O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Ong va uning shakllari. Ong tushunish sifatida; refleksiyaga



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
3.4. Ong va uning shakllari. Ong tushunish sifatida; refleksiyaga 
nisbatan qobiliyatlilik, o‘z-o‘zini kuzatish, o‘zligini anglash 
Psixikaning yuqori bosqichi faqat insongagina xos bo‘lgan, uning eng yuksak 
darajasi hisoblanmish ongda o‘z aksini topadi. Ong psixikani yaxlit tarzda 
ifodalovchi yuksak shakli hisoblanib, insonning yakka va hamkorlik faoliyatining 
(muloqot nutq, til vositasida, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli sifatida 
yuzaga kelgandir. U ijtimoiy mahsul bo‘lishidan tashqari, unga muayyan 
munosabat bildirish maqsadni ko‘zlash, o‘zlikni anglash kabilarni namoyon etish 
imkoniyatiga egadir. Quyidagi mulohazalarimizda ongning tarkibiy qismlarining 
mohiyatini yorituvchi va ularning hukm surishiga ta’sir etuvchi omillarga doir 
ayrim manbalar xususiyatini tavsiflashga harakat qilamiz. Odatda, inson ongi uni 
qurshab turgan tevarak-atrof haqidagi bilimlar majmuasidan iborat bo‘lib, uning 
tuzilishi tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, qaysiki ularning bevosita 
yordami bilan shaxs o‘z axborotlari ko‘lamini uzluksiz ravishda boyitib boradi. 
Insondagi bilimlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol singari bilish jarayonlari 
asta-sekin ular anglashinish darajasiga ko‘tariladi, keyinchalik esa muayyan 


72 
turkumlarning tarkibiga kiradi. Harakatli hissiy tub ma’nodagi hissiy bilish 
bosqichlariga taalluqli sezgi, idrok, appersepsiya, tanish, bilib olish va tasavvur 
kabi bilish jarayonlari ko‘magi asosida miyaga bevosita ta’sir o‘tkazuvchilarning 
aks ettirishi natijasida inson ongida borliqning mazkur daqiqasida shaxsning 
tasavvurida ularning hissiy manzarasi yuzaga keladi.
Xotira jarayoni ongda o‘tmishdagi narsa va hodisalarining obrazlarini esga 
tushirsa u yoki bu bosh miya katta yarim sharlarining bo‘limlarida aks etgan 
muayyan izlarni jonlantirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, xayol jarayoni esa ehtiyoj 
obyekti hisoblangan favquloddagi davr hukmiga kirmagan obrazlar modelini 
namoyon etadi. Bilishning yuksak darajasi bo‘lmish tafakkur jarayoni 
umumlashgan, ijtimoiy xususiyatli, bilvosita va so‘z orqali ifodalanuvchi 
bilimlarga asoslangan holda gavdalanuvchi muammolar yechimini hal etishni 
ta’minlaydi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan bilish jarayonlarining unisi yoki bunisi aks 
ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi, buzilishi yoki ularning qaysinisidir 
xususiyati batamom, qisman izdan chiqishi ongni tubdan barbod ettirish sari 
yetaklaydi. Ong psixologik tavsifining yana bittasi - bu unda subyekt bilan obyekt 
o‘rtasidagi aniq farqlanishda o‘z ifodasini topadi, ya’ni shaxs «Men» degan 
tushunchasi bilan «Men» emas atamasi tarkibiga nimalar tegishli, aloqador 
ekanligini aniq biladi. Tirik mavjudotlar olamida birinchi bo‘lib, borliqda real uni 
qurshab turgan tevarak-atrofga nisbatan o‘zini qarama-qarshi qo‘ygan, 
yaratuvchanlik kuch-quvvatiga, o‘zgartiruvchanlik imkoniyatiga asoslangan shaxs 
o‘zi uchun, sifat jihatidan yuksak darajadagi makon vujudga keltirish uchun 
hayvonot dunyosini mangu tark etgan, xuddi shu boisdan jonivorlar bilan uning 
o‘rtasidagi ziddiyat va tafovut ongida saqlanib kelmoqda. Tabiatning tarkibiy 
qismi hisoblangan inson sut emizuvchilar olamida tanho o‘zini o‘zi nazorat 
qilishga, o‘zini o‘zi bilishga, o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan jonli 
zotdir, binobarin, u psixik faoliyatni tashkil qilishga, maqsadga yo‘naltirishga, 
o‘zini o‘zi tadqiq qilishga qodir mavjudoddir. Shaxs o‘z xulq-atvorini, bilish 
jarayonlarini aqliy va ijodiy faoliyatini, irodaviy sifatlarini, ongli ravishda oqilona 
baholay oladi hamda o‘zini o‘zi boshqara biladi. 


73 
Har qaysi insonda hukm suruvchi «Men»likning «Men emas»likdan ajratishga 
intilish «o‘zini namoyon qilish, o‘zini o‘zi ifodalash, kimligini kashf etish, o‘zini 
o‘zi takomillashtirish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘ziga o‘zi ta’sir o‘tkazish singari 
jarayonlarda» ontogenetik hayotning dastlabki taraqqiyot pallasidan, bolalikning 
ilk daqiqalaridan boshlab, to yetuklikning u yoki bu bosqichlarini egallash 
davrigacha davom etib, o‘zini o‘zi anglashning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi. 
Lekin «Men»lik muammosining boshqa qirralari xususiyatlari, mexanizmlari, ta’sir 
etuvchi omillari, yangi sifat darajalari o‘zini o‘zi anglashning takomil 
bosqichlarida namoyon bo‘laveradi, bu jarayon komil inson (jismoniy va ma’naviy 
barkamollik) darajasiga erishgunga qadar davom etishi mumkin. Biroq yuksak 
kamolot darajasiga erishish shaxsning iste’dodi, salohiyati, ishchanlik qobiliyati, 
aqliy va ijodiy faoliyati mahsuldorligiga bog‘liq bo‘lib, barcha insonlar taraqqiyot 
cho‘qqisiga erishadi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki ijtimoiy hayotdagi 
umumbashariy talab, ehtiyoj negizida muayyan hududiy qulay (senzitiv) ham 
obyektiv, ham subyektiv shart-sharoitlar taqozosi bilan jahon fani va madaniyatida 
keskin o‘zgarishlar yaratishga qodir tarixiy yakka shaxs dunyoga keladi. 
Bizningcha, komil insoniylikka erishishning o‘ziga xos axloqiy, aqliy, irodaviy, 
g‘oyaviy tarkiblari mavjud bo‘lib, tanlangan idealga intilish, kasbga sodiqlik, 
samoviy muhabbat uning negizini tashkil qiladi. Tashqi olam taassurotlaridan 
mutlaqo voz kechish (g‘oyibonalik), fikriy soflikka erishish (chilla), tana a’zolarini 
musaffolashtirish (ortiqcha moddalardan tozalash), komfortga tortilganlik orqali 
shaxs oliy darajaga, ya’ni komillikka etishi mumkin, lekin bu bosqich nisbiy 
xususiyat kasb etadi. 
Ongnin uchinchi psixologik tavsifi, shaxsning maqsadini ko‘zlovchi 
faoliyatini ta’minlashga oid ta’rifni ifodalagan bo‘lib, uning yana bir funksiyasi 
mazkur maqsadini yaratishga yo‘naltirilganligi bilan boshqalardan farq qiladi. 
Ushbu jarayonda shaxs faoliyatining turli xususiyatli motivlari yuzaga keladi, ular 
inson tomonidan chamalab chiqiladi, buning natijasida motivlar kurashi namoyon 
bo‘ladi, bu o‘rinda ustuvorlikka erishish yetakchilikni ta’minlaydi, irodaviy zo‘r 
berish oqibatida muayyan qonun qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning izchilligi 


74 
qay yo‘sinda amalga oshirilishi hisobga olinadi, maqsadni qaror toptirishga to‘siq 
vazifasini o‘tovchi fikriy g‘ovlar (to‘siqlar) bartaraf etiladi va unga mutanosib 
o‘zgarishlar kiritiladi, samaradorlikni oshirish uchun ba’zi bir tuzatishlar amalga 
oshiriladi. 
Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishi jarayonida, uning 
muvofiqlashuvida, voqelikka yo‘naltirilishida obyektiv va subyektiv sabablariga 
ko‘ra ayrim nuqsonlarga yo‘l qo‘yilishi, buzilishi vujudga kelishi ong 
funksiyasining zaiflashuvini bildiradi. Faoliyat ongli munosabatni taqozo etganligi 
tufayli uning tarkibiy qismlari bajarilishida ayrim kamchilikka yo‘l qo‘yilsa, bu 
holat ongning nazorat funksiyasi izdan chiqqanligini anglatadi. 
Ongning so‘nggi (to‘rtinchi) tavsifi, uning tarkibiga muayyan darajadagi, 
ma’lum tizimga xos emotsional (hissiy) munosabatlar qamrab olinganligini aks 
ettiradi. Shaxs ongiga muqarrar ravishda turli-tuman his-tuyg‘ular (har xil darajali, 
ijobiy, salbiy, barqaror, statik, dinamik), kechinmalar, stress, affekt holatlar 
to‘g‘risidagi axborotlar oqimi kirib kela boshlaydi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin