va ularning tuzilishi
Nerv sistemasining, ayniqsa uning yuksak uchastkalarining faoliyati uzoq,
vaqtgacha tekshirilmasdan keldi.
Rus olimlari nerv sistemasining fiziologiyasini o`rganish sohasida jahon
miqyosida katta xizmat ko`rsatdilar. Rus fiziologiyasining otasi I.M.Sechenov
(1829-1905) bosh miyaning materialistik fiziologiya ilmini yaratish yo`llarini
birinchi bo`lib ko`rsatib berdi.
1863 yilda uning «Bosh miya reflekslari» nomli mashhur asari bosilib chiqdi.
Bu asarda Sechenov o`sha vaqtdagi ilg`or fiziologlarning yutuqlariga va o`zi olib
borgan tekshirishlarga asoslanib, odamning psixik faoliyati qandaydir ismi bor,
jismi yo`q, moddiy bo`lmagan ruh, jonning mahsuli bo`lmay, balki faqat miyaning
faoliyatidir, degan fikrni dadil aytdi. Fiziologiya olimi bo`lgan Sechenov
materialistik monizmning tabiiy-ilmiy asoslarini yaratib berdi. Chernishevskiy va
undan oldin o`tgan boshqa rus materialistlari materialistik monizmni taraqqiy
qildirdilar. «Odamdagi psixik va fiziologik hodisalarning ikkovi ham bir xildagi,
bir-biriga yaqin hodisalar, bir moddiy asosdan kelib chiqadigan hodisalardir», deb
yozdi Sechenov. Psixik jarayonlarning negizi bosh miya reflekslaridir, degan
ta`limotni Sechenov birinchi bo`lib ilgari surdi. «Ongli va ongsiz hamma psixik
hodisalar, deb yozadi u, o`zlarining kelib chiqish jihatidan aslida reflekslardir».
Shu bilan birga I.M.Sechenov refleksning markaziy qismini, ya`ni miyada bo`ladi.
P.I.Ivanov jarayonlarni ajratadi, bu jarayonlar, Sechenovning fikricha, psixikani
vujudga keltiradi.
65
Miyaning reflektor faoliyatini o`rganish sohasida I.M.Sechenov boshlagan
ishni I.P.Pavlov mustahkam eksperimental asosga qo`ydi, refleks tushunchasiga
yangi ma`no berdi, shartli reflekslarning vujudga kelish mexanizmlarini kashf etdi,
yangi ilm yuksak nerv faoliyati fiziologiyasini vujudga keltirdi, bu nerv faoliyati
fiziologiyasi materialistik psixologiyaning tabiiy-ilmiy asosi, poydevoridir.
I.P.Pavlov o`z tekshirishlarining psixologiya uchun ahamiyati borligini
ko`rsatib o`tgan edi, «bizning tekshirishlarimiz, degan edi u, psixologlar uchun
juda katta ahamiyatga ega bo`lishi kerak, chunki ular keyinchalik psixologiya
ilmining asosiy poydevori bo`lishi kerak deb o`ylayman».
I.P.Pavlovning fikricha, yuksak nerv faoliyatining fiziologiyasi vujudga
kelishi bilan, «psixologlar, nihoyat, o`zlari tekshiradigan asosiy hodisalarning
umumiy mustahkam zaminiga, tabiiy sistemasiga ega bo`ladilar, shu bilan ularning
odamdagi son-sanoqsiz, tartibsiz tuyg`ularini sistemaga solishlari oson bo`ladi.
L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko`ra, insonning psixik funksiyalarini
yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish mumkin, chunki ularning
negizida ta`lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar
sistemasi o`zaro ta`sirining ifodalanishi yotadi.
Hozirgi davrda psixologiya fanida psixologik hodisalarni psixik jarayonlarga,
holatlarga, shaxsning xususiyatlariga ajratish qabul qilinganligi muhim ahamiyatga
ega. Bunday yondashuvning mavjudligi B.G.Ananev tomonidan strukturaviy
konsepsiyaning bir tajribasi sifatida qaraladi. Bu voqelik «hodisalarni bir qator
jabhalari bilan to`ldirishga intilish psixofiziologik xususiyat kasb etib, psixik
jarayonlar uchun dastlabki materiallarni to`plash imkoniyatini (idrok, tafakkur,
hissiyot, iroda) beradi». Uning fikricha, dastlabki materiallar, bir tomondan, psixik
funksiyalar (sensor, mnemik), xulqning, ikkinchi tomondan, elementar motivlari
(ehtiyoj, ustanovka) hisoblanadi. Olimning mulohazasicha, bu qo`shimchalar
«genetik ma`no kasb etib, fiziologiyadan miya mexanizmlarini umumpsixologik va
neyrogumoral regulyatorlarini qamrab olish psixologiyaga o`tishga imkon beradi».
Lekin ushbu strukturaviy yondashuvning maxsus psixologik deb qarashdan qat`iy
66
nazar, hozirgi zamon sintetik insonshunosligi uchun umumiy ahamiyatli jihatni
yuksaklikka ko`tarishga qodir emas.
Ongsizlik anglab bo`lmaydigan - aniq, ravshan anglash nazorati uchun
predmet bo`la olmaydigan ko`plab psixik hodisalar to`plami. Ongda har bir
daqiqada bir vaqtning o`zida cheklangan miqdordagi tasavvurlar bo`lishi mumkin.
Bunda ushbu damdagi anglanmagan tasavvurlarni biz aniq ong zonasiga oson
«chaqirishimiz» mumkin («xohlaganing uchun eslading»), lekin juda ko`plab
psixik boshqarib turuvchilar (regulyatorlar) shunday ishlaydiki, bunda inson na
faqat o`z-o`ziga hisob bermasligi mumkin, balki buni u hattoki xohlagan taqdirda
ham uni qila olmaydi. Masalan, soatning aylana shakldagi siferlarini idrok
qilayotganda bizning ko`z qobig`imizda aylana emas, balki ellips (agar soatga
yondan qarasak) hosil bo`lishi mumkin, biroq soat qanday holda tursa ham biz
siferlarni «aylana» sifatida idrok qilamiz. Na faqat subyekt idroki tomonidan
anglay olmaydigan, balki psixologiyada yangi shug`ullanayotgan kishi uchun ham
tushunarsiz bo`lgan bu geometrik ma`nodagi hol psixika mexanizmlari tufayli ro`y
beradi (qarang: doimiylik idrok xossasi sifatida) hissiyotlarning ba`zi qismlari
(«yaxshi», «madaniyatlilik» bilan sig`isha olmaydiganlarini) ongdan siqib
chiqariladi, lekin Z.Freyd ta`limotiga ko`ra, ular xatti-harakatni sezilarli holda
boshqarishda davom etaveradi va hattoki ichki ziddiyatlarga va asab
kasallariklarini ham keltirib chiqaradi. Psixoanalizning (bu termin freydizm
tomonidan mustahkam o`rnashib qolgan, shuning uchun har qanday psixika
tahlilini (analizini) psixoanaliz deb atamaslik kerak) psixoterapevtik amaliyoti
shunga asoslanganki, siqib chiqarilgan hissiyotlarni topib anglash predmetiga
aylantirish lozim. Bu psixoanalitikdan juda katta va o`tkir mahoratni talab qiladi
(o`zini shunday deb hisoblaydiganning ko`pchiligi, afsuski, nafaqat bu borada
malakasiz, balki manfaatparast hamdir).
Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta
farqqa ega bo‘lgan ijtimoiy voqelik hukm suradi. Hayvon o‘z to‘dasidagi
a’zolariga yaqqol holat bilan bog‘liq bo‘lgan, bevosita favquloddagi vaziyat bilan
cheklangan hodisalar yuzasidan «o‘zining tili»da xabar uzatishi odatiy hodisa.
67
Odam undan farqli o‘laroq nutq vositasida o‘z qabiladoshlariga o‘tmish (xotirot),
hozirgi davr va kelajak to‘g‘risida ma’lumot (axborot) berish hamda ijtimoiy
turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyotida til tufayli aks ettirish (in’ikos qilish) imkoniyatlari qayta qurildi,
oqibat natijada odam miyasida atrof-muhit timsollari, xususiyatlari aniqroq aks eta
boshladi. Buning natijasida yakkahol shaxs kishilik dunyosi tomonidan orttirilgan
tajribadan bahramand bo‘la bordi, shuningdek, uning uchun noma’lum hisoblangan
borliq hodisalari, holatlari, qonuniyatlari to‘g‘risidagi bilimlarga egalik qila
boshladi. His-tuyg‘ular, ichki kechinmalar, taassurotlar, hayajonga soluvchi
nafosat timsollar yuzasidan zavqlanishi, maroq olish imkoniyatlari vujudga keldi,
ularning mazmuni, ma’nosi, mohiyati bo‘yicha o‘ziga o‘zi hisobot berish, ijobiy
yoki salbiy ta’sir etishini baholash muammolarini keltirib chiqardi.
Hayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi orasidagi farqi
tafakkurda ham o‘z aksini topadi. Chunki har qanday psixik funksiya boshqa
turdagi, shakldagi, mazmundagi funksiyalar qobig‘ida namoyon bo‘ladi va
muayyan shart-sharoitlar vujudga kelganida rivojlanadi. Yuksak taraqqiy etgan
hayvonlarda amaliy (sodda) tafakkur mavjud bo‘lib, chamalash orqali mo‘ljal
olishga,
favquloddagi
vaziyat
yuzaga
keltirgan
vazifani
bajarishga
yo‘naltirilgandir. Hayvonlar, aniqrog‘i maymunlar ayrim hollarda «qurol» yasash
va undan muayyan masala hal etishda foydalanish hodisalari tajribalarda
kuzatilgan, lekin ulardan birontasi tafakkurni mavhum tarzda amaliyotga tatbiq eta
bilmagan. Holbuki shunday ekan, hayvonlar idrok qilish ko‘lamidan tashqariga
chiqish imkoniyatiga ega emas, binobarin, u yaqqollikdan mavhumlikka o‘ta
olmaydi, hatto bunday vaziyatni aks ettirish imkoni ham yo‘q. Hayvon yaqqollik,
bevosita idrok qilishlikni quli bo‘lsa, aksincha inson mavhum fikrlashning
gultojisidir. Inson bilan hayvon o‘rtasidagi bu boradagi tafovut quyidagilarda
mujassamlashadi: a) shaxsning xulq-atvori, faoliyati yaqqollikdan mavhum holatga
o‘tish imkoniyatiga ega; b) favquloddagi vaziyat munosabati tufayli vujudga
kelishi ehtimol oqibatni oldindan payqash layoqati mavjud; v) qiyinchiliklar
uchrasa, ularni yengish uchun qo‘shimcha vositalar qo‘llash, o‘zgartirishlar kiritish
68
bilan ajralib turadi. Shuning uchun avtomobil ishdan chiqsa inson uni sozlaydi,
yomg‘ir yog‘sa narsalarni panaga oladi, ayb ish qilib qo‘ysa himoyalanish yo‘l-
yo‘riqlarini o‘ylaydi, muammo yechimini qidiradi va hokazo. Shaxs favquloddagi
vaziyatning quliga aylanmaydi, aksincha u kelajakni ko‘ra bilishga qodir, aql-
farosat esa bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Faoliyat mahsulini oldindan
payqash, fe’l-atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish uquviga egaligi bilan inson
ustuvorlik qiladi. Hayvonlarning amaliy tafakkuri ularni yaqqol vaziyatdan
bevosita ta’sirotga bo‘ysunishni taqozo etadi. Shaxsni mavhum fikrlashga nisbatan
qobiliyati muayyan vaziyatga bevosita bog‘liqlikdan uni xalos etadi. Inson
bevosita muhim ta’siriga javob berish bilan qanoatlanib qolmasdan, balki uni
kutayotgan ta’sirini ham bartaraf etish qurbiga egadir. Inson psixikasi bilan hayvon
psixikasi o‘rtasidagi birinchi farq shaxsning o‘zi anglagan qadriyatga binoan ongli
xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir.
Shaxsning hayvondan ikkinchi farqi uning mehnat qurollarini yaratish va
saqlashga layoqatli ekanligi bo‘lib, oldindan tuzilgan reja bo‘yicha ularni yasaydi
va ulardan muayyan maqsadni amalga oshirishda foydalanadi hamda keyinchalik
qo‘llash niyatida asrab olib qo‘yadi. Ulardan odamlar hamkorlikda foydalanadi,
hamkorlik faoliyatida esa qurollar yaratiladi, o‘zaro tajriba almashadi, bilimlarni
boshqalarga uzatishadi, umumiy saviyaga vorislik tufayli yuksaladi.
Inson psixikasining hayvondan yana bir farqli tomoni shunda-ki, uning
ijtimoiy tajribaning boshqalarga uzluksiz ravishda uzatishida aks etadi. Tajribalarni
instinktiv xatti-harakatlar tarzida o‘zlashtirish hodisasi ham insonga, ham
hayvonga xos odatdir, lekin shaxsiy tajribaga ko‘ra ijtimoiy tajribaning ustuvorligi
odamning ongli mavjudodga aylanishining asosiy manbai hisoblanadi. Shaxsni
ijtimoiy munosabat, ijtimoiy tajriba shakllantiradi, moddiy va ma’naviy qurollarni
egallash natijasida unda yuksak insoniy funksiyalar (ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy
diqqat, mavhum tafakkur) vujudga keladi va rivojlana boradi. Subyekt tomonidan
kishilik
dunyosida
yaratilgan
madaniy
merosni
o‘zlashtirilishi, ayrim
o‘zgartirishlar kiritilishi uning kamolotida sifat jihatidan yuksak bosqichni yuzaga
keltiradi. Yuksak funksiyalar, nutqiy faoliyatning takomillashuvi, mehnatning
69
hayotiy ehtiyojga aylanishi, ertangi hayot to‘g‘risida mulohazalar tug‘ilishi
ongning rivojlanishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Shu bois inson bilan
hayvon o‘rtasidagi tafovut tajribaning vorislik funksiyasi kasb etishi bilan
yakunlanadi. Jismoniy va aqliy faoliyat kundalik zaruratga aylanishi sababli ong
bevosita nazorat funksiyasini bajara boshlaydi, shuningdek, jamiyat, jamoa, tabiat
to‘g‘risidagi tasavvurlarini tushunishi, anglash ham uning tasarrufiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |