O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Faoliyatning turlari. O‘yin faoliyatining o‘ziga xos jihatlari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
4.2. Faoliyatning turlari. O‘yin faoliyatining o‘ziga xos jihatlari 
Faoliyat jahon psixologiyasi fanining asosiy (fundamental) tushunchalaridan 
biri hisoblanib, ko`pincha psixologik kategoriya sifatida olib qaraladi. Shuning 
bilan birga ushbu tushuncha haddan ziyod keng ma`noli va ko`p ahamiyatli tarzda 
foydalanilganligi tufayli uning mohiyati yoyiq bo`lib boradi, natijada qiymati asl 
mazmunini yo`qotadi. Xuddi shu boisdan psixologiyada faoliyat uchun umumiy 
qabul qilingan definitsiya mavjud emas, foydalanib kelinayotgan tuzilma, ta`rif esa 
ko`p hollarda tanqidga uchraydi. Holbuki shunday ekan, semantik tahlil o`tkazish 
orqali faoliyatga nisbatan turlicha qarashlarni umumlashtirish, o`zaro taqqoslash 
zaruriyati aniqlangan bo`lar edi, bu esa o`z navbatida uning (faoliyatning) ilmiy 
psixologik obyektiga aylantirishi unga aloqador tushunchalar tarkibini 
mukammallashtirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ensiklopediya, izohli lug`at va 
lingvistik so`zliklardagi ma`lumotlar, ilmiy matnlar tahlilining ko`rsatishicha, 
faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari 
predmetidan kelib chiqib, o`zaro qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq 
singari to`rt xil tavsifga ega bo`lgan. 
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to`g`risida 
tasavvurga ega bo`lgan, shu sababdan uning asarlarida «tafakkurning faol shakli», 


91 
«tafakkur faoliyati», «miya faoliyati», «muskul faoliyati» so`z birikmalari keng 
ko`lamda joy egallagan. I.P.Pavlov tomonidan «oliy nerv faoliyati», 
N.A.Bernshteyn esa «fiziologiya faolligi» atamasi fan olamiga olib kirgan. Lekin 
N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma`nosiga ko`ra 
farqlagan bo`lishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma`nosida 
qo`llagan. 
Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma`nosi sifatida talqin qilingan 
bo`lsa, ish, mehnat faoliyati «mehnat faolligi» mazmunida qo`llanadi. Ijtimoiy 
psixologiyada 
«faoliyat-faollik-ish-mehnat», «faoliyat-xulq», «mehnat-xulq-
faoliyat» ko`rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat 
birligi printsipini ilgari surib va atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini 
yaratish zaruriyatini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki 
«ijtimoiy kategoriya», psixologiya esa «mehnat faoliyatining psixologik 
jabhalarini» tadqiq etadi. Psixiklilikning namoyon bo`lishi yoki hukm surishining 
obyektiv shakli xulqda, faoliyatda ifodalanadi (aks ettirish harakati ma`nosida). 
A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy 
tushunchasi sifatida «predmetli faoliyat» so`z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif 
tomonidan «odamning hissiy-amaliy faoliyati» so`z birikmasi «ijtimoiy inson» 
sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida «faoliyat», «xulq» tushunchalari har xil 
mazmunda ishlatiladi, jumladan, «teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish», 
«faoliyatning halqali tuzilishi», «faoliyatni boshqarish», «qo`lning tuyush 
faoliyati», «perseptiv faoliyat», «retseptor va effektor apparatlarning hamkorlik 
faoliyati» kabilar. 
B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma`nosida 
tushunadi. Uning fikricha, bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko`rinishidir. 
Tadqiqotchi «inson faoliyati», «tashkiliy ish», «tashkilotchilik faoliyati», «xulq 
jarayonining algoritmlari» atamalaridan har xil ma`noda foydalanadi.

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin